• Interfeys (tarmoq) kartalariga ega boʻlgan shaxsiy kompyuterlar
  • Tarmoqning dasturiy ta’minoti
  • Lokal hisoblash tarmogʻining tarkibiy qismlari




    Download 7,35 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet65/225
    Sana12.12.2023
    Hajmi7,35 Mb.
    #117020
    1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   225
    Bog'liq
    Begbutayev A Yusupov RUquv qollanma tarmoq texnologiyalari Kitob

    3.1.3. Lokal hisoblash tarmogʻining tarkibiy qismlari. 
    LHT bir nechta standart komponentalardan tuzilgan: 
    Kabel aloqa tizimi. LHTlar telefon tarmogʻidan foydalanishmaydi. 
    Ular oʻz aloqa kanaliga (simli yoki simsiz) ega boʻlishlari kerak. Simli 
    kanallar buralma-juftli, koaksial kabel va optik tolali kabellardan iborat 
    boʻlishi mukin. Simsiz tamoqda aloqa infraqizil yoki radiotoʻlqinlar 
    orqali amalga oshirilishi mumkin.
    Interfeys 
    (tarmoq) 
    kartalariga 
    ega 
    boʻlgan 
    shaxsiy 
    kompyuterlar. Har bir tarmoqqa ulangan kompyuter maʻlumot 
    almashinish uchun kengaytiruvchi slotga ulangan tarmoq adapteriga ega 
    boʻlishi kerak. Bunday karta alohida qurilmada boʻlishi va bir nechta 
    qurilmaga xizmat koʻrsatishii mumkin. 
    Tarmoqning dasturiy ta’minoti 
    Kompyuter bilan periferiya qurilmasining aloqasini ko‘rib
    chiqayotib, biz muhim «tarmoq» tushunchalariga duch kelamiz: 
    interfeys va protokol, drayver va interfeys kartasi, shuningdek 
    kompyuter tarmoqlari uchun xarakterli muammolar bilan:
    interfeyslarning muvofiqligi, asinxron jarayonlarnig sinxronizatsiyasi, 
    ma’lumotlarni uzatish ta’minotining haqqoniyligi.
    Bu funksiyalarni tarmoqni dasturiy ta’minoti bajaradi, u
    tarmoq xizmatlari, tarmoq operatsion tizimi va tarmoq ilovalaridan
    iborat. 
    Uzoqlashgan printerdan foydalanish ehtiyoji turli ilovalardan 
    foydalanuvchilarda paydo bo‘lishi mumkin: tekst redaktorida, grafik 
    redaktorda, ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimida (MBBT). 
    Ma’lumki, barcha tashkil qilish bo‘yicha funksiyalar uchun umumiy
    bo‘lgan ilovalarning har birini qaytarish ortiqcha hisoblanadi. Eng
    samarali yondoshish bu- funksiyalar ilovalardan o‘chirilib, juft maxsus 
    dasturiy modullar ko‘rinishida – nashrdan chiqarish mijozi va
    serveridir. Klient-server juftligi kompyuterda bajariluvchi istalgan
    ilovadan foydalanish mumkin. 
     Klient – turli ilovalardan alohida kompyuter resurslariga xabar-
    so‘rovlar uzatish va shakllantirishga mo‘ljallangan, keyinchalik bu 
    tarmoqdan natijalarni olish va mos ilovalar orqali ularni uzatish 
    moduli.
    Server – har doim tarmoqdan klientlar so‘rovlarini kutib


    100 
    turuvchi va so‘rovlarni olgach lokal operatsion tizim (OT) ishtirokida
    unga xizmat qilishga harakat qiluvchi modul; bir server birdan bir
    nechta klient so‘rovlariga xizmat qilishi mumkin (navbatma-navbat 
    yoki bir vaqtning o‘zida). 
    Klient-server juftligi tarmoq orqali kompyuter resurslari aniq
    ko‘rinishiga chiqishni amalga oshiruvchi tarmoq xizmatini tashkil
    qiladi. Har bir xizmat ma’lum turdagi tarmoq resurslariga bog‘liq.
    Masalan, printerga alohida kirishni amalga oshiruvchi klient va 
    server modullari nashrdan chiqarish xizmatini tashkil qiladi. Fayl
    xizmati boshqa kompyuterlar diskida saqlanuvchi fayllarga kirish
    imkonini beradi. Fayl xizmatining server komponentini fayl-server
    deb yuritishadi. Internetda axborotni izlash va ko‘rish uchun veb-
    server va klient dasturlaridan iborat veb-brauzer (web browser) deb
    nomlanuvchi. veb-xizmatdan foydalaniladi. Ushbu vaziyatda ajratuvchi
    resurs bo‘lib veb-sayt xizmat qiladi– veb-serverning tashqi 
    to‘plovchisida saqlanuvchi va ma’no jihatidan o‘zaro bog‘liq
    axborotlarni o‘z ichiga oluvchi fayllar yig‘indisi [8].

    Download 7,35 Mb.
    1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   225




    Download 7,35 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Lokal hisoblash tarmogʻining tarkibiy qismlari

    Download 7,35 Mb.
    Pdf ko'rish