|
Pyhtonda mantiqiy ma’lumotlar turlari, mantiqiy amallar va shart operatori
|
bet | 1/2 | Sana | 27.01.2024 | Hajmi | 32,52 Kb. | | #146833 |
Bog'liq Amaliy topshiriq-2 dasturlash tillari 2 Shamiyeva .D
Pyhtonda mantiqiy ma’lumotlar turlari, mantiqiy amallar va shart operatori
Ma’lumki, axborotlar matnli, raqamli, ovozli, grafik va boshqa shakllarda uzatilishi mumkin. Bunday axborotlarni dasturlash tillarida qayta ishlash uchun, ularni turlarga ajratish lozim. Dasturlarda foydalaniladigan ma’lumotlar turlari dasturning maqsadiga bog’liq bo’ladi: oddiy kalkulyator sonlardan foydalanadi, elektron pochta manzillarini tekshirishga mo’ljallangan dastur esa matnlar bilan ish ko’radi. Sonlar natural, butun va haqiqiy sonlarga ajratiladi. Matnli axborotlar esa belgilar yoki satrli ma’lumotlardan iborat bo’lishi mumkin.
Tayanch tushunchalar
Ma’lumotlar turi – kompyuter xotirasidagi
yacheykada saqlanadigan ma’lumotlar shakli.
|
Ma’lumotlar turi – bu o‘zgaruvchi yoki doimiy
qiymatlardagi ma’lumotlar shakli.
Ma’lumotlar
turi kompyuter xotirasida yetarlicha joyni zaxiraga
olib qo‘yish uchun kerak bo‘ladi.
Odatda, dasturlash tillarida ma’lumotlar turi o’zgaruvchi yoki doimiy bilan birga e’lon qilinadi. Python dinamikturlarga ajratuvchi dasturlash tili hisoblanadi. Shu sababli, Pythonda o’zgaruvchining turi u foydalanayotgan qiymat bo’yicha belgilanadi, lekin ma’lumot turini boshqa turga o’zgartirish uchun tur ko’rsatilishi shart.
Ma’lumotlar turi
|
Ma’lumotlar turi tavsifi
|
Misol
|
int()
|
Butun sonlar,masalan,
o‘quvchilar sonini ifidalash uchun
|
>>> soni=25
|
float()
|
Haqiqiy sonlar,
masalan, pul miqdorini ifodalash uchun.
|
>>> narxi=20.45
|
str()
|
Satrli,masalan,
so‘z yoki gaplarni ifodalash uchun.
|
>>> name=’Ahmad‘
|
bool()
|
Mantiqiy,rost yoki yolg‘on ekanligini
ifodalash uchun
|
>>>
a=True
>>> b=False
|
Python dasturlash tilida ma’lumotlarning boshqa turi ham mavjud, ular bilan keyinroq tanishamiz.
|
| |