• - kabel yordamida bogʻlash .
  • 2.1.4. Kompyuter tarmoqlarining klassifikatsiyasi (tasniflanishi)
  • Kompyuter tarmoqlari geografik (hududiy) joylashuvi boʻyicha quyidagilarga boʻlinadi
  • Tarmoq texnologiyalari




    Download 7,35 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet36/225
    Sana12.12.2023
    Hajmi7,35 Mb.
    #117020
    1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   225
    Bog'liq
    Begbutayev A Yusupov RUquv qollanma tarmoq texnologiyalari Kitob

    3. Fizik uzatish muhiti – elektr, radio yoki boshqa signallar 
    yordamida amalga oshiriladigan aloqa kanali va ma`lumotlarni uzatish, 
    qabul qilish qurilmalaridir. 
    Fizik uzatish muhiti negizida abonent tizimlari oʻrtasida axborot 
    uzatishni ta`minlovchi kommunikasion tarmoq tashkil etiladi. Bunday 
    yondashuv har qanday komppyuter tarmogʻini abonent tizimlari va 
    kommunikasion tarmoq yigʻindisi sifatida koʻrish imkonini beradi. 
    Kompyuterlarni bir-biri bilan bogʻlashda ikki xil usuldan 
    foydalaniladi: 
    - kabel yordamida bogʻlash. Bunda kompyuterlar bir-biri bilan 
    koaksial, juftli oʻramli va shisha tolali kabellar orqali maxsus tarmoq 
    platasi yordamida bogʻlanadi. 
    simsiz bogʻlanish. Bunda kompyuterlar bir-biri bilan simsiz aloqa 
    vositalar yordamida, yaʻni radio toʻlqinlar, infraqizil nurlar, WiFi va 
    Bluetooth texnologiyalari yordamida bogʻlanadi. 
    2.1.4. Kompyuter tarmoqlarining klassifikatsiyasi (tasniflanishi) 
    Kompyuter tarmoqlari quyidagi belgilari boʻyicha tasniflanadi: 
    1. Geografik (hududiy) joylashuvi boʻyicha; 
    2. Ishlab chiqarish boʻlimlarining miqyosi boʻyicha; 
    3. Boshqarish usuli boʻyicha; 
    4. Axborotni uzatish tezligi boʻyicha; 
    5. Aloqa (ulanish) topologiyasi tuzulishi boʻyicha.
    Kompyuter tarmoqlari geografik (hududiy) joylashuvi boʻyicha 
    quyidagilarga boʻlinadi: 


    55 
    − PAN – (PERSONAL- AREA NETWORK) – shaxsiy tarmoq 
    bo’lib, bu kompyuter qurilmalarining simsiz tarmog`i. 
    − LAN (LOCAL-AREA NETWORK) - Lokal tarmoq 
    chegaralangan sohadagi kompyuterlarni birlashtirish imkoniyatini 
    beradi. 
    − CAN (CAMPUS-AREA NETWORK) - Kampus tarmoq, oʻzaro 
    yaqin binolarda joylashgan lokal tarmoqlarni birlashtirish uchun 
    moʻljallangan. 
    − MAN (METROPOLITAN AREA NETWORK) – shahar kabi 
    kattalikdagi geografik mintaqani qamrab olgan aloqa tarmogʻi. 
    MANlardan foydalanishdan maqsad uzoq masofalada telefon simlarini 
    tarqatishni oldini olishdan iborat. Uyali telefon tizimlari asosan 
    MANlardan iborat. 
    − WAN (WIDE AREA NETWORK davlat kabi yirik geografik 
    hududni oʻz ichiga oladi. Ularga Tymnet, TeleNet, UniNet, 
    AccuNetlarni misol keltirish mumkin. Internet tarmogʻi minglab 
    WANlarni birlashtiradi. Albatta, koʻpgina telefon tizimlari ham 
    WANlardan iborat. 
    − GAN (Global-Area Network) barcha davlatlar va kontinentlarni 
    birlashtiruvchi hamda yer sharining ixtiyoriy nuqtasidagi axborot 
    resurslariga murojaat qilish imkoniyatini beruvchi umumplanetar 
    tarmoq. 

    Download 7,35 Mb.
    1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   225




    Download 7,35 Mb.
    Pdf ko'rish