|
Mavzu: Tarmoq xavfsizligi muammolari Reja: Tarmoq turlari, 2 Tarmoqqa qo‘yiladigan talablar
|
bet | 2/4 | Sana | 11.02.2024 | Hajmi | 22,25 Kb. | | #154666 |
Bog'liq Kompyuter tarmoqlari va tarmoq xavfsizligi 2.Tarmoqqa qo‘yiladigan talablar:
ochiqlilik - tarmoqning mavjud komponentlarining texnik va dasturiy
vositalarini o‘zgartirmay qo‘shimcha abonent kompyuterlarini hamda aloqa
liniyalarini (kanallarini) kiritish imkoniyati; -
moslashuvchanlik - kompyuterni yoki aloqa liniyalarini ishdan chiqishi
natijasida struktura o‘zgarishining ishga layoqatlikka ta’sir etmasligi;
samaradorlik - kam sarf-xarajat evaziga foydalanuvchilarga xizmat qilishning
talab etiladigan sifatini ta’minlash.
Tarmoq - turli uskunalarning birlashmasi, demak ularni birgalikda ishlatish
muammosi jiddiy muammolardan hisoblanadi. Ishlab chiqaruvchilarning uskuna
qurilishidagi umumiy qoidalarga rioya qilmaslaridan turli tarmoqlarni qurishda
taraqqiyotga erishish mumkin emas. Shu sababli kompyuter sohasidagi yuksalishlar
standartlarda akslanadi. Boshqacha aytganda, har qanday texnologiya, uning
mazmuni standartlarda o‘z aksini topganidagina “qonuniy” himoyaga ega bo‘ladi.
1980 - yilning boshlarida standartlash bo‘yicha qator tashkilotlar tomonidan
yaratilgan model tarmoqlar rivojida muhim rol o‘ynadi. Bu model ochiq tizimlarning
o‘zaro aloqa modeli (Open System Interconnection) yoki OSI modeli deb yuritiladi.
OSI modeli tizimlarning o‘zaro aloqasining turli sathini belgilaydi, ularga standart
nomlar beradi va har bir sathning qanday vazifalarni bajarishini ko‘rsatadi. Ushbu
modelning talablariga muvofiq tarmoqning har bir tizimi ma’lumotlar kadrini
uzatish orqali o‘zaro aloqada bo‘lishlari lozim. OSI modeliga binoan kadrlarni hosil
qilish va uzatish 7 ta ketma-ket harakatlar yordamida amalga oshiriladi
Bu harakatlar “ishlash sathlari” nomini olgan.
.
3.Tarmoq xavfsizligi muammolari
Axborot, Internet va kompyuter xavfsizligida aksariyat foydalanuvchilar
tahdid, zaiflik va hujum tushunchalaridan tez-tez foydalanadilar. Biroq, aksariyat
foydalanuvchilar tomonidan ularni almashtirish holatlari kuzatiladi.
Zaiflik - “portlaganida” tizim xavfsizligini buzuvchi kutilmagan va oshkor
bo‘lmagan hodisalarga olib keluvchi kamchilik, loyihalashdagi yoki amalga
oshirishdagi xatolik.
Taxdid (axborot xavfsizligiga taxdid) - axborot xavfsizligini buzuvchi bo‘lishi
mumkin bo‘lgan yoki real mavjud xavfni tug‘diruvchi sharoitlar va omillar majmui
Hujum - bosqinchining operatsion muhitini boshqarishiga imkon beruvchi
axborot tizimi xavfsizligining buzilishi.
Hozirda tarmoq orqali amalga oshiriluvchi masalalarning ortishiga quyidagi
omillar sabab bo‘lmoqda:
Qurilma yoki dasturiy vositaning noto‘g ‘ri sozlanishi. Xavfsizlik bo‘shliqlari,
odatda, tarmoqdagi qurilma yoki dasturiy vositalarning noto‘g‘ri sozlangani bois
vujudga keladi. Masalan, noto‘g‘ri sozlangan yoki shifrlash mavjud bo‘lmagan
protokoldan foydalanish tarmoq orqali yuboriluvchi maxfiy ma’lumotlarning
oshkor bo‘lishiga sababchi bo‘lishi mumkin.
