40
aynan qaysi bit (0 yoki 1) dan boshlangan va tugaganligini bilish kerak.
Sinxron va asinxron uzatish shu narsaga asoslangan. Umuman, xar
qanday maʻlumot yo sinxron yoki asinxron usulda uzatiladi.
-
Asinxron maʻlumot uzatish. Bu usul deyarli barcha shaxsiy
kompyuterlarda qoʻllaniladi va “boshlash-tugatish (start-stop) uzatish”
deb xam yuritiladi. (“Asinxron” soʻzi qadimgi grekcha soʻz boʻlib,
“vaqti bir xil emas” degan maʻnoni bildiradi). Asinxron uzatishda xar bir
vaqt oraligida bitta bayt (bitlar ketma-ketligi) uzatiladi.
Bunda xar bir
baytni tashkil etuvchi bitlar ketma-ketligi “qavslarga” olingan va maxsus
boshqaruvchi bitlar (“qavslar”) bilan birga uzatiladi. Bu “qavslar” xam
boshlanish biti (start bit) va tuxtash biti (stop bit) lardan iborat.
Boshlanish biti baytni tashkil etuvchi birinchi bitdan oldin, toʻxtash biti
esa baytni tashkil etuvchi oxirgi bitdan keyin “turadi”.
Koʻpgina shaxsiy kompyuterlarda bu usul qoʻllaniladi, ammo bunda
maʻlumot uzatish tezligi nisbatan past. qisqa muddat ichida katta
hajmdagi maʻlumotni uzatish uchun albatta bu metod ancha noqulay. Bu
usulning
afzalliki shundaki, maʻlumot junatuvchi axborotnip xoxlagan
paytda junatishi mumkin.
-
Sinxron maʻlumot uzatish. Asinxron uzatishdan farqli oʻlaroq
sinxron uzatishda maʻlumot boshlovchi va tugatuvchi bitlar orqali emas,
balki maʻlumot bloklari (baytlar yigindisi) uzatiladi. (“Sinxron” soʻzi
qadimgi grekcha soʻz boʻlib, “bir vaqtda” degan maʻnoni bildiradi).
Bunda boshlovchi va tugallovchi bitlar xar bir bayt boshi va oxirida
emas, balki xar bir blok (baytlar ketma-ketligi) boshi va oxirida boʻladi.
Bu bitlarning vazifasi nafaqat bloklarni
bir-biridan ajratib turish, balki
uzatuvchi va qabul qiluvchi qurilmalardagi ichki soatlar vaqtini bir
xilligini (sinxron eanligini) nazorat qilishdan iborat.
Bu usul juda murakkab va qimmatga
tushishi sababli shaxsiy
kompyuterlarda kam qoʻllanilgan. Shunga qaramasdan, baʻzi modemlar
kompyuter ketma-ket portidan asinxron tarzda uzatilayotgan signallarni
liniyaga sinxron signallar shaklida uzata oladi.