O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT
AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
SAMARQAND FILIALI
TELEKOMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARI KAFEDRASI
“Multimedia aloqa tarmoqlari” fanidan
Amaliy ish №1.
Tayyorladi :20-04-guruh talabasi: Normahmadov B
Fan o‘qituvchisi: G’aybullayev A.
SAMARQAND-2023 y
SIGNALLARNING UZATISH SATHI. LOGARIFMIK O‘LCHOV BIRLIKLARI
1. Mashg‘ulotning maqsadi
Signallarning tok, kuchlanish va quvvat bo‘yicha uzatish sathlari, shuningdek haqiqiy, nisbiy va o‘lchov uzatish sathlari. Kanal va traktlarda uzatish sathlarini o‘lchash usullari va o‘lchov qurilmalarni o‘rganish, ularni hisoblash usullarini o‘zlashtirish.
3. Nazariy qism
Signallarning uzatish sathlari
elektr aloqa liniyalari uzluksiz ravishda xabarlarni uzatishga mo‘ljallangan. Umumiy holatda xabar birorta ob’ektning holati haqidagi ma’lumotlar yig‘indisidan iborat, shuning uchun uzatish punktining oxirgi abonent apparatida birlamchi deb ataluvchi elektrik signal shakllanishi va bu uzatiladigan xabarlarga mos holda ajratilishi lozim. Qabul quluvchi punktning abonent apparatida teskari jarayon amalga oshadi, ya’ni qabul qilingan birlamchi signalga mos holda xabar shakllanadi. Ovozli eshittirish signallarini uzatishda ovoz bosimini o‘zgartirishi xabar hisoblanadi, uzatishning oxirgi apparati - mikrofon, qabul qiluvchi tomonda esa ovoz balandlatgichdir.
Signallarni quvvat, kuchlanish va tok bilan xarakterlash mumkin. Buning uchun elektr aloqasida ko‘pgina hisoblarni soddalashtirish maqsadida logarifmik xarakteristikalar (uzatish sathlari)dan foydalaniladi. O‘nli logorifmlar asosida hisoblangan uzatish sathlari detsibel (dB), natural logoriflar asosida hisoblangan uzatish sathlari neper (Np) deb ataladi. Hozirgi paytda detsibeldan foydalaniladi. Quvvat kuchlanish va tok bo‘yicha uzatish sathlari quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:
, dB (1.1)
bu erda Rx, Ux, Ix- qaralayotgan x nuqtadagi quvvat, kuchlanish va toklarning qiymatlari; R0, U0, I0 - boshlang‘ich deb qabul qilingan qiymatlar.
dB va Np da ifodalangan uzatish sathlari o‘rtasida quyidagi munosabatlar mavjud: 1Np = 8,686 8,7 gB va 1dB = 0,115 Np.
Agar Rx va R0 quvvat ajratib chiqadigan qarshilikning Zx, Z0 qiymatlari ma’lum bo‘lsa, quvvat, kuchlanish va toklarni uzatish sathlari orasidagi ma’lum nisbat asosida
bog‘lanishlarni topish mumkin:
(1.2)
(1.3)
agar bo‘lsa, rquv=rkuch=rtok ga teng.
Agar Rx quvvat, Ux kuchlanish yoki Ix tok kattaliklari R0 quvvat, U0 kuchlanish, I0 tokning boshlang‘ich kattaliklaridan katta bo‘lsa, uzatish sathlari musbat, aks holda uzatish sathlari manfiy qiymatga ega bo‘ladi. Rx=R0, Ux=U0 va Ix=I0 bo‘lgan holda yuqorida aytilgan uzatish sathlari nol qiymatli bo‘ladi.
Uzatish sathlari haqiqiy va o‘lchash sathlariga bo‘linadi.
Quvvat, kuchlanish yoki tokning logarifmik birliklaridan quyidagi ma’lum formulalar bilan ularning haqiqiy kattaliklariga o‘tish oson:
|