90
Arduino Uno - bu kontroller ATmega 328 mikrokontrolleri asosida
yaratilgan boʻlib, platforma 14 ta raqamli kirish/chiqish, (ulardan 6 tasi
KIM (Keng-Impulsli modulyasiya) sifatida foydalanish mumkin), 6
analog kirish, 16MGsli kvarsli generator, USB porti, kuchlanish porti,
ICSP porti va qayta yuklash tugmasidan iborat. (2.2.21- rasm).
2.2.21- rasm. Arduino UNO plarformasi va “A to B” mini kabeli
"Uno" soʻzi italyanchada bir degan maʻnoni anglatadi. Bu bejis
emas, Arduino Uno yaratuvchilari bu yangi kontroller Arduino
kontrollerlar oilasida yangi burilish va yangi flagman yaratishga harakat
qilishgan va buni uddalaganlar. Sababi, Arduino Uno Arduino
kontrollerlar oilasidagi avvalgilariga nisbatan ancha ixcham, qulay, tez,
oddiy va albatta arzonroq hisoblanadi. Bu kontroller juda ixcham
oʻlchamlarga ega boʻlib, uning tomonlari 6.9 va 5.3 smga teng.