|
Vaqt boʻyicha multipleksirlashBog'liq Begbutayev A Yusupov RUquv qollanma tarmoq texnologiyalari KitobVaqt boʻyicha multipleksirlash (Time Division Multiplexing,
TDM) tamoili shundan iboratki, unda kanalga ulanishning xar biriga
maʻlum vaqt oraligʻini ajratishdan iborat va u koʻp texnologiyalarda
ishlatiladi. Vaqt boʻyicha multipleksirlashning ikki turi mavjut: asinxron
va sinxron.
Asinxron ish tartibli TDM paketlarni kommutatsiyalash tarmogʻida
ishlatiladi. Xar bir paket kanalni oxirgi nuqtalarigachan uzatishga zarur
boʻlgan maʻlum vaqt band qiladi. Turli axborot oqimlari oʻrtasida
sinxronlash yoʻq, xar bir foydalanuvchi axborot uzatishga zarurat xosil
boʻlgan vaqtda kanalni band qilishga xarakat qiladi.
Sinxron ish tartibli TDM (TDM qisqartmasi ishlatilganda ish
tartibini aytib oʻtilmasa, u xolda xar doim TDM sinxron ish tartibili
boʻladi) kanallarni kommutatsiyalash tarmoqlarida oʻz tadbiqini topadi,
ularga PDH tarmoqlari xam kiradi. Bu xolda barcha axborot oqimlari
kanalga ega boʻlishini sinxronlash quyidagicha amalga oshiriladi, xar bir
axborot oqimi davriy ravishda kanalni oʻz ixtiyoriga maʻlum belgilangan
oraliqdagi vaqtga oladi.
TDM qurilmalarini sinxronlash qurilmaning ishlash siklida kadrni
vaqtdagi holatini boradigan manzili sifatida ishlatishga imkon beradi –
shu jihati bilan TDM tarmoqlari paketlarni kommutatsiyalash
tarmoqlaridan
farqlanib
turadi.
Paketlarni
kommutatsiyalash
tarmoqlarida paketni joʻnatiladigan manzili kadrda aniq koʻrsatilishi
kerak boʻladi.
TDM tarmoq qurilmalari – multipleksorlar va kommutatorlar –
vaqtboʻyicha taqsimlangan ish tartibida oʻzining ishlash sikli davomida
barcha abonent kanallariga navbat bilan xizmat koʻrsatish orqali
ishlaydilar. Ish sikli 125 mks, bu raqamli abonent kanalida oʻlchangan
tovushning kelish davriga mos keladi. Demak, multipleksor yoki
kommutator xar qanday abonent kanaliga oʻz vaqtida xizmat koʻrsatib
va uni navbatdagi oʻlchamini tarmoq boʻylab uzatib ulguradi. Xar bir
ulanishga qurilmaning ishlash sikl vaqtining bir kvanti ajratiladi, uni
shuningdek taym-slot xam deb ataladi. Taym-slot davri (davomiyligi)
multipleksor yoki kommutator tomonidan xizmat koʻrsatiladigan
abonent kanallari soniga bogʻliq.
|
| |