• 5 – rasm. Yarim o‘tkazgichda donor kirishma atomlarining energetik sathi
  • 6– rasm. Yarim o‘tkazgichda donor atomlarining ionlashishi Donor kirishmalarga ega bo‘lgan yarimo‘tkazgichlar, elektron yarimo‘tkazgichlar
  • – rasm. Donor kirishmali kremniy kristall panjarasi




    Download 285,99 Kb.
    bet2/5
    Sana24.05.2024
    Hajmi285,99 Kb.
    #252548
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    Документ Microsoft Word (4)

    4 – rasm. Donor kirishmali kremniy kristall panjarasi
    bog‘lanishda bo‘ladi va mish’yak atomi maydonida o‘z harakatini davom etdiradi. Maydonning susayganligi sababli, 5 –elektron orbitasining radiusi 12 marotaba ortadi, uning mish’yak atomi bilan bog‘lanish energiyasi 2 = 144 marta kamayib, yed – 0,01 eV qiymat atrofida bo‘ladi (5 – rasm).

    5 – rasm. Yarim o‘tkazgichda donor kirishma atomlarining energetik sathi
    Elektronga bunday energiyani uzatganda u mish’yak atomidan uzilib kremniy panjarasida erkin harakat qilish imkoniga ega bo‘ladi, shunday qilib o‘tkazuvchanlik elektroniga aylanadi. “Sohalar” nazariyasi tili bilan bu jarayonni shunday tasavvur qilish mumkin:
    Valent va o‘tkazuvchanlik sohalari orasidagi taqiqlangan sohada mish’yak atomi beshinchi elektronining energetik sathi paydo bo‘ladi (5 – rasm). Bu energetik sath o‘tkazuvchanlik sohasi tubining yaqinidaEd  0,01 eV energetik masofada joylashadi.Bunday energetik sathlarda joylashgan elektronlarga Ed – energiya uzatilsa, ular o‘tkazuvchanlik sohasiga o‘tib, o‘tkazuvchanlikda qatnashadilar, hosil bo‘lgan musbat zaryadlar qo‘zg‘olmas mish’yak atomlarida joylashgan bo‘lib, elektr o‘tkazuvchanlikda qatnashmaydilar (6 – rasm).
    O‘tkazuvchanlik sohasida elektronlarni hosil qiluvchi kirishmalar donorlar deb ataladi, ularning energetik sathlari donor sathlar deb ataladi.

    6– rasm. Yarim o‘tkazgichda donor atomlarining ionlashishi

    Donor kirishmalarga ega bo‘lgan yarimo‘tkazgichlar, elektron yarimo‘tkazgichlar yoki n – tipdagi yarimo‘tkazgichlar deb ataladi.


    Akseptor energetik sathlar
    Yana faraz qilaylik, kremniy kristall panjarasidagi bir qism kremniy atomlari o‘rnini 3 valentli Bor atomlari egallagan bo‘lsin. 4 ta qo‘shni atomlar bilan kovalent bog‘lanishni hosil qilish uchun Bor atomiga bitta elektron yetishmaydi. Bu yetishmaydigan eyektronni qo‘shni kremniy atomlaridan olishi mumkin. Bu holda ham qo‘shimcha elektronni olish uchun taxminan Ea  0,01 eV energiya zarur bo‘ladi.
    To‘ldirilmagan bog‘lanish kovakni eslatadi va kremniyning valent sohasida bo‘sh vakant holatni hosil qiladi. 7 – rasmda Bor kirishma atomiga ega bo‘lgan kremniyning sohaviy tuzilishi tasvirlangan.
    Valent sohasi shipining yaqinida Ea  0,01 eV masofada Bor atomining elektronlar egallamagan energetik sathi joylashgan. Nisbatan yuqori bo‘lmagan temperaturalarda valent sohasidagi elektronlar bu energetik sathlarga o‘tib, Bor atomlari bilan bog‘lanish hosil qiladi va kristall panjarada harakat qilish ehtimolligini yo‘qotadilar, elektr o‘tkazuvchanlikda ishtirok etaolmaydilar.


    Download 285,99 Kb.
    1   2   3   4   5




    Download 285,99 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    – rasm. Donor kirishmali kremniy kristall panjarasi

    Download 285,99 Kb.