|
Digital technologies: problems and solutions of practical implementation in the industry
|
bet | 1/4 | Sana | 20.11.2023 | Hajmi | 90,23 Kb. | | #101662 |
Bog'liq buyumlar-interneti-va-unda-xavfsizlik-choralarini-ishlab-chiqish
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND TECHNICAL CONFERENCE
“DIGITAL TECHNOLOGIES: PROBLEMS AND SOLUTIONS OF PRACTICAL
IMPLEMENTATION IN THE INDUSTRY”
APRIL 27-28, 2023
BUYUMLAR INTERNETI VA UNDA XAVFSIZLIK CHORALARINI ISHLAB CHIQISH
Iskandar Olimov1, Abduqodir Karimov2 , Yusuf Bo’riyev3 , Ibrohimov Xasanboy4
1 ,2,3,4Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti
E-mail: iskandar.olimov@mail.ru, karimovabduqodir041@gmail.com, soccersppt@gmail.com, hasanboyibrohimov078@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.7853516
Annotatsiya. Ushbu maqolada buyumlar Interneti (Internet of things)ni sathlari, qo’llanilish sohasi xususan buyumlar Interneti sathlari bo’yicha himoyalanish usullari keltirilgan. Kalit so’zlar: RFID, WNS, Bluetooth, DoS.
Buyumlar Interneti bugungi kunda Inson taraqqiyoti va kelajakdagi ijtimoiy rivojlanishiga, ishlab chiqarishiga ulkan o'zgarishga sabab bo’layotgan texnologiya sifatida rivojlanib bormoqda.
Buyumlar Interneti inson va foydalanuvchilarning ko‘p maqsadlarini amalga oshiruvchi, hamda apparat, yoki qurilmalar o‘rtasidagi o‘zaro aloqani ta’minlovchi rivojlanayotgan texnologiyalar jamlanmasi hisoblanadi. Boshqa so‘z bilan aytganda, buyumlar Internetiga ko‘plab simsiz sensor va datchik tarmoq (Wireless Sensor and Actuator Network, WSAN), radio chastotasini aniqlash (Radio Frequency Identification, RFID) tarmoqlari tarkibiy elementlari sifatida rivojlanayotgan texnologiyalar jamlanmasi sifatida qarash mumkin [1,2].
Buyumlar Internetining asosiy maqsadi obyektlar o‘rtasida avtomatik tarzda aloqani ta’minlash (ma’lumotni uzatish, qabul qilish, qayta ishlash) kabi jarayonlarni Internet orqali amalga oshirish hisoblanadi va lokal tarmoqdagi obyektlarni global tarmoqqa standart protokollardan foydalangan holda ulanish nazarda tutiladi.
1-rasm. Buyumlar Interneti (Internet of Things, IoT)
Buyumlar Interneti ko‘plab Radio chastotasini aniqlash (Radio Frequency Identification, RFID), Simsiz sensor tarmoq (Wireless sensor network, WSN), Bluetooth va boshqa turli tarmoq texnologiyalari jamlanmasidan iborat. Ular o‘rtasida o‘zaro aloqani ta’minlashda 3G, 4G, LTE internet texnologiyalaridan foydalaniladi [1, 3]. Bu orqali buyumlar Intyerneti istalgan vaqtda, joylashgan joyidan qat’iy nazar foydalanuvchilar uchun kerakli bo‘lgan hizmatlarini taqdim eta oladi [1].
Buyumlar Interneti qurilmalari odatda katta geografik hududni qamrab olgan yoki mobil qurilma ko`rinishida bo‘lishi ham mumkin. Hozirgi kunda Buyumlar Interneti texnologiyasidan quyidagi maqsadlarda foydalanish mumkin:
iste’mol ( consumer);
tijoriy ( commercial);
sanoat ( industrial);
infratuzilma ( infrasture);
aqlli uy ( smart home);
qishloq xo‘jaligi ( agriculture). Iste’mol. Buyumlar Interneti qo‘llanilish sohasi bugungi kunda tobora kengayib bormoqda. Bu soha o`z ichiga transport vositalari, uylarni avtomatlashtirishda ishlatiladigan qurilmalar, taqib yuriladigan texnologiyalar masalan, aqlli soatlar, aqlli brasletlar, aqlli uy tizimi, sog`likni nazorat qiluvchi qurilmalar va masofadan turib boshqarish imkoniyatini beruvchi jihozlar.
Tijoriy. Buyumlar Interneti turli xil transport tizimlarida aloqa, boshqaruv va axborotni qayta ishlashga yordam beradi. Maskur sohada buyumlar Interneti transport vositalari o‘rtasidagi aloqani, harakatlanishni aqlli boshqarish, intellektual to‘xtash joyi, elektron to‘lovlarni yig'ish tizimlari, logistika, transport vositalarini boshqarishda qo‘llaniladi.
