DSL texnologiyasi turlari




Download 383 Kb.
bet2/6
Sana15.05.2024
Hajmi383 Kb.
#235626
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1-тема АТТУА хDSL 2020

DSL texnologiyasi turlari
DSL quyidagi texnologiyalarni o’z ichiga birlashtiradi:
ADSL (Asymmetric Digital Subscriber Line) assimmetrik raqamli abonent liniyasi. Bu texnologiya assimmetrik xisoblanadi, foydalanuvchi tarmoq orqali mahlumot uzatishiga qaraganda, tarmoq orqali foydalanuvchiga mahlumotlarni uzatish tezligi yuqoridir.Bir juft simlar bo’yicha ADSL texnologiyasi 5.5 km masofagacha 1.54 Mbit/s tezlikda mahlumotlarni uzata oladi.
R- ADSL (R – adaptiv tezlikli ulash raqamli abonent liniyasi) texnologiyasi ham ADSL texnologiyaga o’xshab bir xil tezliklarda mahlumotlarni uzatish qurbiga ega. R-ADSL texnologiyadan foydalanganda xar-xil telefon liniyalari mahlumotlarni uzatishda xar xil tezliklarga ega bo’ladi.
IDSL (raqamli abonent liniyasi) IDSL texnologiyasi 144 Kbit/s tezlikda mahlumotlarni dupleks usulda uzatishni tahminlaydi. IDSL texnologiyasini ADSL dan farqi mahlumotlarni uzatish cheklanganidadir, ISDN liniyasidan farqi IDSL ma’lumotlarni uzatish cheklanganidadir, ISDN qurilmalarni ulashni talab qilganda, IDSL liniyasi xar doim ulangan xolda bo’ladi.
NDSL (yuqori tezlikli raqamli abonent liniyasi). Bu texnologiya ma’lumotlarni uzatishda simmetrik liniya asosida ko’rib chiqadi, yahni tarmoq orqali foydalanuvchiga va tarmoqdan foydalanuvchiga ma’lumotlarni uzatish tezligi tengdir. NDSL texnologiyasi 3.5-4.5 km gacha mahlumotlarni uzatishi mumkin.
SDSL (bir liniyali raqamli abonent liniyasi) bu texnologiya ham NDSL texnologiyaga o’xshab ma’lumotlarni simmetrik uzatish qurbiga ega. SDSL texnologiyasi boshqa texnologiyalardan 2 ta xususiyati bilan farq qiladi:
1. bir juftlik o’ralgan simlardan foydalaniladi.
2. maksimal ma’lumotlarni uzatish oralig’i 3 km gacha.
Bu oraliqlarda videokonferentsiya tizimini ishlashini, 2 ta yo’nalishda ham ma’lumotlar oqimini kerak paytda qo’llaydi.
VDSL (o’ta yuqori tezlikli raqamli abonent liniyasi). Bu texnologiya xDSL texnologiyasiga qaraganda tez (yuqori) hisoblanadi. VDSL texnologiyasi bir juft o’ralgan telefon simlaridan chiqishdagi ma’lumotlarni uzatish oqimi chegarasi 13 dan 52 Mbit/s gacha, kirishdagi ma’lumotlarni uzatish oqimi chegarasi 1.5 dan 2.3 Mbit/s gacha uzatishi mumkin. Lekin, bu texnologiyani maksimal uzatish oralig’i 300 metrdan 1300 metrgacha bo’ladi. VDSL texnologiyani ADSL dan farqi video uchun so’rovni va yuqori chastotali TV signallarini uzatishni tahminlaydi.
DSL texnologiyasi, ovozli uzatishni, kabel tarmoqlarida berilganlarni va videosignallarni, o’ralgan telefon simlaridan tashkil etuvchi, foydalanuvchi yuqori tezliklarda ma’lumotlarni uzatishni talab etadi.
Birinchidan, DSL texnologiyasi yuqori tezliklarda mahlumotlarni uzatishni tahminlaydi. DSL texnologiyaning xar xil variantlari ma’lumotlarni xar xil tezliklarda uzatishni tahminlaydi, har holda analog modemga qaraganda uzatish qobiliyati yuqoriroqdir.
Ikkinchidan, DSL texnologiyasi foydalanuvchiga oddiy telefon aloqasidan va Internetdan foydalanish imkonini beradi.
Abonent kirish tarmog’ini modernizatsiya qilish uchun ko’pgina yangi texnologiyalar ishlab chiqilgan, lekin iqtisodiy fikrlar bo’yicha Umum foydalanishdan telekommunikatsiya tarmog’i UF TT(PSTN) operatorlari ikki simli fizik zanjirni (vitaya juftlik) almashtirishga shoshilmayaptilar. Abonent kirish tarmog’i yangi texnologiyalarini har hil usul bilan sinflash mumkin. SHu usullardan biri texnologiyalarini ikki guruhga bo’lishdir. Birinchi guruhga 2 simli fizik zanjirni to’liq yoki qisman ishlatuvchi texnologiyalar kiradi.Ikkinchi guruh tuxnologiyalari bunday imkoniyatga ega emas. (1-rasm).
Birinchi guruh texnologiyalariga quyidagilar kiradi
-X.DSL (X. Digital Subsriber Line ) – X. raqamli abonent liniya.
-FTT.X (Fiber To The. X) – bahzi bir “X” nuqtacha (foydalanuvchining xonasigacha, tarmoqqacha, va.k) optik kabelni olib borish;
- WLL.X(Wireless Local LooP. X) -Simsiz abonent liniyasi. X
Ikkinchi guruh texnologiyalariga:
-Simli (Wireline):
-Simsiz (Wireless). kiradi.
Simli texnologiyalarga quyidagilar kiradi:
-FTTA (Fiber To The. APartment)-OTAL honagacha olib borish
-HFC (Hybrid Fiber Coaxial)-gibritli OTAL-koaksial muxit;
-PON(Passive OPtical Network)-Passiv taqsimlash bilan optik tarmoq;
-PLC-Elektr tahminot liniyasini kirish tarmog’i yaroqli uzatish muhiti;
-Ethernet
Simsiz texnologiyalarga BWA (Broad band Wireless Acces-keng polosali simsiz kirish ) texnologiyalar umumiy ko’pligiga kiruvchi tegnologiyalar kiradi. Ularga:
-Point to Point – ikkita qurilma orasida trakt hosil qiluvchi
- Point to MultiPoint- terminal va bazaviy stantsiya orasida trakt hosil qiluvchi;
-FSO –(Fiber OPtics Wothout Fiber ) -tolasiz optik tola –lazerli aloqa;
-LMDS (Local MultiPoint Distribution Servos)- mahalliy tarmoq chegarasidagi terminnallar guruhlari uchun axborotni taqsimlash xizmatlari.
Bu guruhga keng polosali xizmatlarni qo’llaydigan IEEE 802.16 stantdartlar oilasiga mos keluvchi Wi MAX Wi Fi abbreviaturasi bo’yicha taniqli texnologiya ham kiradi.

Download 383 Kb.
1   2   3   4   5   6




Download 383 Kb.