-rasm. IGMP-xabarning formati




Download 7,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/225
Sana12.12.2023
Hajmi7,35 Mb.
#117020
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   225
Bog'liq
Begbutayev A Yusupov RUquv qollanma tarmoq texnologiyalari Kitob

3.1.8-rasm. IGMP-xabarning formati. 
IGMP-xabarlarning to‘rtinchi va oxirgi turibu – leavegroup xabari. 
Qizig‘i shundaki, bu xabar majburiy emas! Biroq, u holda 
marshrutizator ushbu lokal tarmoqda muayyan guruhga kiruvchi xostlar 
qolmaganini qanday aniqlaydi? Bu savolga IGMP-membership query 
xabari javob beradi. Marshrutizator ushbu jo‘natma guruhiga bundan 
buyoniga unga ulangan xostlar kirmasligi haqidagi xulosaga keladi, agar 
birorta xost uning membership query xabariga aniq guruhiy manzil 
bilan javob bermasa. Vaqtning biror intervali o‘tganidan so‘ng
manzillar haqidagi axborot yo‘qoladigan Internet-protokollarni ba’zida 
nobarqaror holatli (softstate) protokollar deb ataladi. Lokal tarmoq 
xostlari orasida jo‘natmaning muayyan guruhi mavjudligi haqidagi 
axborot berilgan vaqt intervali o‘tganidan so‘ng (ushbu holda bu interval 
marshrutizator tomonidan davriy tarzda jo‘natiladigan membership 
query xabarini beradi), agar bu xabar ochiq oydin yangilanmasa (xost 
tomonidan jo‘natiladigan membership report xabari yordamida) 
yo‘qoladigan IGMP protokoli shunday protokoldir.Nobarqaror
holatdagi protokollarni boshqarish barqaror holatli protokollarni 


113 
boshqarishga nisbatan oson deb tasdiqlashadi. ICMP-xabarlarga 
o‘xshab, IGMP protokoli xabarlari IP-deytagrammalarda bir joydan 
boshqa joyga ko‘chiriladi (inkapsullanadi).
Bugungi kunda Internetda qo‘llaniladigan guruhli jo‘natmaga 
asoslangan xizmat ko‘rsatish modelini ko‘rib chiqamiz. Bu modelda har 
qanday xost jo‘natma guruhiga tarmoq sathida qo‘shilishi mumkin. Xost 
o‘zi bilan ulangan marshrutizatorga shunchaki IGMP-membership 
report xabarni yuboradi, bu marshrutizator Internetdagi boshqa 
marshrutizatorlar bilan birgalikda tezlikda guruhlideytagrammalarni 
bildirgi yuborgan xostga jo‘natadi. Shunday qilib, guruhga qo‘shilishni 
oluvchi boshqaradi. Yuboruvchi oluvchilarni jo‘natma guruhiga 
qo‘shish bilan shug‘ulanmaydi. U hatto oluvchilar guruhi tarkibini 
nazorat qilaolmaydi. O‘xshash holda oluvchi deytagrammmalarni 
jo‘natma guruhiga kim jo‘natayotganini nazorat qilaolmaydi. Turli 
xostlar tomonidan jo‘natilgan diagrammalar turli oluvchilarga turlicha 
navbat bilan yetib kelishi mumkin. Buzg‘unchi jo‘natuvchi o‘z 
deytagrammalarini guruhli jo‘natma diagrammalari oqimiga oson 
kiritishi mumkin. Hatto qonunga rioya qiluvchi jo‘natuvchilar ham 
tarmoq sathida muvofiqlashtirish mavjud bo‘lmagani uchun jo‘natma 
guruhlarini yaratishda tasodifan ikkita bir xil manzilnitanlashlari 
mumkin. Guruhli jo‘natmalardan foydalanuvchi ilova nuqtai nazaridan 
bu shunga olib keladiki, u (ilova) aralashiga bitta oqim o‘rniga birdaniga 
ikkita oqimdagi deytagrammalarni qabul iladi.
Yuqorida sanab o‘tilgan muammolar guruhli jo‘natmadan 
foydalanuvchi qo‘llanish tusidagi dasturlarni ishlab chiqishda bartaraf 
etib bo‘lmaydigan to‘sqinliklar bo‘lib ko‘rinishi mumkin. Biroq 
bularning barchasi u qadar yomon emas. Tarmoq sathi filtrlashni 
ta’minlamasligiga qaramay guruhli deytagrammalarni tartiblashtirish va 
ular sirining maxfiyligi – bu barcha mexanizmlar qo‘llanish sathida 
ro‘yobga chiqarilishi mumkin. Bundan tashqari hozirgi vaqtda bu 
funksiyalarning ba’zilarini tarmoq sathiga kiritish bo‘yicha ishlar olib 
borilmoqda. 

Download 7,35 Mb.
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   225




Download 7,35 Mb.
Pdf ko'rish