|
28-Ma’ruza Kirishmali yarim o’tkazgichlar Reja
|
bet | 1/5 | Sana | 24.05.2024 | Hajmi | 285,99 Kb. | | #252548 |
Bog'liq Документ Microsoft Word (4)
28-Ma’ruza
Kirishmali yarim o’tkazgichlar
Reja:
Aralashmali yarim o‘tkazgichlarda donor va akseptor satxlar, ularning elektr o‘tkazuvchanligi.
Aralashmali yarim o‘tkazgichlardagi zaryad tashuvchilar konsentratsiyasi va Fermi satxi.
Aralashmali yarim o‘tkazgichlar elektr o‘tkazuvchanligi va uning haroratga bog‘lanishi.
Tayanch iboralar: Yarim o‘tkazgichlar, konsentratsiya, xususiy yarim o‘tkazgichlar, kristall, taqsimot funksiyalari, elektr o’tkazuvchanlik, dielektriklar, Fermi sathi,
Adabiyotlar: A-1-6, 7,8,10, Q-1-3, 7,11,12,14
Aralashmali yarimo‘tkazgichlar, ularning elektr o’tkazuvchanligi
Hattoki yetarlicha toza bo‘lgan yarimo‘tkazgichlarda o‘zining xususiy energetik sathlarini hosil qiluvchi kirishma atomlari mavjuddir. Bu energetik sathlar, yarimo‘tkazgichning taqiqlangan sohasida valent sohasi shipi va o‘tkazuvchanlik sohasi tubidan har xil masofalarda joylashishi mumkin. Ayrim hollarda, yarimo‘tkazgichga kerakli elektrofizik xususiyatlarni berish uchun, ataylab, kirishma atomlarini kiritadilar.
Kirishma atomlarining energetik sathlarining asosiy turlarini ko‘rib chiqamiz.
Donor sathlar
Kremniy olmos tipidagi kristall panjaraga ega bo‘lgani uchun, bu panjarada har bir atomning to‘rtta eng yaqin qo‘shnisi bor, ular bilan 4 ta valent elektronlari orqali kovalent bog‘lanishi hosil qiladi. Kremniy panjarasining tekislikdagi shartli ravishda ko‘rinishi 4 – rasmda tasvirlangan. Faraz qilaylik, kremniy kristalida bir qism kremniy atomlari o‘rniga beshvalentli mishyak atomlari joylashtirilgan bo‘lsin. 4 ta qo‘shni atomlar bilan kovalent bog‘lanishni o‘rnatish uchun mishyak atomi 4 ta valent elektronlarini sarflaydi, beshinchi elektron bu bog‘lanishlarni o‘rnatishda qatnashmaydi.
Mish’yak atomi, dielektrik singdiruvchanligi = 12 bo‘lgan kremniy kristall panjarasi muhitida bo‘lgani uchun, 5–elektron mish’yak atomi yadrosi bilan 12 marta susaygan
|
| |