• 232 – rasm. Donor kirishmali kremniyning kristall panjarasi
  • 233 – rasm. Yarim o’tkazgichda donor kirishma atomlarining energetik sathi
  • – rasm. Kremniy kristall panjarasida Bor atomini joylashishi




    Download 285,99 Kb.
    bet3/5
    Sana24.05.2024
    Hajmi285,99 Kb.
    #252548
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    Документ Microsoft Word (4)

    7 – rasm. Kremniy kristall panjarasida Bor atomini joylashishi
    Musbat zaryad tashuvchilar faqat valent sohasida hosil bo‘lgan kovaklardan iborat bo‘ladi.
    Yarimo‘tkazgichning valent sohasidan elektronlarni tortib oluvchi kirishmalar – akseptorlar, ularning energetik sathlari – akseptor sathlar deb ataladi.Akseptorlarga ega bo‘lgan yarim o‘tkazgichlar kovakli yarimo‘tkazgichlar yoki r – tipli yarimo‘tkazgichlar deb ataladi.

    Aralashmali yarim o‘tkazgichlardagi zaryad tashuvchilar konsentratsiyasi. Ulardagi donor va akseptor sathlar.


    Donor sathlar
    Kremniy olmos tipidagi kristall panjaraga ega bo’lgani uchun, bu
    panjarada har bir atomning to’rtta eng yaqin qo’shnisi bor, ular bilan 4 ta valent elektronlari orqali kovalent bog’lanishni hosil qiladi. Kremniy panjarasining tekislikdagi shartli ravishda ko’rinishi 232 – rasmda tasvirlangan.

    232 – rasm. Donor kirishmali kremniyning kristall panjarasi

    Faraz qilaylik, kremniy kristalida bir qism kremniy atomlari o’rniga besh valentli mishyak atomlari joylashtirilgan bo’lsin. 4 ta qo’shni atomlar bilan kovalent bog’lanishni o’rnatish uchun mishyak atomi 4 ta valent elektronlarini sarflaydi, beshinchi elektron bu bog’lanishlarni o’rnatishda qatnashmaydi.


    Mishyak atomi, dielektrik singdiruvchanligi = 12 bo’lgan kremniy kristall panjarasi muhitida bo’lgani uchun, 5–elektron mish’yak atomi yadrosi bilan 12 marta susaygan bog’lanishda bo’ladi va mish’yak atomi maydonida o’z harakatini davom ettiradi. Maydonning susayganligi sababli, 5 –elektron orbitasining radiusi 12 marotaba ortadi, uning mish’yak atomi bilan bog’lanish energiyasi 2 = 144 marta kamayib, Ed – 0,01 eV qiymat atrofida bo’ladi (233 – rasm).



    233 – rasm. Yarim o’tkazgichda donor kirishma atomlarining energetik sathi

    Elektronga bunday energiyani uzatganda u mish’yak atomidan uzilib, kremniy panjarasida erkin harakat qilish imkoniga ega bo’ladi, shunday qilib o’tkazuvchanlik elektroniga aylanadi.


    “Sohalar” nazariyasi tili bilan bu jarayonni shunday tasavvur qilish mumkin: Valent va o’tkazuvchanlik sohalari orasidagi taqiqlangan sohada mish’yak atomi beshinchi elektronining energetik sathi paydo bo’ladi (233 – rasm). Bu energetik sath o’tkazuvchanlik sohasi tubining yaqinida Ed 0,01 eV energetik masofada joylashadi.
    Bunday energetik sathlarda joylashgan elektronlarga Ed – energiya uzatilsa, ular o’tkazuvchanlik sohasiga o’tib, o’tkazuvchanlikda qatnashadilar, hosil bo’lgan musbat zaryadlar qo’zg’olmas mish’yak atomlarida joylashgan bo’lib, elektr o’tkazuvchanlikda qatnashmaydilar (234 – rasm).
    O’tkazuvchanlik sohasida elektronlarni hosil qiluvchi kirishmalar donorlar deb ataladi, ularning energetik sathlari donor sathlar deb ataladi.




    Download 285,99 Kb.
    1   2   3   4   5




    Download 285,99 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    – rasm. Kremniy kristall panjarasida Bor atomini joylashishi

    Download 285,99 Kb.