|
Mavzu: Al-Xorazmiy matematika faniga qo’shgan hissasi Mashg’ulotning maqsadi: Ta’limiy
|
bet | 6/8 | Sana | 27.01.2024 | Hajmi | 1,37 Mb. | | #147020 |
Bog'liq Yosh matematik to\'garagi NAMUNABaholash:
Uyga vazifa: test tuzish
Mavzu: Tenglama va uning yechimlari
Mashg’ulotning maqsadi:
Ta’limiy: O’quvchilarga tenglamalarni yechish haqida tushuncha berish
Tarbiyaviy: Olingan bilimlarni xayotda qo’llay olish. O’quvchilarni o’zaro xurmat ruhida tarbiyalash
Rivojlantiruvchi: O`quvchilarning xotirasini shakllantirish, dunyoqarashini kengaytirish
Kommunikativ kompetensiya:
matematikaga oid terminlarning ma’nosini tushunib, to‘g‘ri o‘qiy olish;
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi:
tavsiya etilgan mediamanbalardan axborotni izlab topa olish, zarur bo‘lsa uni boshqa ko‘rinishlarga (matn, jadval, sxema va h.k.) o‘tkaza olish;
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:
o‘quv masalasini (maqsadini) topa olish va ifodalay olish;
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:
turli nuqtai nazarlarni qabul qila olish va solishtira olish;
Milliy va umummadaniy kompetensiya:
matematika umumbashariy madaniyatning bir qismi ekanligini tushunish
Mashg’ulot turi: yangi tushuncha va bilimlarni shakllantiruvchi
Mashg’ulotda foydalanilgan metodlar: an’anaviy, interfaol
Mashg’ulot jihozi: darslikkonspekt, ko’rgazmali qurollar, tarqatma materiallar
Tashkiliy qism:
Salomlashish
Navbatchi axborotini tinglash
O’tilgan mavzular yuzasidan savol-javob o’tkazish
Uy vazifasini tekshirish
Asosiy qism
Harf bilan belgilangan noma’lum son qatnashgan tenglik tenglama deyiladi.
Tenglik belgisidan chap va o’ngda turgan ifodalar tenglamaning chap va o’ng qismlari deyiladi. Tenglamaning chap va o’ng qismidagi har bir qo’shiluvchi tenglamaning hadi deyiladi.
Tenglamaning ildizi deb, noma’lumning shu tenglamani to’g’ri tenglikka aylantiradigan qiymatiga aytiladi.
Mustahkamlash
masala.
1) x+18=34
2) 14x=56
3) (x-3)∙2=4
4) (x+5)/2=5x
masala.
1) 3x=-6 x=-2
2) x+3=6 x=3
3) 4x-4=x+5 4x-x=5+4 3x=9 x=3
4) 5x-8=2x+4 5x-2x=4+8 3x=12 x=4
masala.
1) x+5=-6 x=-11
2) 4-x=-1 x=4+1 x=5
3) 2x-1=0 2x=1 x=0,5
4) 3x+2=0 3x=-2 x=-2/3
1) 4(x-1)=2x-3 4x-4=2x-3 4x-2x=4-3 2x= 1 x=0,5
2) 7(x+1)-6x=10 7x-6x+7=10 x=10-7 x=3
3) 3(x+2)=4+2x 3x-2x=4-6 x=-2
4) 5(x+1)-4x=4 5x-4x=4-5 x=-1
|
| |