|
Mavzu: Tarmoq xavfsizligi muammolari Reja: Tarmoq turlari, 2 Tarmoqqa qo‘yiladigan talablar
|
bet | 1/4 | Sana | 11.02.2024 | Hajmi | 22,25 Kb. | | #154666 |
Bog'liq Kompyuter tarmoqlari va tarmoq xavfsizligi
Mavzu:Tarmoq xavfsizligi muammolari
Reja:
1. Tarmoq turlari,
2 Tarmoqqa qo‘yiladigan talablar
3.Tarmoq xavfsizligi muommolari ( zaiflik, tahdid turlari, razvedka hujumlari,
kirish hujumlari, zararli hujumlar ).
Tayanch iboralar: Tarmoq, tarmoq topologiyalari, OSI modeli, TCP/IP
modeli, tarmoq vositalari. zaiflik, tahdid, hujum, ichki tahdid, tashqi tahdid,
razvedka hujumlari, kirish hujumlari, zararli hujumlar, xizmatdan voz kechishga
undash (Denial of service, DOS) hujumlari.
1.Kompyuter tarmoqlarining asosiy tushunchalari
Kompyuter tarmoqlari resurslarni almashish maqsadida bir necha
kompyuterlarning birlashuvidan iborat. Fayllar, dasturlar, printerlar, modemlar va
har qanday tarmoq uskunasi birgalikda foydalaniluvchi yoki taqsimlanuvchi
resurslar bo‘lishi mumkin. Kompyuterlarni birlashtirish uchun ma’lumotlarni
uzatuvchi turli xil vositalardan foydalaniladi: aloqa kanallari, telekommunikatsiya
vositalari, retranslyatorlar va h.
Mos tarmoq servislaridan foydalanish orqali turli xil tarmoq resurslarini taqdim
etish vazifasi yuklatilgan tarmoq kompyuteri server deb ataladi. Tarmoq
resurslaridan va turli tarmoq servislaridan foydalanish maqsadida serverga so‘rov
yuboruvchi tarmoq qurilmalari mijozlar deb ataladi. Avtonom ishlovchi yoki mijozsifatida tarmoqqa ulangan kompyuterni, odatda, ishchi stansiyasi deb atashadi.
Kompyuter tarmoqlarini quyidagicha tasniflash mumkin:
- xududiy alomat bo‘yicha;
- ma’murlash usuli bo‘yicha;
- topologiya bo‘yicha.
Hududiy alomat bo‘yicha lokal (LAN, Local Area Network) va global (WAN,
Wide Area Network) hisoblash tarmoqlari farqlanadi.
Lokal hisoblash tarmog‘i katta bo‘lmagan hududda, xonada yoki binoda
joylashgan kompyuter tarmog‘idan iborat. Lokal tarmoq o‘lchami tarmoq texnik
arxitekturasi va ulash xiliga (kabel turiga) bog‘liq. Odatda lokal hisoblash
tarmog‘ining diametri 2,5 km. dan oshmaydi.
Global hisoblash tarmog‘i katta geografik muhitni qamrab olgan va tarkibida
aloqaning magistral liniyalari yordamida birlashtirilgan ko‘plab hisoblash
tarmoqlari va masofadagi kompyuterlar bo‘lgan hududiy taqsimlangan tizimdan
iborat. Megapolis va region doirasida tashkil etilgan tarmoqlar mos holda shahar
tarmog‘i (MAN, Metropolitan Area Network) va shaxsiy tarmoq (PAN, Personal
Area Network) deb yuritiladi. Eng mashhur global tarmoq Internet TCP/IP
protokollari steki bazasiga asoslangan megatarmoq hisoblanadi.Ba’zi adabiyotlarda“korporativ tarmoq” iborasi ishlatiladi. Bu ibora orqali turli texnik, dasturiy va
informatsion prinsiplarda qurilgan bir necha tarmoqlarning birlashmasi tushuniladi.
Megatarmoq Internet foydalanuvchilarini birlashtirish uchun ishlatiluvchi
global tarmoq Ekstranet (extranet) deb yuritiladi.TCP/IP protokoli bazasida amalgaoshirilgan, ammo megatarmoq Internetdan ajratilgan tarmoq Intranet (Intranet) debataladi.Ma ’murlash usuli bo’yicha tarmoqlar“bir rangli va “mijozserver”li turlariga bo‘linadi. Bir rangli tarmoqlarda barcha kompyuterlar ham mijoz,
ham server bo‘lishi mumkin. UNIX tarmoqlari bunga misol bo‘ladi.
Mijoz-server texnologiyasi bo‘yicha qurilgan tarmoqlarda maxsus ajratilgan
server mavjud. Ajratilgan serverlarga quyidagilar misol bo‘la oladi: fayl server,
bosma server, ilovalar serverlari.
Ro‘yxatga olish serverlari (domenlar kontrollerlari), web serverlar, elektron
pochta serverlari, masofadan foydalanish serverlari, terminal serverlar, telefon
serverlar, proksi serverlar va h.
“Mijoz-server” tarmoqlarida markazlashgan arxitektura hisobiga ma’murlash
va masshtablash funksiyalarini, xavfsizlikni va tiklanishni ta’minlash osongina
amalga oshiriladi. Ammo, bunday tarmoqlarning zaif joyi (barcha markazlashgan
tizimlardagi kabi) server hisoblanadi. Serverning buzilishi butun tizimning ishdan
chiqishiga olib keladi. Undan tashqari, “mijoz-server” tarmoqni qurish uchun
serunum kompyuter va mos operatsion server muhiti talab etiladi. Mos holda,
bunday tarmoqlar professional tarmoq ma’muriga ega bo‘lishi shart.
Tarmoq topologiyasi bo‘yicha umumiy shinali (bus), xalqasimon (ring),
yulduzsimon (star), uyali (mesh) va aralash topologiyali tarmoqlar farqlanadi.
|
| |