53
- axborot-qidiruv tizimlari, ular axborotni yigʻish, saqlash hamda
foydalanuvchining soʻroviga qarab kerakli maʻlumotlarni topib berish
vazifalarini bajaradi;
- axborot-maslahat beruvchi tizimlar, ular foydalanuvchiga qarorlar
qabul qilish uchun tavsiyalar berish vazifasini bajaradi;
- axborot-boshqarish tizimlari, ular boshqarish uchun kerak
boʻladigan maʻlumotlarni yetkazib berish vazifasini bajaradi.
Kompyuter tizimlari – bitta kompyuterli, koʻp kompyuterli va koʻp
prosessorli tizimlar sifatida quriladi. Bu tizimlar – tezkor (on line) va
tezkor boʻlmagan (off line) rejimlarida ishlashi mumkin.
Kompyuter tizimlarini boshqarish – markazlashtirilgan va
markazlash-tirilmagan
tarzda
amalga
oshiriladi.
Kompyuter
tizimlarining vositalari – bir joyga toʻplangan holda, yoyilgan holda,
maʻlumotlarni bir sathli ishlash vositalari sifatida va koʻp sathli ishlash
vositalari sifatida quriladi.