67
19. Yuqori bosqich osti deganda nimani tushunasiz?
20. Quyi bosqich osti nima?
21. IEEE Project 802 modeli aniqlashtirgan standartlar (802 –
spesifikasiya) nechta toifaga boʻlinadi?
22. TCP/IP etalon modeli nima?
23. TCP/IP etalon modelida kanalli daraja?
24. TCP/IP etalon modelida tarmoqlararo daraja?
25. TCP/IP etalon modelida Transport darajasi?
26. Amaliy darajaning TCP/IP etalon modelidagi o’rni?
§
2.2. Kompyuter tarmoqlarining tuzilishi va qo’llanilishi
2.2.1. Ma’lumotlarni almashish jarayonlarining xarakteristikalari.
Tarmoqda uzatuvchi va qabul qiluvchi abonentlar oʻrtasidagi
axborot almashinishi jarayonida oʻrnatilgan
tartibda axborot va
boshqarish paketlarini almashinuvi roʻy beradi, bu jarayon
almashinuv
protokoli deb ataladi. Oddiy protokol 2.2.1- rasmda keltirilgan. Bu
holatda, aloqa vaqti, qabul qilish qurilmasini
axborotni olishga
tayyorligini soʻrash bilan boshlanadi.
Qabul qilish qurilmasi tayyor boʻlgan holda «tayyor» boshqarish
paketini javob tariqasida qaytaradi. Agarda
qabul qilish qurilmasi
aloqaga tayyor boʻlmasa rad javobini boshqa boshqarish paketi orqali
joʻnatadi. Shundan soʻng, aslida axborot uzatish boshlanadi. Bu vaqtda
har bir qabul qilingan axborot paketiga qabul qiluvchi qurilma, axborot
olinganligi haqida tasdiqlash paketi bilan javob beradi.
Paket xatolik
bilan uzatilgan holda, qabul qilish qurilmasi qaytadan axborot uzatishini
soʻraydi. Axborot almashinuv vaqti boshqarish paketi bilan tugaydi,
soʻng uzatish qurilmasi aloqa uzulganlik haqida xabar beradi. Koʻp
standart
paketlar
mavjud,
axborot
uzatishni
tasdiqlash
bilan
(kafolatlangan paket uzatish),
shuningdek, tasdiqsiz axborot uzatish
(kafolatlanmagan paket uzatish) paket turlari bor.
Tarmoqdan aniq almashuv olib borilganda koʻp
bosqichli paketlar
ishlatiladi, ularning har birida kadr tuzilishi mavjud (oʻz manzillashi, oʻz
boshqarish axboroti, oʻz axborotlar formati va hakozo). Yuqori bosqich
protokollari fayl-server yoki ilovalar kabi tushunchalar bilan ish olib
boradi. Boshqa ilovadan soʻralayotgan axborotlar
tarmoq qurilma turi
68
haqida va aloqani boshqarish usuli haqida tushunchaga ham ega
boʻlmasligi mumkin.