49
demodulyatsiya qurilmalaridan tashqari (ba’zida esa ular bilan birga)
modem ishini boshqaruvchi
maxsuslashgan mikroprosessor, tezkor va
doimiy xotira, modemning ishlash rejimlari va ishlatilayotgan aloqa
kanalining tavsiflari to`g`risidagi tovushli va yorug`likli xabarlash
yelementlariga egadir. Doimiy xotira ta’minot (tok manbai)
uzilganda
modem konfigurasiyasini saqlash uchun ishlatiladi va ko`pincha qayta
dasturlanishi mumkin.
Sanoatda ishlab chiqarilayotgan modemlar quyidagicha farqlanadi:
– konstruksiyasi bilan — avtonom va apparatura ichiga qurilgan;
– aloqa kanalli interfeys bilan — kontakgli va kontaktsiz (audio);
– vazifasi bilan — turli xil aloqa kanallari va tizimlari uchun,
masalan, faqat ma’lumotlarni
uzatish tizimi uchun - modemlar,
ma’lumotlarni va fakslarni uzatish tizimi uchun
faks-modemlar
(haqiqatan ham, butunda ko`plab firmalar faks – modemlarni ishlab
chiqarmoqda, faksli vazifasi bo`lmagan «toza» modemlar, amalda ishlab
chiqarilmayapti);
– uzatish tezligi bilan - telefon aloqa kanallari uchun TTXMK
bayonnomalari standartiga mos keluvchi ma’lumotlarni uzatish tezliklari
standarti (shkalasi)
mavjuddir; u quyidagi tezliklarni o`z ichiga oladi
(bit/s da): 12000, 14400,16800,19200, 28800, 33600, 56000 va h.k.
Oldin modemlarning har biri alohida tezlikda ishlash uchun ishlab
chiqarilgan; zamonaviy modemlar universaldir: ularning ba’zilari
(masalan, MT1932, MT 2834 va b.): ham kommutasiya qilinadigan,
ham kommutatsiya qilinmaydigan aloqa
kanallari bilan ishlashi
mumkin; aytilgan tezliklar shkalasining deyarli hammasini o`z ichiga
oladi; modem va faks – modem rejimlariga ega.
Modemlarni konstruktiv turlari, ya’ni avtonom va apparatura ichiga
qurilgan turlariga birmuncha batafsilroq to`xtalaniz. Avtonom
modemlarni ko`pincha tashqi, apparatura ichiga mos qurilgani esa ichki
modem deb ataladi.