|
Analog maʻlumotlar kanallariBog'liq Begbutayev A Yusupov RUquv qollanma tarmoq texnologiyalari KitobAnalog maʻlumotlar kanallari. Analog kanallarning eng keng
tarqalgan turi - umumiy telefon kanallari (ovoz chastotasi kanallari).
Tonal chastotadagi kanallarda tarmoqli kengligi 0,3 ... 3,4 kHz boʻlib, u
odam nutqining spektriga mos keladi.
Ayrim maʻlumotlarning tovush chastotasi kanallari orqali uzatilishi
uchun alohida signal va analog chiziqlarning xususiyatlariga mos
keladigan signal konvertorlariga ehtiyoj bor. Bundan tashqari, ikkilik
signallarni bevosita 0,3 ... 3.4 kHz tarmoqli kengligi boʻlgan telefon
kanali orqali uzatish tezligi 3 kbit/s dan oshmasligi kerak. Haqiqatan
ham, bitta bitni uzatish ikki voltli singnaldan va bir differentsial TVning
davomiyligini talab qiladi:
= (3 ... 4)/(6,28 FB), bu yerda FB passbandning yuqori chastotasi.
Keyin uzatish tezligi B dir< 1/(2 ТВ).
1.2.2. Kommunikasion kanalning oʻtkazish qobiliyati
Maʻlumot qanday va qaysi tezlikda uzatilishi koʻp omillarga
bogʻliq. Maʻlumot uzatish kanallari bilan tanishgan holda maʻlumot
uzatishga taʻsir qiluvchi omillarni koʻrib chiqaylik. Quyidagi asosiy
omillarni bilish zarur:
- uzatish oʻlchovlari: chastota va eng yuqori-eng past chastotalar
farqi;
- liniyalarning tuzilishi: nuqtaga-nuqta (point-to-point) va koʻp
nuqtali;
- parallel va ketma-ket uzatish;
- uzatish yoʻnalishlari: simpleks, yarim dupleks va toʻliq dupleks;
- uzatish rejimi: asinxron va sinxron;
- paketlar kommutatsiyasi;
- protokollar;
- multipleksirlash.
Uzatish paremetrlari: chastota va eng yuqori-eng past chastotalar
farqi.
Uzatish sifati ikkita oʻzgaruvchiga bogʻliq: chastota va chastotalar
farqi. Buralma juftli telefon simi 4000 Gts chastotada bir sekundda bor
yoʻgʻi 1 kbayt maʻlumotni uzata oladi. 100 MGts chastotali koaksial
kabel shu vaqt ichida 10 Megabayt, 200 trln. Gts chastotali optik tolali
kabel 1 gigabayt maʻlumotni uzata oladi.
|
| |