• Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi
  • Milliy va umummadaniy kompetensiya: matematika umumbashariy madaniyatning bir qismi ekanligini tushunish; Mashg’ulot turi
  • Al-Xorazmiy hayoti va ijodi
  • Mavzu: Al-Xorazmiy matematika faniga qo’shgan hissasi Mashg’ulotning maqsadi: Ta’limiy




    Download 1,37 Mb.
    bet1/8
    Sana27.01.2024
    Hajmi1,37 Mb.
    #147020
      1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    Yosh matematik to\'garagi NAMUNA


    Mavzu:Al-Xorazmiy matematika faniga qo’shgan hissasi
    Mashg’ulotning maqsadi:
    Ta’limiy: Buyuk matematik Al-Xorazmiy haqida tushuncha berish
    Tarbiyaviy: Al-Xorazmiymini matematikaga qo’shgan hissasi
    Rivojlantiruvchi:O’quvchilarni bilim va ko’nikmalarini rivojlantish.
    Kommunikativ kompetensiya:
    matematikaga oid terminlarning ma’nosini tushunib, to‘g‘ri o‘qiy olish;
    Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi:
    tavsiya etilgan mediamanbalardan axborotni izlab topa olish, zarur bo‘lsa uni boshqa ko‘rinishlarga (matn, jadval, sxema va h.k.) o‘tkaza olish;
    O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:
    o‘quv masalasini (maqsadini) topa olish va ifodalay olish;
    Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:
    turli nuqtai nazarlarni qabul qila olish va solishtira olish;
    Milliy va umummadaniy kompetensiya:
    matematika umumbashariy madaniyatning bir qismi ekanligini tushunish;
    Mashg’ulot turi: yangi tushuncha va bilimlarni shakllantiruvchi
    Mashg’ulotda foydalanilgan metodlar: an’anaviy, interfaol
    Mashg’ulot jihozi: darslikkonspekt, ko’rgazmali qurollar, tarqatma materiallar
    Tashkiliy qism:

    1. Salomlashish

    2. Navbatchi axborotini tinglash

    3. O’tilgan mavzular yuzasidan savol-javob o’tkazish

    4. Uy vazifasini tekshirish

    Al-Xorazmiy hayoti va ijodi
    Abu Abdulloh Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy taxminan 783-yilda Xorazmda tug‘ilgan. Al-Xorazmiy «Al-jabr va al-muqobala haqida qisqa kitob» asari bilan algebra faniga asos soldi.
    Shu asar tufayli olim nomining lotincha shaklidan «algoritm» termini paydo bolgan. Al-Xorazmiy
    Bag‘doddagi «Bayt ul-hikma» (Donishmandlar uyi)da rasadxona, kutubxona va barcha ilmiy tekshirish ishlariga rahbarlik qildi. Al-Xorazmiyning 10 ta asari bizgacha yetib kelgan. «Hind hisobi haqida» (Fi hisab al-hind). Bu asarni XII asrda Ispaniya olimi Batlik Adelard arab tilidan lotin tiliga tarjima qildi. Risolada natural sonlarni «hind raqamlari» hisoblangan 0,1,2,3,4,5,6,7,8,9 lar yordamida yozish, sonlarni qo‘shish va ayrish, ikkiga bo‘lish va ikkiga ko‘paytirish qoidalari, ko‘paytirish amali va uni 9 raqami yordamida tekshirish, bolish, kasrlar hisobi, kasrlami ko‘paytirish, musbat sonlardan kvadrat ildiz chiqarish kabi masalalar ilk bor tadqiq qilingan.
    Al-Xorazmiy matematika, fizika, geometriya, algebra, astronomiya, geografiya fanlari rivoji uchun poydevor bo‘lib xizmat qilgan juda ko‘plab asarlar yozgan, Bu asarlar turli tillarga tarjima qilingan va hozir ham dunyoning yetakchi universitetlarida o‘qitiladi. Al-Xorazmiyning bizgacha yetib kelgan 10 ta risolasidan quydagi 3 ta katta kashfiyot haqida aytish mumkin:
    1. «Hind hisobi haqida»gi risolasida o‘nlik pozitsion sanoq tizimining oltmishlikdan ustun ekanligini ko‘rsatgan va bu asar lotin tiliga tarjima qilingan, o‘nli pozitsion sanoq tizimi butun dunyoga tarqalgan.
    2. «Al-jabr va al-muqobala haqida qisqa kitob»ida aljabmi astronomiyaning yordamchi qismidan mustaqil fan darajasiga ko‘tardi, 6 ta chiziqli va kvadrat tenglamalarni tasniflagan.
    3. Al-Xorazmiy o‘z shogirdlari bilan orasidagi masofasi 35 km. bo‘lgan. Tadmor va ar-Rakka shaharlaridan ertuvchi Yer sharining 10 li meridiani uzunligini hisobladi va u 6,72 km.ga teng ekanligini topgan.
    Al-Xorazmiy 850-yiIda Bag‘dodda vafot etgan.

    Download 1,37 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 1,37 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Al-Xorazmiy matematika faniga qo’shgan hissasi Mashg’ulotning maqsadi: Ta’limiy

    Download 1,37 Mb.