• Amaliy bosqich
  • Aloqa oʻtkazish vaqtini boshqarish bosqichi
  • Transport bosqichi (Transport)
  • Tarmoq bosqichi
  • Kanal bosqichi
  • Jismoniy bosqich
  • Yuqori bosqich osti
  • Quyi bosqich osti
  • -rasm. OSI modelining yetti bosqichi




    Download 7,35 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet40/225
    Sana12.12.2023
    Hajmi7,35 Mb.
    #117020
    1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   225
    Bog'liq
    Begbutayev A Yusupov RUquv qollanma tarmoq texnologiyalari Kitob

     
    2.1.1-rasm. OSI modelining yetti bosqichi. 


    59 
    Pastda joylashgan bosqichlar ancha sodda, ancha aniq vazifalarni 
    bajaradi. Ideal holda har bir bosqich oʻzidan tepadagi va pastdagi 
    bosqich bilan muloqot qiladi. Yuqori bosqich ayni vaqtda ilovaga 
    ishlayotgan, amaliy masalaga toʻgʻri kelsa, pastki bosqich esa signalni 
    aloqa kanali orqali uzatishga toʻgʻri keladi. 2.1.2-rasmda keltirilgan 
    bosqichlar vazifasi tarmoq abonentlarining har biri tomonidan bajariladi.
    Bir abonentdagi har bir bosqich shunday ishlaydiki u boshqa 
    abonentning xuddi shu bosqichi bilan toʻgʻri aloqasi bordek, yaʻni 
    tarmoq abonentlarining bir xil nomli bosqichlari oʻrtasida virtual aloqa 
    mavjud. Bir tarmoq abonentlari oʻrtasidagi real aloqa faqat eng past 
    birinchi bosqichda mavjud (jismoniy bosqich). Axborot uzatayotgan 
    abonentda axborot barcha bosqichlardan yuqoridan boshlab pastdagi 
    bosqichda tugaydi. Qabul qiluvchi abonentda esa qabul qilingan axborot 
    teskari yoʻnalishda, pastki bosqichdan boshlab yuqori bosqichga harakat 
    qiladi (2.1.2-rasm). 
    − Amaliy bosqich (Application, прикладной уровень) yoki 
    ilovalar 
    bosqichi, 

    quyidagi 
    xizmatlarni 
    amalga 
    oshiradi: 
    foydalanuvchining ilovasini shaxsan tasdiqlaydi, masalan, fayllar 
    uzatishning dasturiy vositalari, axborotlar bazasi bilan bogʻlanish, 
    elektron pochta vositalari, serverda qayd qilish xizmati. Bu bosqich 
    qolgan 6 ta bosqichni boshqaradi.
     
    2.1.2-rasm. Axborotni abonentdan abonentga oʻtish yoʻli. 
    − Taqdimot 
    (Prezentatsiya) 
    bosqichi 
    (Presentation, 
    презентативный уровен) yoki axborotni tanishtirish bosqichi, bu 
    bosqichda axborotni aniqlanadi va axborot formatini koʻrinish 


