54
2.1.3. Kompyuter tarmogʻi tarkibiy qismlari
Kompyuter tarmogʻi "tarmoq abonenti", "stansiya" va "fizik uzatish
muhiti" kabi tarkibiy qismlardan tashkil topgan boʻladi.
1. Tarmoq abonenti tarmoqda axborotni yuzaga keltiruvchi yoki
uni isteʻmol qiluvchi ob`ektdir.
2. Stansiya – axborot uzatish va qabul qilish bilan bogʻliq
vazifalarni bajaruvchi ob`ektdir.
Alohida kompyuterlar, kompyuter majmualari, terminallar, sanoat
robotlari, programmaviy boshqaruvli dastgohlar va shu kabilar tarmoq
abonentlari boʻlishlari mumkin va xar bir abonent stansiyaga ulanadi.
Abonent va stansiya birgalikda
"abonent tizimi“ deb ataladi.
Abonentlarning oʻzaro aloqasini tashkil etish uchun fizik uzatish muhiti
mavjud boʻlishi kerak.