• XDSL texnologiyalariga quyidagilar kiradi.
  • Telefon modemlari va dsl modemlari




    Download 383 Kb.
    bet3/6
    Sana15.05.2024
    Hajmi383 Kb.
    #235626
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    1-тема АТТУА хDSL 2020
    Alfavit, Курсовая работа на тему, 1Основные понятия, зад в классе, Sayidov Sanjar Diplom oldi hisoboti, Diplom oldi hisoboti (1), 24-3 Мусобек (1), 24-3 Мусобек, Mustaqil ish uzb Komp tarmoq va tizimlar admin 23-4 — копия, тест ком тар ва тизим администраторлаш, shablom тест ком сет, 14 лекция Понимание протоколов маршрутизации RIP, OSPF, 35 лекция Деление сетей на подсети, 25-Mavzu. UDP socket, 9
    XDSL texnologiyalari-bu abonent kirish tarmog’i foydalanuvchining xonasiga o’rnatilgan oxirgi abonent qurulmasi bilan kommutatsiya qurilmasi orasidagi texnika vositalar yig’indisidir.Ohirgi qurilma (terminal) sifatida telefon apparati yoki faksimli apparati yoki modem xizmat qilishi mumkin.Bu terminal telefon rozetka orqali ulanadi. Telefon rozetka foydalanuvchi tomonida abonent qirish tarmog’ining chegarasi bo’ladi. Abonent kirish tarmog’ining ikkinchi chegarasi bo’lib krossning stantsion tomoni hisoblanadi.
    90 yilgacha abonent kirish tarmog’i mis vitaya juftlik bog’lamlaridan tashkil topgan edi. U taqsimlanuvchi va magistral qismlarga ega edi. U shkafli yoki shkafsiz qurilishga ega edi.
    20 asr oxirida abonent kirish tarmog’ining qurishni ko’rgina yechimlari paydo bo’ldi. Bu yuqori tezlikni mahlumotlarni uzatish, yahni mis simli kabel asosida raqamli trakt hosil qilish va o’tkazish yo’lashni kengaytirishni tashkil qilishga yo’l beradi. Ular ichidan uchtasini bergilash mumkin:
    1.XDSL (Digital Subscriber Line – raqamli abonent liniyasi ) -mis sim kabellar hayotini cho’zib, raqamli abonent liniyasini hosil qilib, o’tkazish yo’lagini kengaytiruvchi va keng polosali kirishni tashkil qiluvchi texnologiyalar yig’indisidir.
    2. FTT x (Fiber To The. X)- bahzi bir “X” nuqtagacha optik tola bilan kabelni yetkazishni amalga oshiruvchi yechimlar.
    3. BWA (Broad band Wireless Access -keng polosali simsiz kirish vositalari.
    XDSL texnologiyalariga quyidagilar kiradi.
    -ADSL (Asymmetric DSL)-asimmetrik RAL; G.Lite ADSLni soddalashgan varianti;
    - RADSL(Rate-AdaPtive ADSL – ulashning tezligini adaptatsiyasi bilan RAL;
    -ISDN DSL (IDSL);
    -H DSL (High Bit-Rate DSL) yuqori tezlikli RAL;
    -SDSL(Symmetric DSL)-simmetrik RAL;
    -V DSL (Very High Bit-Rate DSL)-o’ta yuqori tezlikli RAL
    Bu texnologiyalarni ikkita asosiy kategoriyasi mavjud: simmetrik va asimmetrik.
    Agar ikkita yo’nalishda mahlumotlarni uzatish tezligi bir xil bo’lsa bu simmetrik texnologiya bo’ladi. Agar har xil bo’lsa asimmetrik bo’ladi.
    Simmetrik texnologiyaga HDSL, H DSL2, SDSL, ISDN kiradi.
    H DSL va , H DSL2 texnologiyalarini maxalliy aloqa operatorlari ishlatadilar. SDSL IDSL va ISDN2 mahlumotlar uzatish tarmog’i operatorlari qo’llaydilar.
    DSL simmetrik liniyalari biznes sohasida ishlatilish uchun ideal to’g’ri keladi.
    Ikki yo’nalishda mahlumotlar uzatish tezligi bir hil bo’lishi kerak bo’lganda, ishlatiladi masalan nutqni uzatish, elektron pochta, video konfereniya, fayllarni uzatish uchun.
    DSLning asimmetrik texnologiyalari (ADSL, DSLning RA DSL, G. Lite) asosan maxalliy aloqa operatorlari ishlatiladilar. Ular xususiy foydalanuvchiga yuqor tezlikli kirishni berishga qaratilgan bo’ladi. DSL asimmetrik linyalari tarmoqdan foydalanuvchi tomon magPlumotlar uzatishning yuqoriroq tezligiga ega, bu esa Internet tarmog’ida ishlash uchun va har xil video takliflar uchun juda qulaydir.