Sanoat (Industrial). Buyumlar Interneti maskur sohada mahsulotlarni tezkor ishlab chiqarish, mahsulot ehtiyojlariga dinamik javob berish va tarmoq uskunalari, sensorlar va boshqaruv tizimlarini birlashtirish orqali ishlab chiqarish tarmoqlari va ta'minot zanjirlarini real vaqt rejimida optimallashtirishga imkon beradi.
Infratuzilma (Infrastructure). Ko‘priklar, temir yo‘llar, quruqlik va qirg'oq shamol fermalari, shahar, qishloqlarning barqaror infratuzilmalarini monitoring qilish va boshqarish buyumlar Interneti dasturining asosiy sohalaridan biri hisoblanadi.
Buyumlar Interneti tarmoq arxitekturasi 4 sathdan iborat bo‘lib, albatta bu buyumlar Interneti uchun standart arxitektura hisoblanmasada, ko‘plab arxitekturalar shu sathlar asosida quriladi va ular quydagilar: ilova, qo‘llab-quvvatlash, tarmoq va sezuvchi sath.
Ilova sathi. Buyumlar Internetida foydalanuvchilar turli xil xizmatlardan foydalanish imkoniyati taqdim etiladi. Ular quyidagilar: Buyumlar Interneti ilovalari (logistika, sanoat, sog‘liqni saqlash), Ilova qo‘llab-quvvatlovchi sathlar (xizmatlarni qo‘llab-quvvatlash platformasi, axborotni rivojlantirish platformasi, qarorlarni qo‘llab-quvvatlash tizimi )
Tarmoq sathi. Mazkur sathda aloqa kommunikasiya tarmoqlari (sun’iy yo‘ldosh tarmog‘i, Internet, harakatdagi tarmoq), kommunikasiya protokollari orqali, axborotni ishonchli manzilga uzatish, (masalan, bulutli saqlash texnologiyasiga) yoki boshqa sensor qurilmalarga yetkazish amalga oshiriladi. Tarmoq tarkibiga LAN (Bluetooth, Ethernet, WiFi, xavfsizlik ), Asosiy tarmoq (Internet, 3G, 4G,LTE-A, 5G, xavfsizlik ), Tarmoqqa kirish (WiFi, GPRS, Bluetooth, LoRaWAN ) [4].
Bluetooth. Bu texologiya qisqa masofaga simsiz aloqa texnologiyasi, mobil telefonlar, kompyuterlar va tashqi qurilmalar kabi qurilmalarga qisqa masofadan ma'lumotlarni yoki ovozni simsiz uzatish imkonini beradi. Bluetooth diapazoni va uzatish tezligi odatda Wi-Fi (sizning uyingizda bo‘lishi mumkin bo‘lgan simsiz mahalliy tarmoq) dan past bo‘ladi.
1- jadval
Bluetooth avlodlari
|
Tezlik
|
Radius
|
Chastotasi
|
Version 4.1
|
24 MBs
|
100 m
|
2.4 -2.485 GHz
|
Version 4.2
|
24 MBs
|
100 m
|
2.4 -2.485 GHz
|
Version 5
|
48 MBs
|
100 m
|
2.4 -2.485 GHz
|
Sezuvchi sathi. Mazkur sath o‘z ichiga sensor qurilmalar va radio chastotasini aniqlash qurilmalarni qamrab oladi. Tarmoq tarkibiga RFID (protokol, Reader, asosiy stansiya, Teg kodlash, xavfsizlik), WSN (protocol, Teg kodlash, tugun).
RFID. Bu obyektlarni avtomatik tarzda identifikasiyalovchi, ma’lumotlarni qayd etib boradigan yoki radio to‘lqinlar yordami bilan individual boshqarilishi imkonini beradigan texnologiyadir [8]. Odatda RFID tarkibiga teg, mikrochipga joylashtirilgan bir nechta identifikasiyalovchi va identifikatorni o‘qish va boshqa radio to‘lqin ma’lumotlarni qabul qiluvchi qurulmalardan iborat. RFID texnologiyaning eng asosiy afzalligi shundaki, u avtomatlashtirilgan holda identifikasiyalash va katta miqdordagi ma’lumotlarni saqlay olish imkoniyatiga ega bundan tashqari, RFID texnologiyasida aloqani hosil qilish uchun fizik qurulmalarga yehtiyoj yo‘q sababi bu kabi vazifalar radio to‘lqinlar orqali amalga oshiriladi. RFID texnologiyasini 3 ta asosiy tashkil etuvchilari teglar(tags), ma’lumotlarni o‘qish (reader), ilova (application) kabi komponentalardan iborat [3,4].
Buyumlar Interneti sathlari bo‘yicha bo‘ladigan hujumlardan himoyalanish usullari ishlab chiqildi 2-jadvalda berilgan.
|
| |