• Nazorat savollari
  • Mavzu: Tarmoq xavfsizligi muammolari Reja: Tarmoq turlari, 2 Tarmoqqa qo‘yiladigan talablar




    Download 22,25 Kb.
    bet4/4
    Sana11.02.2024
    Hajmi22,25 Kb.
    #154666
    1   2   3   4
    Bog'liq
    Kompyuter tarmoqlari va tarmoq xavfsizligi

    Zararli hujumlar. Zararli hujumlar tizim yoki tarmoqqa bevosita va bilvosita
    ta’sir qiladi. Zararli dastur - fayl bo‘lib, kompyuter tizimiga tahdid qilish
    imkoniyatiga ega va troyanlar, viruslar, “qurt”lar ko‘rinishida bo‘lishi mumkin.
    Zararli dasturiy vositalari foydalanuvchining ruxsatisiz hujumchi kabi g‘arazli
    amallarni bajarishni maqsad qilgan vosita hisoblanib, ular yuklanuvchi kod (.exe),
    aktiv kontent, skript yoki boshqa ko‘rinishda bo‘lishi mumkin. Hujumchi zararli
    dasturiy vositalardan foydalangan holda tizim xafsizligini obro‘sizlantirishi,
    kompyuter amallarini buzishi maxfiy axborotni to‘plashi web saytdagi kontentlarnimodifikatsiyalashi, o‘chirishi yoki qo‘shishi, foydalanuvchi kompyuteri
    boshqaruvini qo‘lga kiritishi mumkin. Bundan tashqari, zararli dasturlardan
    hukumat tashkilotlaridan va korporativ tashkilotlardan katta hajmdagi maxfiy
    axborotni olish uchun ham foydalanish mumkin. Zararli dasturlarning hozirda
    quyidagi ko‘rinishlari keng tarqalgan:
    -viruslar: o‘zini o‘zi ko‘paytiradigan dastur bo‘lib, o‘zini boshqa dastur ichiga,
    kompyuterning yuklanuvchi sektoriga yoki hujjat ichiga biriktiradi;
    - troyan otlari: bir qarashda yaxshi va foydali kabi ko‘rinuvchi dasturiy vosita
    sifatida o‘zini ko‘rsatsada, yashiringan zararli koddan iborat;
    - adware: marketing maqsadida yoki reklamani namoyish qilish uchun
    foydalanuvchi faoliyatini kuzatib boruvchi dasturiy ta’minot;
    - spyware: foydalanuvchi ma’lumotlarini qo‘lga kirituvchi va uni hujumchiga
    yuboruvchi dasturiy kod;
    - rootkits: ushbu zararli dasturiy vosita operatsion tizim tomonidan
    aniqlanmasligi uchun o‘z harakatlarini yashiradi;
    - backdoors: zararli dasturiy kodlar bo‘lib, hujumchiga autentifikatsiyani
    amalga oshirmasdan, aylanib o‘tib tizimga kirish imkonini beradi, masalan,
    ma’mur parolisiz imtiyozga ega bo‘lish;
    - mantiqiy bombalar: zararli dasturiy vosita bo‘lib, biror mantiqiy shart
    qanoatlantirilgan vaqtda o‘z harakatini amalga oshiradi;
    -botnet: Internet tarmog‘idagi obro‘sizlantirilgan kompyuterlar bo‘lib,
    taqsimlangan hujumlarni amalga oshirish uchun hujumchi tomonidan
    foydalaniladi;
    ransomware: mazkur zararli dasturiy ta’minot qurbon kompyuterida mavjud
    qimmatli fayllarni shifrlaydi yoki blokirovkalab, to‘lov amalga oshirilishini
    talab qiladi.
    Nazorat savollari 
    1. Kompyuter tarmog‘i va uning turlari.
    2. Tarmoq topologiyasi va uning turlari.
    3. Tarmoq qurilmalari va ularning asosiy vazifalari.
    4. Asosiy tarmoq protokollari va ularning vazifalari.
    5. Tahdid, zaiflik va hujum tushunchalariga izoh bering.
    6. Tarmoq muammolarini yuzaga kelishining asosiy sabablari.
    7. Tahdidlarning turlari va ularga misollar keltiring.
    8. Tarmoq xavfsizligining buzilishi biznes faoliyatiga qanday ta’sir
    qiladi?
    9. Tarmoq xavfsizligi zaifliklari va ularning turlari.
    10. Tarmoq xavfsizligiga qaratilgan hujum turlari.
    Download 22,25 Kb.
    1   2   3   4




    Download 22,25 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Tarmoq xavfsizligi muammolari Reja: Tarmoq turlari, 2 Tarmoqqa qo‘yiladigan talablar

    Download 22,25 Kb.