44
tushunchaga ajratilsa).
Aynan kadrni uzatilishi emas, balki paketni
uzatish tarmoq bandligiga toʻgʻri keladi.
Multipleksirlash: kommunikatsiya samaradorligini oshirish
Kommunikatsiya liniyalari xar qanday
kompyuter yoki terminalga
nisbatan kattaroq sigʻimga ega. Bu liniyalardan maʻlumot saqlash uchun
foydalanish qimmatga tushishi mumkinligi sababli turli kommunikatsiya
qurilmalarning bir vaqtda bitta liniyadan foydalana olishlari aynan
samaraliroq
boʻlardi.
Bu
jarayon
multipleksirlash
deyiladi.
Multipleksirlash - bu koʻp signallarni bir vaqtda bitta kommunikatsiya
kanali orqali uzatishdir.[19]
Multipleksilashni amalga oshirish uchun
uch turdagi qurilmalar
kerak: multipleksor, kontsentrator va FEP.
-
Multipleksor. Bu turli past tezlikdagi uzatishlarni yagona yuqori
tezlikdagi uzatishga birlashtiruvchi qurilmadir. Modeliga qarab, yagona
aloqa liniyasiga 32 ta yoki koʻproq qurilmalarni ulash mumkin.
Multipleksor orqali uzatiladigan maʻlumotni
shu tipdagi mulipleksor
qabul qilishi kerak. Uzatuvchi multipleksor turlii qurilmalar uzatayotgan
mʻlumotni birlashtirib bitta liniya orqali katta tezlikda uzatadi. qabul
qiluvchi multipleksor esa qabul qilingan xabarlarni saralaydi va kerakli
qurilmalarga ajratib uzatadi.
-
Kontsentrator. Kontsentratorlar xam multipleksor kabi bir nechta
qurilmalarga bitta kommunikatsiya liniyasidan foydalanishga imkon
beradi. Ammo multipleksordan farqli oʻlaroq, kontsentrator maʻlumotni
vaqtinchalik saqlash qurilmasiga yigʻadi.
-
FEP (Front-End Processor). Bu qurilma katta kompyuter-
meynfreymga ulangan mikrokompyuter boʻlib, uni kommunikatsiya
liniyasiga
ulaydi.
U
kommunikatsiya
liniyasiga
meynfreym
maʻlumotlarini uzatadi, xatolarni tuzatadi va katta kompyuterga asosiy
protsessor vaqtini kerakli hisob-kitoblarga sarflashga imkon beradi. FEP
baʻzan kommunikatsiya kontrollyori deb xam yuritiladi.