• Qabul qiluvchi abonentning tarmoq manzili
  • Uzatuvchi abonentning tarmoq manzili
  • Xizmatchi axborot
  • Paketning nazorat sonlar yigʻindisi
  • -rasm. Paketning koʻp tarqalgan tuzilishi




    Download 7,35 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet27/225
    Sana12.12.2023
    Hajmi7,35 Mb.
    #117020
    1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   225
    Bog'liq
    Begbutayev A Yusupov RUquv qollanma tarmoq texnologiyalari Kitob

     
    1.2.14-rasm. Paketning koʻp tarqalgan tuzilishi. 
    Boshlash kombinatsiyasi yoki priambula, adapter qurilmasini 
    sozlashni yoki boshqa tarmoq qurilmasini paketini qabul qilib va ishlov 
    berishni taʻminlaydi. Bu maydon boʻlmasligi yoki 1 bitdan iborat 
    boshlash biti boʻlishi mumkin; 
    Qabul qiluvchi abonentning tarmoq manzili (identifikator), yaʻni 
    tarmoqdagi har bir qabul qiluvchi abonentga berilgan shaxsiy yoki 
    jamoa nomeri. Bu manzil nomeri qabul qiluvchi qurilmaga axborot 
    shaxsan oʻzigami yoki jamoa tartibiga kirgan biror abonentga balki bir 
    vaqtning oʻzida tarmoqdagi barcha abonentlarga tegishli ekanligini 
    tanishga xizmat qiladi.
    Uzatuvchi abonentning tarmoq manzili (identifikator), yaʻni 
    tarmoqdagi har bir uzatuvchi abonentga berilgan shaxsiy yoki jamoa 
    nomeri. Bu manzil nomeri qabul qiluvchi abonentga paket qayerdan 


    43 
    kelganligi haqidagi axborotni beradi. Paket tarkibiga uzatuvchi manzilini 
    koʻrsatilishining sababi bir qabul qiluvchiga galma-galdan turli 
    uzatuvchilardan paket kelishi mumkunligi uchun.
    Xizmatchi axborot – bu axborot paket turi, uning nomeri, formati, 
    olib boriladigan yoʻnalishi va qabul qiluvchi qurilma bu paket bilan 
    nima qilish kerakligini koʻrsatadi. 
    Axborotlar – bu shunday axborotki, uni uzatish uchun paket hosil 
    qilinadi. Haqiqatdan maxsus boshqarish paketlari mavjud, ularda 
    axborot maydoni boʻlmaydi. Bunday paketlarni tarmoq buyruqlari deb 
    qabul qilish mumkin. Axborot maydoni mavjud paketlarni, axborot 
    paketlari deb yuritiladi. Boshqarish paketlari aloqa boshlanishini, aloqa 
    tugashini, axborot paketini qabul qilinganligini tasdiqlanishini, axborot 
    pa ketini soʻrashni va boshqa vazifalarni bajarishi mumkin. 
    Paketning nazorat sonlar yigʻindisibu sonli kod, uzatuvchi 
    qurilma tomonidan maʻlum qoidalarga asosan hosil qilinib, paket haqida 
    ixchamlangan maʻlumotdir. Qabul qiluvchi qurilma uzatuvchi qurilmada 
    paket bilan amalga oshirilgan hisoblashlarni qaytarib, hosil boʻlgan 
    sonni nazorat soni bilan solishtiradi va uzatilgan paketda xatolik bor 
    yoki yoʻqligini aniqlaydi. Agarda paketda xatolikka yoʻl qoʻyilgan 
    boʻlsa, u holda qabul qiluvchi qurilma axborotni takroran uzatilishini 
    soʻraydi.

    Download 7,35 Mb.
    1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   225




    Download 7,35 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -rasm. Paketning koʻp tarqalgan tuzilishi

    Download 7,35 Mb.
    Pdf ko'rish