Zbekiston respublikasi raqamli texnologiyalar vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent




Download 2,2 Mb.
bet2/2
Sana17.05.2024
Hajmi2,2 Mb.
#240424
1   2
Bog'liq
Multimedia 1-amaliy(3)

Rx=R0·10 0,1Rquv mVt ,
Ux=U0·10 0,05Rkuch V ,
Ix=I0·10 0,05Rt mA. (1.4)

Agar quvvat, kuchlanish va tokning boshlang‘ich qiymatlari: R0 =1 mVt, U0=0,775 V va I0=1,29 mA qabul qilingan bo‘lsa, unda hisoblangan sathlar haqiqiy deb ataladi va dBq, dBk va dBt da o‘lchanadi. Bu qiymatlar 600 Om qarshilikda ajratib olinadi. Unda hisoblangan sathlar nisbiy deb ataladi va dBq, dBk va dBt lar bilan belgilanadi:


dB,
dB,
dB. (1.5)

Bunday sathlar traktlarni uzatish xarakteristikasini o‘lchashda keng qo‘llaniladi, chunki ularni qiymatlari boshidan oxirgi berilgan nuqtagacha trakt uchastkasining quvvat, kuchlanish va tok kuchayishiga sonli ravishda tengdir. Bunda sathlarning manfiy qiymatlari berilgan uchastkadagi kuchayishga emas, balki so‘nishga mos keladi. Kanal va traktlarda signal va xalaqitlarni qiymatlarini me’yorlashtirish uchun quvvat bo‘yicha nolinchi nuqtaga nisbatan sathlar (NNNS) tushunchasi qo‘llaniladi. Signal sathidan rq quvvat bo‘yicha sathga rq o‘tish uchun traktning berilgan nuqtasida o‘lchov tengligi qo‘llaniladi:




rq=rqo +rq. o‘lchov (1.6)

bu erda rq o‘lchov - traktning berilgan nuqtasidagi quvvat bo‘yicha o‘lchov sathi.


Quvvat bo‘yicha nisbiy sathni aks ettiruvchi (2.1) ifodani, quyidagi ko‘rinishda ifodalash mumkin:
rnq=rq-rhk , (1.7)

bu erda rq - tekshirilayotgan nuqtadagi quvvat bo‘yicha mutlaq sath va rhq - hisoblash nuqtasidagi sath. Quvvat bo‘yicha nisbiy sath quvvatning o‘lchash nuqtasidagi va hisoblash nuqtasi deb qabul qilingan nuqtadagi mutlaq sathlarining farqiga tengligi (2.7) formuladan ko‘rinib turibdi.


Kuchlanish bo‘yicha nisbiy sathlar ham shunga o‘xshash qilib olinadi:


rnk=rk-rhk . (1.8)

Aloqa kanallari va traktlari bo‘yicha uzatiluvchi signallar liniyadan o‘tganda ayrim sabablarga ko‘ra buziladi va unga yana shovqin ta`sir qiladi.


Kanalning sifati nuqtai nazaridan buzilishlar belgilangan miqdordan oshib ketmasligi uchun kanalning elektrik xarakteristikalarini me`yorlashtirish zarur. TCH kanalning xarakteristikalarini me`yorlashirishda kanalning uzunligi, tranzit ulanishlar, bundan tashqari tovush chastotali kanallardan boshqa turdagi axborotlarni uzatishda foydalanish mumkinligini ham hisobga olish zarur.
TCH kanalning eng asosiy xarakteristikalaridan biri qoldiq so‘nish hisoblanadi. U vaqt bo‘yicha doimiy qolmaydi. SHuning uchun qoldiq so‘nishni nominal qiymatidan tashqari, 800 Gs li chastotada mumkin bo‘lgan nomo‘tadilligi ham me`yorlashtiriladi. Qoldiq so‘nish deb, kanalda berilgan chastotadagi hamma so‘nishlar (a) yig‘indisidan, hamma kuchayishlar (S) yig‘indisidan ayirmasi orqali aniqlanuvchi ishchi so‘nishga aytiladi.

