Bog'liq Begbutayev A Yusupov RUquv qollanma tarmoq texnologiyalari Kitob
3.1.6-rasm. Tarmoq sathida guruhli jo‘natmaning ikki tashkil etuvchisi: IGMP protokoli va guruhli marshrutlash protokollari. IGMP protokolining 2-versiyasi (RFC2236) dafaqat 5.5-jadvalda
keltirilgan 3 turdagi xabarlardan foydalaniladi. Umumiy xabarlar
membership_query (a’zolik haqidagi so‘rovnoma) marshrutizator
tomonidan uning interfeysiga ulangan barcha xostlarga (masalan lokal
tarmoqning barcha xostlariga jo‘natiladi ( ushbu interfeys xostlari a’zo
bo‘lgan barcha jo‘natma guruhlarini tanishi uchun). Maxsus
xabarmembership query ordamida marshrutizator, shuningdek, uning
biror nnterfeysiga ulangan u yoki bu xost jo‘natmalarning muayyan
guruhiga tushdimi - shuni aniqlashi mumkin. Bu maxsus so‘rovnoma
o‘zi uchun maxsus ajratilgan maydonga joylashtirilgan guruh manzilini
o‘z ichiga oladi.
Xostlar 3.1.7-rasmda ko‘rsatilganidek. Membership query xabariga
IGMP-xabar bilan javob beradi. Xost, shuningdek, ilova jo‘natma
guruhiga birinchi marta qo‘shilganida marshrutizatordan membership query xabarini
kutmasdan
membership report xabarlarini
generatsiyalashi
mumkin.
Membership report xabarlarini
marshrutizatorlar va marshrutizatorning o‘sha interfeysiga ulangan
barcha xostlar (masalan, lokal tarmoq holida) oladilar. Har bir
membership reportxabari javob beruvchi xost kirgan guruhning guruhli
mnzilini o‘z ichiga oladi. E’tibor qiling, mrshrutizator uchun xostlardan
qaysi biri jo‘natmaning berilgan guruhiga qo‘shilgani yoki hatto ushbu
lokal tarmoqdan nechta xost muayyan guruhga qo‘shilgani ba’ribir.
Marshrutizator faqat unga ulangan har qanday xostlar jo‘natmaning u
yoki bu guruhiga tegishliligi haqida havotirlangani uchun ideal
111
holdaguruhga tegishliligi haqida bittadan ortiq bo‘lmagan bildirishnoma
olishni hohlardik..Buning uchun IGMP protokolida maxsus mexanizm
bor, u birnechta o‘zaro qo‘shilgan xostlar bitta jo‘natma guruhiga
tegishli bo‘lgan holda membership report xabarlar sonini kamaytirish
uchun mo‘ljallangan.