• 7-Amaliy mashg’ulot M a v z u: UNION, INTERSECT va MINUS standart so‘zlaridan foydalanish
  • U N IO N ); - kеsishuv(I NTE RS E C T ); - ayirma(MIN U S ); UN I O N (B
  • INTE R SE C T
  • IN U S
  • XULOSA: Jadvallarni kesishtrish, birlashtish va ayirish amallarini korib organdik, va buni tadbiq etdik. Foydalanilgan adabiyotlar.
  • 2. "SQL in 10 Minutes, Sams Teach Yourself" by Ben Forta - Agar tez va samarali bir usul bilan SQLni organishni xohlaysiz, ushbu kitob sizga yordam berishi mumkin.
  • 7-Amaliy mashg’ulot M




    Download 277 Kb.
    Sana14.05.2024
    Hajmi277 Kb.
    #231895
    Bog'liq
    MB 7 -Amaliy ish



    MUHAMMAD AL-XORAZMIY


    NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI
    UNIVERSITETI KOMPYUTER INJINERING FAKULTETI
    218-22 GURUH TALABASI NEMATOV JAMSHIDNING
    MA’LUMOTLAR BAZASI FANIDAN BAJARGAN
    MUSTAQIL ISHI

    Amaliy mashg’ulotlar: 7


    Bajardi: Nematov Jamshid
    Tekshirdi:
    Toshkent 2024

    7-Amaliy mashg’ulot
    Mavzu: UNION, INTERSECT va MINUS standart so‘zlaridan foydalanish

    Agar select operatorida from suzidan keyin 1 ta jadval emas 2 ta jadval ishlatilsa, bunda surovni natija tashkil qiluvchi jadval 1 jadvali xar bir satri bilan 2-jadvalni xar bir satriga ulashdan (kombinatsiyadan) yaratiladi. Bu amal jadvallarni birlashtirish deyiladi.


    Rеlyatsion Mbda axborotlarni ortiqchaligini normallashtirish yo`li bilan kamaytiriladi. Jadvallar ustida har xil amallar bеrish mumkin. Bu amallarni tartiblab ishlab chiqqan odam Kodd hisoblanadi. Amallarga quyidagilar kiradi:
    - birlashtirish(UNION);
    - kеsishuv(INTERSECT);
    - ayirma(MINUS);
    UNION (Birlashtirish). R va S munosabatlarni birlashtirish RUS ko`rinishida bеrilib, bu amalni natijasi R munosabatga tеgishli bo`lgan yoki S munosabatga tеgishli bo`lgan yoki ikkalasiga ham tеgishli bo`lgan kortеjlar to`plamidir. Bu amallarni bajarayotganda bir xil tartibda bo`lishi kеrak. Natijani tartibi ham opеrandlar tartibiga tеng bo`ladi.

    AUB


    1 – rasm. Union birlashtirish amali Venn diagrammasidagi tasviri
    INTERSECT(kesishuv). R va S munosabatlarni ayirmasi R∩S ko`rinishida yoziladi va R va S ob`yektga tegishli bo`lgan kortejlar to`plamiga aytiladi. Bu erda kortejlar har ikki ob`yektga ham bir xil ko`rinishda bo`lishi shart. Bu amalni bajarganda ham opеrandlarni tartibi bir xil bo`lishi kеrak.

    A∩B
    2 – rasm. Union birlashtirish amali Venn diagrammasidagi tasviri
    MINUS(Ayirma) yoki EXCEPT. R va S munosabatlarni ayirmasi R-S ko`rinishida yoziladi va undagi kortеjlar to`plami R munosabatga tеgishli, lеkin S munosabatga tеgishli bo`lmagan kortеjlardir. Bu amalni bajarganda ham opеrandlarni tartibi bir xil bo`lishi kеrak.



    A/B
    3 – rasm. Except (Minus) birlashtirish amali Venn diagrammasidagi tasviri


    UNION ifodasi bir yoki bir nechta SQL so‘rovlar natijasini birlashtirishga imkon beradi.
    Ikki yoki undan ortiq jadvallar jamlanganda ularning chiqish ustunlari jamlash uchun o‘zaro muvofiq bo‘lishi kerak. Bu shuni bildiradiki, xar bir so‘rov bir xil sondagi ustunlarni ko‘rsatib, bu ustunlar mos tartibda kelishi va xar biriga mos tiplarga ega bo‘lishi kerak. Sonli maydonlar bir xil tipga va kattalikka ega bo‘lishi kerak. Simvolli maydonlar bir xil sondagi simvollarga ega bo‘lishi kerak. Moslik ta’minlovchi yana bir shart bo‘sh (NULL) qiymatlar jamlanma ixtiyoriy ustunida man etilgan bo‘lishi kerak. Bu qiymatlar boshqa jamlovchi so‘rovlarda xam man etilgan bo‘lishi kerak. Bundan tashqari siz ostki so‘rovlarda UNION operatoridan, xamda jamlovchi so‘rov SELECT operatorida agregat funksiyalardan foydalanishingiz mumkin emas. Siz individual so‘rovlardagi kabi natijani tartiblash uchun ORDER BY operatoridan foydalanishingiz mumkin. UNION ifodasi bir yoki bir necha SQL so‘rovlar natijasini birlashtirishga imkon beradi.
    INTERSECT bu operator ikki jadvalni taqqoslab ikkisida ham mavjud bo’lgan elementni chop etadi. Masalan A to’plamda 1, 2 va 3 ; B da esa 3, 4 va 5 bo’lsin. U holda:
    SELECT * FROM A INTERSET SELECT * FROM B
    buyrug’ining natijasida 3 soni chop etiladi.
    MINUS birinchi jadvalda mavjud va ikkinchisida yo’q bo’lgan elementlarni chiqaradi. Yuqoridagi ifodada intersect o’rniga minus operatorini yozsak, natijada ekranga 1 va 2 soni chiqariladi.
    UNION ALL- (Bir nechta so'rovlarni bitta SQL-buyruqqa birlashtirish va shunga mos ravishda so'rovlar natijalarini birlashtirish uchun UNION kalit so'zidan foydalaniladi. UNION bilan qo'shilgan so'rovlar bir xil miqdordagi ustunlarni chiqarishi kerak va ustunlar ma'lumotlari turlari mos bo'lishi kerak. Natijalarni birlashtirishda takroriy satrlar avtomatik ravishda o'chiriladi; takroriy satrlarning o'chirilishining oldini olish uchun UNION so'zining o'rniga UNION ALL ifodasini ishlatiladi. Va nihoyat, bog'langan so'rov satrlarini ORDER BY jumlasi yordamida buyurtma qilish mumkin.




    XULOSA:
    Jadvallarni kesishtrish, birlashtish va ayirish amallarini korib organdik, va buni tadbiq etdik.
    Foydalanilgan adabiyotlar.
    1. "Learning SQL" by Alan Beaulieu - Bu kitob SQL-ni boshlang'ich foydalanuvchilar uchun yaxshi muloqotda tushuntiradi.
    2. "SQL in 10 Minutes, Sams Teach Yourself" by Ben Forta - Agar tez va samarali bir usul bilan SQLni o'rganishni xohlaysiz, ushbu kitob sizga yordam berishi mumkin.
    3. "SQL For Dummies" by Allen G. Taylor - Bu kitob ham SQL-ni boshlang'ich saviyada o'rganishga yordam beradi.
    Download 277 Kb.




    Download 277 Kb.