Tarmoqni xavfsiz bo‘lmagan tarzda va zaif loyihalash. Noto‘g‘ri va xavfsiz
bo‘lmagan holda loyihalangan tarmoq turli tahdidlarga va ma’lumotlarning
yo‘qotilishi ehtimoliga duch kelishi mumkin. Masalan,agar tarmoqlararo ekran, IDS va virtual shaxsiy tarmoq (VPN) texnologiyalari xavfsiz
tarzda amalga oshirilmagan bo‘lsa, ular tarmoqni turli tahdidlar uchun zaif qilib qo‘yishi mumkin.
Tug‘ma texnologik zaiflik. Agar qurilma yoki dasturiy vosita ma’lum turdagi
tarmoq hujumlarini bartaraf eta olmasa, u ushbu hujumlarga zaif bo‘ladi. Masalan,
agar tizimlarda foydalanilgan web brauzer yangilanmagan bo‘lsa, u taqsimlangan
hujumlarga ko‘proq bardoshsiz bo‘ladi.
Foydalanuvchilarning e’tiborsizligi. Eng oxirgi tarmoq foydalanuvchilarining
e’tiborsizligi tarmoq xavfsizligiga jiddiy ta’sir qilishi mumkin. Inson harakatlari
natijasida ma’lumotlarning yo‘qolishi, sirqib chiqishi kabi jiddiy xavfsizlik
muammolari paydo bo‘lishi mumkin.
Foydalanuvchilarni qasddan qilgan harakatlari. Xodim ishdan bo‘shab ketgan
bo‘lsada, taqsimlangan diskdan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lishi mumkin. mazkur holda tashkilot maxfiy axborotini chiqib ketishiga sababchi bo‘lishi
mumkin. Bu holatga foydalanuvchilarning qasddan qilgan harakatlari sifatida
qaraladi.
Tarmoq xavfsizligiga tahdid turlari. Tarmoqqa qaratilgan tahdidlar odatda
ikki turga ajratiladi
- ichki tahdidlar;
- tashqi tahdidlar.
Ichki tahdidlar. Kompyuter yoki Internetga aloqador jinoyatchiliklarning 80%
ini ichki hujumlar tashkil etadi. Bu hujumlar tashkilot ichidan turib, xafa bo‘lgan
xodimlar yoki g‘araz niyatli xodimlar tomonidan amalga oshirilishi mumkin. Ushbu
hujumlarning aksariyati imtiyozga ega tarmoq foydalanuvchilari tomonidan amalga
oshiriladi.
Tashqi tahdidlar. Tashqi hujumlar tarmoqda allaqachon mavjud bo‘lgan zaiflik
natijasida amalga oshiriladi. Hujumchi shunchaki qiziqishga, moddiy foyda yoki
tashkilotni obro‘sini tushirish uchun ushbu hujumlarni amalga oshirishi mumkin.
Mazkur holda hujumchi yuqori malakali va guruh bo‘lib hujumni amalga oshirishi
mumkin.
Tashqi tahdidlar odatda ikki turga ajratiladi: tizimlashgan va tizimlashmagan
tashqi tahdidlar. Tizimlashgan tashqi tahdidlar yuqori malakali shaxslar
tomonidan amalga oshiriladi. Ushbu shaxslar tarmoqdagi mavjud zaifliklarni
tezkorlik bilan aniqlash va undan o‘z maqsadlari yo‘lida foydalanishlari uchun
imkoniyatga ega bo‘ladilar.
Tizimlashmagan tashqi tahdidlar odatda malakali bo‘lmagan shaxslar
tomonidan turli tayyor buzish vositalari va skriptlar (senariylar) yordamida amalga
oshiriladi. Ushbu hujum turlari odatda shaxs tomonidan o‘z imkoniyatini testlash
yoki tashkilotda zaiflik mavjudligini tekshirish uchun amalga oshiriladi.
Tarmoqqa qaratilgan turli tahdidlar:
Tarmoqqa qaratilgan hujumlar sonini ortib borishi natijasida tashkilotlar o‘z
tarmoqlarida xavfsizlikni ta’minlashda qiyinchiliklarga duch kelishmoqda. Bundantashqari, hujumchilarning yoki xakerlarning tarmoqqa kirishning yangidan - yangi
usullaridan foydalanishlari,ular motivlarining turlichaligi bu murakkablikni yanadaoshiradi. Tarmoq hujumlari odatda quyidagicha tasniflanadi.
|
| |