• Mezonlar bo‘yicha yaxshi natija qayd etgan mamlakatlar reytingi Zararli ta’minot dasturlari bilan zararlangan mobil telefonlar foizi: Finlyandiya — 1,06 foiz
  • 0,00 foiz . Bank zararli ta’minot dasturlari hujumiga uchragan foydalanuvchilar ulushi: Ekvador — 0,03 foiz
  • 0,48 foiz
  • 0,04 foiz
  • 0,12 foiz . Kelib chiqqan mamlakatlar bo‘yicha SSH hujumlar foizi (IoT): Tojikiston — 0,00 foiz
  • 0,01 foiz
  • Dunyodagi eng kiberxavfsiz davlat




    Download 34,08 Kb.
    bet3/4
    Sana24.05.2024
    Hajmi34,08 Kb.
    #252352
    1   2   3   4
    Bog'liq
    xisobot

    Dunyodagi eng kiberxavfsiz davlat

    Oxirgi ikki yil davomida Daniya 3,56 ball bilan eng kiberxavfsiz mamlakat hisoblanadi. U 15 ta mezondan 10 tasida kuchli uchlikka kirdi, ayniqsa, tovlamachi-troyanlar tomonidan hujumga uchragan foydalanuvchilar (0,02 foiz) va kriptomaynerlar tomonidan qilingan hujumlar foizi (0,11 foiz) kabi mezonlarda yaxshi ball to‘pladi. Shuningdek, mobil tovlamachi-troyanlar va mobil bank tovlamachi-troyanlari tomonidan hujumga uchragan bitta ham foydalanuvchi yo‘q.


    Reytingda har bir mezon uchun mamlakat eng yuqori va eng past o‘rinli mamlakatlar o‘rtasidagi o‘rinni egallaganligi asosida baholangan. Kiberxavfsizlik bo‘yicha eng past ball olgan mamlakatlarga 100 ball, eng yuqori ballga ega bo‘lgan mamlakatlarga esa nol ball berilgan. Bu ikki ball orasidagi barcha mamlakatlar qayerda joylashganiga qarab, foiz asosida baholangan.


    Mezonlar bo‘yicha yaxshi natija qayd etgan mamlakatlar reytingi

    Zararli ta’minot dasturlari bilan zararlangan mobil telefonlar foizi:


    Finlyandiya — 1,06 foiz; Ukraina — 1,15 foiz; Daniya — 1,33 foiz.
    Mobil bank tovlamachi-troyanlar hujumiga uchragan foydalanuvchilar foizi:
    Jazoir, Argentina, Daniya, Misr, Gaiti, Vengriya, Irlandiya, Meksika, Nigeriya va Tailand — 0,00 foiz.
    Mobil tovlamachi-troyanlar hujumiga uchragan foydalanuvchilar foizi:
    Argentina, Avstraliya, Avstriya, Belarus, Braziliya, Chili, Kolumbiya, Daniya, Ekvador, Fransiya, Gretsiya, Gaiti, Vengriya, Yaponiya, Latviya, Peru, Tojikiston, Turkiya va Venesuela — 0,00 foiz.
    Bank zararli ta’minot dasturlari hujumiga uchragan foydalanuvchilar ulushi:
    Ekvador — 0,03 foiz; Boliviya — 0,05 foiz; Daniya, Irlandiya va Panama — 0,10 foiz.
    Tovlamachi-troyan dasturlar hujumiga uchragan foydalanuvchilar foizi:
    Daniya — 0,02 foiz; Shvetsiya — 0,03 foiz; Irlandiya va Ruminiya — 0,04 foiz.
    internet orqali kamida bitta zararli dastur hujumiga uchragan foydalanuvchilar foizi:
    Gaiti — 0,48 foiz; Daniya — 1,33 foiz; Irlandiya — 1,35 foiz.
    Mahalliy zararli dasturlardan kamida bitta hujumga uchragan kompyuterlar foizi:
    Daniya — 2,83 foiz; Shvetsiya — 3,34 foiz; Irlandiya — 3,49 foiz.
    Veb-manbalar orqali hujumga uchragan mobil foydalanuvchilar foizi:
    Gaiti va Tojikiston — 0,03 foiz; Rossiya va Xitoy — 0,04 foiz; Armaniston — 0,05 foiz.
    Kelib chiqqan mamlakatlar bo‘yicha Telnet hujumlari foizi (IoT):
    Gaiti, Tojikiston, Jazoir va Qatar — 0,01 foiz; Daniya, Finlyandiya, Quvayt, Qirg‘iziston, Ummon, va O‘zbekiston — 0,02 foiz; Ozarbayjon va Shveysariya — 0,03 foiz.
    Kriptomaynerlar tomonidan qilingan hujumlar foizi:
    Gaiti — 0,05 foiz; Daniya va Yaponiya — 0,11 foiz; Germaniya — 0,12 foiz.
    Kelib chiqqan mamlakatlar bo‘yicha SSH hujumlar foizi (IoT):
    Tojikiston — 0,00 foiz; Gaiti va Ozarbayjon — 0,01 foiz; Armaniston
    va Qirg‘iziston — 0,02 foiz.

    Kelib chiqqan mamlakatlar bo‘yicha spam xabarlar foizi:
    Gaiti — 0,00 foiz; Tojikiston va Ummon — 0,01 foiz; Qatar va BAA — 0,02 foiz.
    Zararli pochta jo‘natmalari nishonga olingan mamlakatlar ulushi:
    Tojikiston, Norvegiya va Finlyandiya — 0,01 foiz; Gaiti va Qirg‘iziston — 0,02 foiz; Gruziya — 0,04 foiz.
    Fishing hujumiga uchragan kompyuterlar foizi:
    Gaiti — 1,94 foiz; Daniya — 3,26 foiz; Shvetsiya — 3,35 foiz.
    Global kiberxavfsizlik indeksi:
    Buyuk Britaniya — 0,931; AQSh — 0,926; Fransiya — 0,918.
    Umumiy ball har bir mamlakatning 15 ta mezondagi ballarini o‘rtacha hisoblash yo‘li bilan olingan. Ushbu reyting tizimini yaratishda foydalanilgan barcha ma’lumotlar eng so‘nggi ma’lumotlar bo‘lib, reytingda faqat barcha ma’lumotlar nuqtalarini qamrab olishga muvaffaq bo‘lingan mamlakatlar kiritilgan.
    Tadqiqot natijalariga asosan o‘rtacha umumiy ball hisobida davlatlar ro‘yxatdan quyidagicha o‘rin olgan:
    1-o‘rin Tojikiston (35.54 ball bilan eng yomon natija);
    2-o‘rin Bangladesh (34.57 ball);
    3-o‘rin Xitoy (33.90 ball);

    Download 34,08 Kb.
    1   2   3   4




    Download 34,08 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Dunyodagi eng kiberxavfsiz davlat

    Download 34,08 Kb.