aqold=a-S, dB (1.9)


Kanaldagi kirish va chiqish qarshiliklarni nazarda tutgan holda qoldiq so‘nishni kanalning kirishidagi va chiqishidagi uzatish satxlaring farqi orqali ham aniqlash mumkin:


aqold=Rkir-Rchiq, dB (1.10)


(Rkir –kanalning kirshidagi uzatish satxi


Rchiq –kanalning chiqshidagi uzatish satxi)
Rkir=0 ekanligi xisobga olinsa Rchiq=-aqold
Qoldiq so‘nish 800 Gs li chastotada me`yorlashtiriladi. Kanalning ikki simli qismi uchun qoldiq so‘nish: aqold=7 dB, kanalning 4 simli qismi uchun qoldiq so‘nish aqold=-17 dB ga teng. Qoldiq so‘nishni me`yordan og‘ishi (800 Gs li chasttotada) odiiy TCH kanal uchun (ya`ni tranzit ulanishlarsiz) 1 dB dan oshmasligi lozim. Qoldiq so‘nishni me`yordan oshishi signal satxini pasayishiga olib keladi va signalga ta`sir qiluvchi shovqinlarning sathi oshadi. Qoldiq so‘nishning me`yordan pasayishi esa, nochiziqli buzilishlarni yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi, qo‘shimcha garmonikalar tufayli kanallararo bir-biriga o‘tishlar hosil bo‘ladi.
TCH kanallar me`yorda ishlashi uchun, ularni quvvat va kuchlanish qiymatlarini yoki shu kanalning har xil nuqtalariga mos keluvchi satxlarini me`yorlashtirish lozim. SHunday qilib, TCH kanalning 2 simli kirishidagi nisbiy uzatish satxi (nolinchi nuqtaga nisbatan) 0 dB ni, 4 simli kirishdagi nisbiy uzatish satxi esa -13 dB ni, ularning chiqishidagi satxlar esa ikki, simlida -7 dB, 4 simlida esa 4.3 dB ni tashkil etadi. Signalning o‘lchov chastotasi 800 Gs ga teng.
Uzatish tizimlari va kanallarining me`yoriy ishlashini ta`minlash uchun signallarning quvvat, kuchlanish va tok kattaliklari hamda ularga tegishli satxlar, shuningdek xalaqitlarning joiz satxlari me`yoriy holatga keltiriladi. Bunda signallar va xalaqitlarning satxlari kanalning turli nuqtalarida har xil bo‘lishini hisobga olish kerak. Noaniqlikdan saqlanish uchun me`yoriy holatga keltiriladigan barcha kattaliklar uzatish traktining nol o‘lchov satxli nuqtasiga keltiriladi. Nol o‘lchov satxli nuqtaga keltirilgan quvvat bo‘yicha satxlar dBq0 bilan belgilanadi.
Uzatish satxlarini o‘lchaydigan asboblarni, satx ko‘rsatkichlar deyiladi. Quvvat yoki kuchlanish bo‘yicha satxlarda darajalangan odatdagi voltmetrlar, o‘lchash shkalasi va kirish regulyatorlari shular jumlasiga kiradi. Xatolarga yo`l qo‘ymaslik uchun satx ko‘rsatkichlarida shkalaning nol belgisiga to‘g‘ri keladigan kuchlanish yoki 1 mVt quvvat ajralib chiqayotgan R aktiv qarshilik kattaligi ko‘rsatib qo‘yiladi. R=600 Om va Uo=0,775 B, R=150 Om va Uo=0,387 B, R=75 Om va Uo=0,274 B uchun darajalangan keng polosali va tanlab olinadigan satx ko‘rsatkichlari ko‘p tarqalgan. Bunday darajalanayotganda kuchlanish satxlarining qiymatlari, mutlaq quvvat satxlarining qiymatlari bilan bir xil bo‘ladi.


7.

60

-20

135





Download 2,2 Mb.
1   2




Download 2,2 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Zbekiston respublikasi raqamli texnologiyalar vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent

Download 2,2 Mb.