T p =Q*L/R bu yerda L – paket uzunligi bit, R – chiqish aloqa liniyaning tezligi
bit/s, Q – xostlar o‘rtasida aloqa liniyalarning soni.
2.2.4-rasm. Paketli kommutatsiya bilan oddiy tarmoqning strukturasi. Paketlar tarmoqqa manba bergan tezligi bo‘yicha aloqa liniya
oldindan zahiralanmagan paytida kiradi. Paketli tarmoq kommutatsiyali
tarmoqdan asosiy farqi u xar doim paketlarni oxirgi tugundan qabul
qilishga tayyor.
Paketli kommutatsiya real vaqt ilovalarni telefoniya, videochaqiruv,
konferens aloqa sifatli xizmat ko‘rsatishni ta’minlab bermaydi, lekin
aloqa liniya o‘tkazuvchanligini samarali bo‘linishni ta’minlab beradi.
2.2.3. Marshrutizatorda paketlarni qayta ishlash Paket tarkibiga sarlavha, ma’lumot joyi va oxiri kiradi. Sarlavha
paket boshida joylashga joyi hisoblanadi, unda uzatish adresi va
jo‘natuvchi uchun ishlatiladigan boshqa yordamchi ma’lumot joylashgan
(ma’lumotlar joy uzunligi, nazorat summasi va hoqazo). Paket oxiri bu
71
paket oxirida joylashgan joy hisoblanadi, unda ma’lumot tarmoqda
uzatish paytida o‘zgargan yoki o‘zarmaganligini tekshiradigan nazorat
summasi joylashgan.
Xar bitta paket kommutator yordamida tarmoq trafikni tashkil
qilgan boshqa paketlarga bog‘liq bo‘lmagan holda qayta ishlanadi.
Texnologiyaga qarab paketlar fiksatsiyalangan yoki o‘zgaruvchan
uzunligiga ega bo‘lishi mumkin, sarlavhada joylashgan axborot tuzilishi
ham o‘zgarishi mumkin, masalan:
- ATM texnologiyaning paketlari (yacheykalari) fiksatsiyalangan
uzunligiga ega Ethernetda min. va maks. paket (kadrlar) razmerlari
o‘rnatilgan.
2.2.5-rasm. Marshrutizator arxitekturasi. 2.2.5-rasmda marshrutizator struktura tuzilmasi keltirilgan. Xar bitta
paket bit bit bo‘yicha ketma ket kirish buferga joylashadi (2.2.6. rasm.).
Marshrutizator o‘zini xotirada butun paket bo‘lmasa, paket o‘tishi
haqida qarorni qabul qilolmaydi. Marshrutizator nazorat summani
tekshiradi, agar paket ma’lumotlari buzilmagan bo‘lsa, paketni qayta
ishlashini boshlaydi va uzatish adresi bo‘yicha keyingi marshrutizatorni
aniqlaydi.
Buferlar qo‘yidagi funksiyalarni bajarish uchun kerak bo‘ladi:
- Marshrutizator
interfeyslarga
ulangan
aloqa
liniyada
ma’lumotlarning tezliklarni moslashtirish uchun. Agar bitta aloqa
liniyadan paketlar kirish tezligi chiqish aloqa liniyaning o‘tkazish
qobiliyatidan yuqori bo‘lsa, paketlar yo‘qolmasligi uchun interfeysda
navbat tashkil qilinadi,
72
- Paketlar kirish tezligini va kommutatsiya tezligi bilan
moslashtirish uchun. Agar kommutatsiya bloki paketlarni qayta
ishlashga uygurmasa, kommutator interfeyslarda kirish navbatlar xosil
bo‘ladi (2.2.7-rasm.).