|
Muhammad al-xorazmiy
|
bet | 1/4 | Sana | 24.05.2024 | Hajmi | 34,08 Kb. | | #252352 |
Bog'liq xisobot
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
TT VA KT FAKULTETI
AX-0170-21-guruh talabasining
Kiber-huquq va kiber-etika fanidan
Kiberxavfsizlik boʻyicha dunyo davlatlarini taqqoslash
Mavzu: Hindiston
Bajardi: Oripov O.S.
Qabul qildi: Boyquziyev I. M.
Toshkent-2024
DUNYO DAVLATLARINING KIBERXAVFSIZLIK REYTINGI
Shaxsiy ma’lumotlarimizning ko‘p qismi internetda saqlanganligi sababli bugungi kunda kiberxavfsizlik masalasi juda muhim hisoblanadi. Jamiyatimiz axborot texnologiyalariga har qachongidan ham ko‘proq qaram bo‘lgan bu davrda kiberxavfsizlik ahamiyati kun sayin ortib bormoqda.
Xo‘sh, kiberxavfsizlik o‘zi aslida nima?
Kiberxavfsizlik — kompyuter tizimlari, tarmoqlari, qurilmalari va dasturlarini har qanday turdagi kiberhujumlardan himoya qilish amaliyotidir. Kiberxavfsizlik tahdidi esa ma’lumotlarni buzish, ma’lumotlarni o‘g‘irlash yoki umuman raqamli hayotni buzishga qaratilgan zararli harakatdir. Kibertahdidlar, shuningdek, axborot texnologiyalari ob’yekti, kompyuterlar tarmog‘i, intellektual mulk yoki boshqa har qanday maxfiy ma’lumotlarga ruxsatiz kirish, ularga zarar yetkazish, buzish yoki o‘g‘irlashga qaratilgan muvaffaqiyatli kiberhujum ehtimolini ham nazarda tutadi. Kibertahdidlar kompaniya yoki tashkilot ichidan, ishonchli foydalanuvchilardan yoki noma’lum shaxslar tomonidan uzoq joylardan kelib chiqishi mumkin.
Buyuk Britaniyaning «Comparitech» nodavlat tadqiqot kompaniyasi muntazam ravishda kiberxavfsizlik va onlayn maxfiylikni yaxshilashga qaratilgan tadqiqotlar o‘tkazib keladi. Kompaniyaning dunyo bo‘ylab milliardlab foydalanuvchilarga umumiy ta’sir ko‘rsatgan 2019-yilda 267 million Facebook foydalanuvchisining shaxsiy ma’lumotlari buzilgani, 2020-yilda 235 million Instagram, YouTube va TikTok foydalanuvchilarining ma’lumotlari himoyalanmagan ma’lumotlar bazasi tufayli ommaga ochiq bo‘lgani hamda «Microsoft» kompaniyasi serverlarida saqlangan 250 milliondan ortiq ma’lumotlar oshkor qilinganligi xususidagi ma’lumotlarini misol qilib keltirishimiz mumkin.
«Comparitech» har yili Global Cybersecurity Index metodologiyasi asosida «eng kiberxavfsiz» davlatni aniqlash yuzasidan mustaqil tadqiqot o‘tkazib, davlatlar reytingini e’lon qiladi. 2021-yilda kompaniya tomonidan 75 ta davlatning kiberxavfsizlik darajasi tahlil qilindi va har bir davlat umumiy baholashda teng imkoniyatga ega quyidagi 15 ta mezon asosida baholandi:
zararli dasturlar bilan zararlangan mobil telefonlar foizi;
mobil bank tovlamachi-dasturlar hujumiga uchragan foydalanuvchilar foizi;
foydalanuvchining o‘z qurilmasiga kirishini bloklash uchun mo‘ljallangan mobil tovlamachi-troyan dasturlar hujumiga uchragan foydalanuvchilar foizi;
mobil bo‘lmagan bank tovlamachi-dasturlari tomonidan hujumga uchragan foydalanuvchilar foizi;
maxfiy ma’lumotlarni o‘g‘irlash va to‘lovni to‘lamagunga qadar foydalanuvchining o‘z kompyuteriga kirishini bloklash uchun mo‘ljallangan mobil bo‘lmagan zararli tovlamachi-troyan dasturlar hujumiga uchragan foydalanuvchilar foizi;
internet orqali zararli dastur bilan zararlangan kompyuterlar foizi;
kamida bitta mahalliy zararli dastur hujumidan zarar ko‘rgan kompyuterlar foizi;
veb-manbalar orqali hujumga uchragan mobil foydalanuvchilar foizi;
Telnet[1] hujumlarining kelib chiqqan mamlakat bo‘yicha ulushi;
kriptomaynerlar[2] tomonidan hujumga uchragan foydalanuvchilar foizi;
kelib chiqqan mamlakat bo‘yicha SSH[3] hujumi ulushi;
yuboruvchi mamlakatlardan kelgan spam xatlar foizi;
zararli pochta jo‘natmalari nishonga olingan mamlakatlar ulushi;
Fishing[4] urinishlari bilan hujumga uchragan kompyuterlar ulushi;
«Xalqaro elektraloqa ittifoqi» Global kiberxavfsizlik indeksiga ko‘ra kiberhujumlarga eng yaxshi tayyorlangan davlatlar.
|
| |