41
uzatish jarayoni kechishi mumkin. Faqat paketlargina axborot
uzatayotgan abonentlar oʻrtasida tarmoq vaqtini taqsimlay olishi
mumkin.
Agarda hamma zarur axborot birdaniga uzluksiz, paketlarga
boʻlinmasdan uzatilganda edi, bu holda uzoq vaqt davomida bir abonent
tomonidan tarmoq vaqtini butkul ravishda egallab turishga olib kelar edi.
Boshqa hamma abonentlar barcha axborot uzatilib boʻlishini kutishga
majbur edi, qator hollarda oʻnlab sekundlar va hatto minut zarur boʻlar
edi (masalan, qattiq diskda yozilgan barcha axborotni koʻchirish uchun).
Abonent huquqlarini
birdek qilish uchun, shuningdek, tarmoqqa
bogʻlanish vaqtini taxminan tenglashtirish uchun va barcha abonentlar
uchun axborot uzatishning integral tezligini tenglashga aynan
paketlardan (kadrlar) foydalaniladi. Paket uzunligi tarmoq turiga
bogʻliq, lekin u odatda bir necha oʻnlab
baytdan to bir necha
kilobaytgacha tashkil topgan boʻlishi mumkin. Yaʻni muhimi shuki,
katta axborot massivi uzatilayotganda toʻsiq va uzilishlar sababli xato
qilish ehtimoli yuqoridir. Masalan, mahalliy tarmoqlarga xos boʻlgan
bittali xato boʻlish ehtimolining kattaligi 10 -8 ni, paket uzunligi 10Kbit
boʻlgan 10 -4 xatolikka yoʻl qoʻyilishi ehtimoli bilan, 10 Mbit
uzunlikdagi massiv esa 10 -1 ehtimoli bilan uzatiladi. Shuningdek, bir
necha megabaytli massivda xatolikni topish bir necha kilobaytdan
tashkil topgan paketda xotolik topishga qaraganda ancha murakkab.
Xato topilganda butun massiv axborotini qaytadan uzatish kerak boʻladi,
bu esa ixcham paketni uzatishga qaraganda bir muncha murakkabdir.
Katta massiv axborotni qaytadan uzatganda yana xatolikka yoʻl qoʻyish
ehtimoli yuqoridir va bu jarayon katta massiv boʻlsa
cheksiz davom
etishi mumkin. Boshqa tomondan olib qaraganda, baytlab (8 bit) yoki
soʻzlab (16 bit yoki 32 bit) axborot uzatishga qaraganda, paketlab
axborot uzatish afzalliklarga ega, yaʻni tarmoqdan foydali axborot
oʻtishi orqali, xizmatchi axborotlarni kamayishi hisobiga erishiladi. Bu
bir necha baytga ega boʻlgan uzunliklardagi paketlarga ham taalluqlidir.
Chunki tarmoqdagi uzatilayotgan har
bir paket tarkibida albatta
tarmoqda axborot almashinuviga tegishli boʻlgan, shuningdek, bitlar bor
(axborot almashinuvini boshlash biti, manzil bitlari, paket turi va
nomerini koʻrsatuvchi bitlar va hokazo).
Kichik paketlarni tarmoqdan uzatilganda xizmatchi axborotlarning
nisbati keskin oshib boradi, bu vaziyat tarmoq abonentlari oʻrtasidagi
axborot almashinuvining integral tezligini (oʻrtacha) kamaytirishga olib
keladi. Paketlarning qandaydir optimal uzunligi mavjud (yoki
paketlar
42
uchun optimal uzunlik oraligʻi), bunday paketlar tarmoq orqali
uzatilganda tarmoqning oʻrtacha tezligi maksimal darajasiga etadi. Bu
uzunlik oʻzgarmas uzunlik emas, u axborot almashinuvini boshqarish
usuliga,
tarmoqdagi
abonentlar
soniga,
uzatilayotgan
axborot
koʻrsatkichlariga va bundan tashqari koʻp faktorlarga bogʻliq.
Paketning tuzilishi, avvalambor, tarmoqdagi
barcha qurilmalar
xususiyatiga, tanlangan tarmoq topologiyasiga va axborot uzatish
muhitining turiga, shuningdek, sezilarli darajada ishlatiladigan
protokolga bogʻliqdir (axborot almashinuvining tarkibi). Xulosa qilib
aytganda har bir, tarmoqda paket uzunligi oʻzgachadir. Lekin paket
uzunligini aniqlashning qandaydir
umumiy prinsiplari mavjud, bu har
qanday mahalliy tarmoqdagi axborot almashinuvining xususiyatlaridan
kelib chiqadi. Koʻpincha paket tarkibi asosiy maydon qismlaridan
tashkil topadi (1.2.14-rasm):