57
Territorial sohasi asosida tarmoqlar iyerarxiyasi:
1. Magistral
tarmoqlar sathlari
2. Shahar mashtabidagi tarmoqlar sathlari
3. Lokal tarmoqlar sathlari
2.1.1-jadval
Kompyuter tarmoqlari tasnifi va hususiyatlari
Masofa boʻyicha
tartiblanishi
Joylashuvi
Sinf
1 m
Bir
kishi atrofidagi hudud
(PAN) Shaxsiy tarmoq
10 m
Xona (sinf)
(LAN)
Lokal tarmoq
100 m
Bino
(LAN) Lokal tarmoq
1 km
Shahar tumani
(LAN) Lokal tarmoq
10 km
Shahar
(MAN)
Shahar miqyosidagi
tarmoq
100 km
Kontinent
(WAN) keng miqyosidagi
tarmoq
10000 km va
undan ortiq
Planeta
(GAN) Internet
Bu tarmoq
turlari turli kompyuterlar, saqlash va kommunikatsiya
qurilmalarini oʻz ichiga olishi mumkin. Shaxsiy tarmoq (PAN) – bu
kompyuter qurilmalarining simsiz tarmoq Bluetooth texnologiyasi
yordamida oʻzaro bogʻlanishi tushuniladi [19]. PAN tarmogʻi
qisqa
masofada axborot almashinuvchi yana bir texnologiya RFID smart-kart
yordamida ham amalga oshirilishi mumkin.
Tarmoq kommutatsiya usuli quyidagicha farqlanadi:
•
paketli kommutatsiya tarmog‘i, bu ikkiga bo‘linadi: datagramm
tarmoq (Ethernet), mantiqiy ulanishga asoslangan –IP tarmoq, transport
pog‘onasida TCP protokoli qo‘llaniladi;
•
virtual kanalga asoslangan tarmoq (MPLS- tarmoq);
•
kommutatsiya kanal tarmog‘i – misol uchun, telefon tarmog‘i 64
k\bit sek.ga asoslangan.