|
Telefon modemlari va dsl modemlari
|
bet | 1/6 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 383 Kb. | | #235626 |
Bog'liq 1-тема АТТУА хDSL 2020
№ 4. Amaliy mashgPulot. xDSL texnologiyalari.
Telefon modemlari va DSL modemlari
Axborot oqimining o’sishi, Internet tarmog’i kompaniyalarning va xususiy foydalanuvchilar uzatadigan, hamda korporativ tarmoqlarga bo’lgan talab yuqori tezlikda mahlumotlarni raqamli abonent telefon liniyasi orqali uzatishlarni talab qila boshladi. Shuning uchun DSL texnologiyasi mis juftli telefon simlarini modernizatsiya qilmasdan telefon liniyasi orqali mahlumotlarni uzatish tezligini oshirish uchun xizmat qiladi.
DSL (Digital Subscriber Line-raqamli ajratilgan liniya). DSL 5,4 km masofagacha ishlab turgan mis telefon simlari yordamida turli usullarda ma’lumotlarni ISDN uzatish tezliklaridan yuqoriroq tezliklarda uzatish uchun mo’ljallangan.
ISDN (Yaxlitlangan (integrallashtirilgan) aloqa xizmatlarini tashkil etuvchi tarmoq).
x-xarfi o’rnida hal qiluvchi ko’rsatkichlar, masalan A,H,S,V a boshqalar bo’lishi mumkin. Boshlarida DSL texnologiyalar interaktiv TV, video talabi uchun ishlab chiqarilgandi. Raqamli axborotlarni yuqori tezliklarda uzatish bo’yicha talabga javob beradigan texnologiyalaridan biri xDSL texnologiyasi bo’lib chiqdi. SHuning uchun ham telekommunikatsion firmalarning talabi bunga o’sib bormoqda. Bunga misol Internet va Internet-telefoniyadir. Shuni ehtiborga olish kerakki DSL texnologiya liniyasini tashkil qilish uchun xozirgi paytdagi telefon liniyalaridan foydalaniladi. Foydali tomoni shundan iboratki qo’shimcha telefon kanallarini talab qilmaydi. Natijada kechayu-kunduz Internet tarmog’iga ulanib, telefon aloqasi saqlanib qolgan holda ishlaydi. DSL texnologiyasi turlariga qarab foydalanuvchi 32 Kbit/s dan 50 Mbit/s gacha bo’lgan tezliklarda mahlumotlarni uzatish qurbiga ega. Bundan tashqari bu texnologiya keng polosali telefon liniyasidan, so’rov bo’yicha video va masofaviy o’qitishlar olib borish mumkin. Zamonaviy DSL texnologiyasi korxona, tashkilot yoki foydalanuvchilarga Internetdan foydalanish uchun mis kabellarga qaraganda yuqori tezliklarda xizmat ko’rsatmoqda.
|
| |