|
1 — Mavzu: Media va axborot savodxonligi tushunchasi. A axborot
|
bet | 1/3 | Sana | 21.11.2023 | Hajmi | 0,93 Mb. | | #102906 |
Bog'liq 1-mavzu glossariy
1 — Mavzu: Media va axborot savodxonligi tushunchasi.
A
Axborot - signallar va belgilar orqali obyektiv dunyo aks ettirish
Axborotga ega boʻlgan ehtiyoj – aynan maʼlum bir ijtimoiy rol va vazifalarni bajarish lozim boʻlgan axborotni olishga boʻlgan ehtiyojdir.
Axborot obyekti - Xohlagan kompyuter yoki telekommunikatsiya tizimi, axborot-ga ishlov berish uchun bitta yoki jami apparatli va (yoki) texnika vositalari, axborotga ishlov berish va (yoki) uzatish tizimi yoki vositalari oʼrnatilgan yoki maxfiy muzokaralar oʼtkazilayotgan xona
Axborot resurslari – Axborot tizimi tarkibidagi elektron shaklidagi axborot, maʼlumotlar banki, maʼlumotlar bazasi
Axborot resurslari – yangi OAVning daromadli faoliyat koʼrsatishini tashkil etish va kundalik faoliyatni muvaffaqiyatli davom ettirish uchun zarur vositalar. Ular moddiy-texnik, moliyaviy, axborot, reklama va inson resurslariga ajratiladi.
Axborot savodxonligi— axborotni tanlash, baholash, qayta ishlash va uzatish borasidagi koʼnikmalar va malakalar majmuini bildiradi.
Axborot savodxonligi — axborotga egalik, uni baholash va axloqiy qoidalarga rioya qilgan holda foydalanishning muhimligini eʼtirof etadi.
Axborot savodxonligi — qaror qabul qilish va borliqning dolzarb muammolarini tahlil qilish maqsadida ijtimoiy ahamiyatga ega boʼlgan axborotni olish, tushunish, baholash, moslash, generatsiya qilish, saqlash va namoyish qilish uchun kerak boʼlgan bilimlar, koʼnikmalar va mahorat majmuasini bildiradi. Bunday bilimga ega boʻlgan jurnalist quyidagi bazaviy koʻnikmalarga ega boʻladi.
Axborot savodxonligi – muammolarni tahlil qilish va qarorlar qabul qilish maqsadida axborotni olish, tushunish, moslashtirish, yaratish, saqlash va taqdim etish uchun zarur boʻlgan kompetensiyalar (bilimlar, koʻnikmalar va qarashlar) majmui. Ushbu kompetensiyalar har qanday taʼlim doirasida, oʻquv va kasbiy muhit yoxud oʻz ustida ishlab malakasini oshirish jarayoniga taalluqlidir.
|
| |