    1987 yil Bellcore kompaniyasi xDSL oylasidan birinchi texnologiyasini AQSH telefon tarmog’iga kiritdi.
    1990 yillar o’rtalarida ADSL texnologiyasi paydo bo’ldi. Bu so’rov bo’yicha video uzatish tizimi uchun ishlab chiqilgan edi. Internet tarmog’ini rivojlanish ADSL ning ikkinchi tug’ilishga olib keldi.
    ADSL-modemli texnologiya. U standart telefon vositasida uzatuvchi analog signalni raqamli signalga (mahlumotlar paketiga ) aylantiradi va ishlash vaqtida qo’ng’iroq qilishga yo’l beradi. Asimmetrik “doimiy o’rnatilgan bog’lanish” holati bilan birgalikda (har doim telefon nomerini terish kerakligini va bog’lanish o’rnatilishini kutishni yo’q qilganda) ADSL texnologiyasini Internet tarmog’iga va lokal tarmoqqa kirishni tashkil qilish uchun ideal qiladi. Bunday bog’lanishni tashkil qilinganda odatda foydalanuvchi uzatishdan, ko’proq xajmli axborotni qabul qiladi. ADSL texnologiyasi mahlumotlarni uzatish tezligi 1,5Mbit/s dan 8 Mbit/s va qabul qilish tezligi 640 kbit/s dan 1,5Mbit/s gacha tahminlaydi. ADSL texnologiyasi xech qanday xarajatsiz anhanaviy telefon servisini saqlab qolib, yuqori tezlikli mahlumotlar uzatishni; yuqori tezlikli Internetga kirishni; yuqori sifat bilan bitta televizion kanal uzatish, so’rov bo’yicha videoni; masofaviy o’qitishni beradi.
    AlgPternativ kabelli modem va optik tolali liniya bilan solishtirganda ADSL ning bosh afzalligi u uchun ishlab turgan telefon kabel ishlatiladi.
    ADSL texnologiyasi bo’yicha mahlumotlarni uzatish uchun nutq uzatish uchun ajratilgan chastotalar polosasidan yuqori joylashgan chastotalar diapazoni ishlatiladi. SHuning uchun mahlumotlar va oddiy telefon trafigi bitta liniya bo’yicha uzatilish mumkin. Buning uchun har bir tomonga chastotali ajratuvchi (POTS sPlitter- kalgPka-splitter o’rnatish lozim bo’ladi. Foydalanuvchi oldidagi ajratuvchiga oddiy telefon apparat va ADSL modem ulanadi. ADSL modem marshrutizator funktsiyasini yoki ko’priki (abonentni lokal tarmog’i va pravayderning chegaraviy marshrutizatororasidagi ) vazifasini bajaradi. Bunda modem ishi telefon aloqaga xalaqit bermaydi ATS da kirish (DSL Ascess MultiPlexer DSL AM ) o’rnatiladi. DSLAM DSL abonent liniyalar bir nechtasini bitta yuqori tezlikli magistral tarmoqqa mulgPtipleksirlaydi.
    Demak ADSL texnologiyasida kanalning o’tkazish polosali chiqish va kirishmulgPtipeksori trafika orasidagi taqsimlanish simmetrik emas. Ko’proq foydalanuvchilarga kirish trafigi kerakliroq, shuninig uchun o’tkazish polosasini kattaroq qismi unga beriladi. (bundan piringli tarmoq va elektron pochta istisno). Oddiy telefon liniya qutbni uzatish uchun 0,3 3,4 KGts ishlatadi. SHuning uchun ADSL da nutqni uzatishga hadaqit bermasligi uchun chastotalar diapazonini past chegarasini 26 KGts olinadi. Yuqori chegarasi esa mahlumotlar uzatish tezligiga qo’yilgan talablar va telefon qabel imkoniyatlaridan kelib chiqib 1,1 MGts ni tashkil qiladi. Bu o’tkazish polosasi ikki qismga bo’linadi. 26 KGts dan 138 KGts chiqishga, 138 KGts dan 1,1 MGts ga kirishga.
    ADSL ga standart –T1.413 1995 yilda A NSI tasdiqlangan. ADSL uzatish tezligi masofaga bog’liq.
    G.Lite – ADSL texnologiyasini varianti hisoblanadi. U 1,5 Mbit/sda uzatadi tezligi 512 kbit/sda qabul qiladi. Bu texnologiya ADSL ga qaraganda uzunroq liniyalar bo’yicha mahlumotlarni uzata oladi.

    Download 383 Kb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 383 Kb.