45
terminal qurilmalari bilan ishlamaydi. Buning oʻrnida birlamchi tarmoq
kanallari boshqa tarmoqlarning kommunikatsion qurilmalarini ulaydilar
va ular esa oʻz navbatida oxiridagi foydalanuvchining terminaliga
xizmat koʻrsatadilar. Telefon va kommunikatsion
tarmoqlar birlamchi
tarmoqlarga nisbattan ikkalamchi yoki ustama (overlay) tarmoq boʻlib
xizmat qiladi.
Birlamchi tarmoq arxitekturasi telekommunikatsion tarmoqning
umumlashtirilgan arxitekturasiga mos keladi, yani kabelli aloqa yoʻllari
va kommutatorlardan tashkil topgandir. Odatda birlamchi tarmoqning
bitta kabeli multipleksirlash hisobiga
kompyuter yoki telefon
tarmoqlarining bir necha yuz magistral kanallarining trafigini uzatish
imkoniyatini beradi.
Birlamchi tarmoqlarni yaratishning bir necha texnologiyasi mavjut:
− plezioxronli raqamli iyerarxiya (PDH);
− sinxron raqamli iyerarxiya (SDH/SONET);
− zichlashtirilgan toʻlqinli multiplesirlash (DWDM);
− optik transport tarmogʻi (OTN).
Plezioxronli
raqamli
iyerarxiya
(Plesiochronous
Digital
Hierarchy, PDH) texnologiyasi 60 yillar oxirida AT&T kompaniyasi
tomonidan telefon tarmoqlarining katta kommutatorlarini oʻzaro
ulash
uchun yaratilgan. Bungachan ishlatilgan chastotali multipleksirlashli
analog aloqa yoʻllari bitta kabel boʻyicha koʻp kanalli yuqori tezlikda va
yuqori sifatli uzatishning oʻz imkoniyatlarini ishlatib boʻlgan edilar.
Telekommunikatsion va telefon tarmoqlarida PDH texnologiyasiga
oʻtish
yangi
davr
boshlanganligini
bildiradi
–
raqamli
kommunikatsiyalar
davri.
Abonent
uchun
bu
oraliqdagi
kommutatorlardan oʻtishi davomida yomonlashmaydigan
yuqori sifatli
tovush ekanligini bildirar edi, analog tarmoqlarda esa yomonlashar edi.
Bu operatorlarga, sekundiga birdan to yuzlab megabitlab keng
oraliqdagi moslashuvchan ishonchli kanal vositalarini paydo boʻlganini
bildirar edi.
T-1 multipleksorini yaratilishi
bilan PDH texnologiyasining
boshlanishiga qadam qoʻyildi, u raqamli koʻrinishda multipleksirlashga,
24 abonentning tovushli trafigini uzatish va kommutatsiyalashga imkon
bergan. Chunki abonent avvalgidek odatdagi telefon apparatidan
foydalanar edi, yani tovushni uzatish analog koʻrinishda boʻlgan, T-1
multipleksorlarining
oʻzi tovushni 8000 Gs chastota bilan
raqamlashtirishni amalga oshirgan va shu bilan u abonentni 64 Kbayt/s
tezlikda axborotlarni uzatishning elementar raqamli kanalini yaratgan.