    60 
    sintaksisini tarmoqqa qulay ravishda oʻzgartiradi, yaʻni tarjimon 
    vazifasini bajaradi. Shu yerda axborot shifrlanadi va dishifratsiyalanadi, 
    lozim boʻlgan taqdirda ularni zichlashtiriladi.
    − Aloqa oʻtkazish vaqtini boshqarish bosqichi (Session, 
    сеансовый уровень) aloqa oʻtkazish vaqtini boshqaradi (yaʻni aloqani 
    oʻrnatadi, tasdiqlaydi va tamomlaydi). Bu bosqichda abonentlarni 
    mantiqiy nomlarini tanish, ularga bogʻlanish huquqini nazorat qilish 
    vazifalari ham bajariladi.
    − Transport bosqichi 
    (Transport) 
    paketni 
    xatosiz 
    va 
    yoʻqotmasdan, kerakli ketma-ketlikda yetkazib berishni amalga oshiradi. 
    Shu yerda yana uzatilayotgan axborotlarni paketga joylash uchun 
    bloklarga taqsimlanadi va qabul qilingan axborotni qayta tiklanadi.
    − Tarmoq bosqichi (Network, сетевой уровень) bu bosqich 
    paketlarni manzillash, mantiqiy nomlarni jismoniy tarmoq manziliga 
    oʻzgartirish, teskariga ham va shuningdek, paketni kerakli abonentga 
    joʻnatish yoʻnalishini tanlashga (agarda tarmoqda bir necha yoʻnalish 
    mavjud boʻlsa) javobgar.
    − Kanal bosqichi yoki uzatish yoʻlini boshqarish bosqichi (data 
    link), bu bosqich standart koʻrinishdagi paket tuzishga boshlash hamda 
    tamom boʻlishni boshqarish maydonini paket tarkibiga joylashishiga 
    javobgardir. Shu yerda yana tarmoq bogʻlanish, uzatishdagi xatoliklarni 
    aniqlash va yana qabul qilish qurilmasiga xato uzatilgan paketlarni 
    qaytatdan uzatishni boshqarish amalga oshiriladi.
    − Jismoniy bosqich (Physical, физический уровень) – bu modelni 
    eng quyi bosqichi boʻlib, uzatilayotgan axborotni signal kattaligiga 
    kodlashtiradi, uzatish muhitiga qabul qilishni va teskari kodlashni 
    amalga oshirishga javob beradi. Shu yerda yana ulanish moslamalariga, 
    razʻemlarga, elektr boʻyicha moslashtirish va yerga ulanish hamda 
    toʻsiqlardan himoya qilish va hokazolarga talablar aniqlanadi. Modelni 
    quyi ikki bosqichining (1 va 2) vazifasini odatda qurilmalar bajaradi (2 
    bosqich vazifasini bir qismini tarmoq adapterining dasturiy drayveri 
    bajaradi). Aynan shu bosqichlarda tarmoq topologiyasi, uzatish tezligi, 
    axborot alma shishni boshqarish usuli va paket formati (oʻlchami) yaʻni 
    tarmoq turiga toʻgʻri taalluqli koʻrsatkichlar aniqlanadi (Ethernet, 
    Token-Ring, FDDI). Yuqori bosqichlar toʻgʻridan-toʻgʻri biror aniq 
    qurilma bilan ishlamaydi, vaholangki 3,4 va 5 bosqichlar qurilma 
    xususiyatlarini hisobga olishlari mumkin. 6 va 7 bosqichlar umuman 
    qurilmalarga hech qanday aloqasi yoʻq. Tarmoq qurilmalaridan birini 
    boshqa birorta qurilma bilan oʻzgartirilgan taqdirda ham ular buni hech 


    61 
    vaqt sezmaydi. 2-bosqichda (kanal bosqichi) ikkita bosqich osti 
    ajratiladi. 
    − Yuqori bosqich osti (LLC-Logical Link Control, верхний 
    подуровень) bu bosqich osti mantiqiy ulashni amalga oshiradi, yaʻni 
    virtual aloqa kanalini oʻrnatadi (uning vazifasini bir qismini tarmoq 
    adapterlarining drayver dasturi bajaradi).
    − Quyi bosqich osti (MAC-Media Access Control, нижний 
    подуровень) – bu bosqich osti aloqa uzatish muhiti (aloqa kanali) bilan 
    toʻgʻridan-toʻgʻri bogʻlanishni amalga oshiradi. U tarmoq qurilmasi 
    bilan toʻgʻri bogʻlangan. OSI modelidan tashqari, 1980-yili fevral oyida 
    qabul qilingan (802 soni - yil, oydan kelib chiqqan) IEEE Project 802 
    modeli ham mavjud. Bu modelni OSI modelini aniqlashtirilgan va 
    rivojlantirilgan modeli deb qarash mumkin. 
    Bu model aniqlashtirgan standartlar (802 – spesifikasiya) oʻn ikkita 
    toifaga boʻlinib, ularning har biriga nomer berilgan. 
    802–1 – tarmoqlarni birlashtirish.
    802–2 – mantiqiy aloqani boshqarish. 
    802–3 – «Shina» topologiyali CSMA/CD bogʻlanish usuli mahalliy 
    hisoblash va tarmoq (Ethernet).
    802–4 – «Shina» topologiyali mahalliy tarmoq, markerli bogʻlanish.
    802–5 – «Halqa» topologiyali mahalliy tarmoq, markerli bogʻlanish. 
    802–6 – shahar tarmogʻi (Metropolitan Area Network, MAN).
    802–7 – keng miqyosda aloqa olib borish texnologiyasi.
    802–8 – shishatolali texnologiya. 
    802–9 – tovushni va axborotlarni uzatish imkoniyati bor integral 
    tarmoq.
    802–10 – tarmoq xavfsizligi. 
    802–11 – simsiz tarmoq. 
    802–12 – «Yulduz» topologiyali markazni boshqarishga ega 
    mahalliy tarmoq (100 VG-Any LAN). 
    802.3, 802.4, 802.5, 802.12 standartlar OSI model etalonining 
    ikkinchi (kanal) bosqichiga qarashli MAC bosqich osti tarkibiga toʻgʻri 
    keladi. Qolgan 802 – spesifikatsiyalar tarmoqning umumiy masalalarini 
    hal qiladi. 

    Download 7,35 Mb.
    1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   225




    Download 7,35 Mb.
    Pdf ko'rish