108
jo‘natadi. Biroq bunda uzatuvchi xost adapterga LAN-manzilni
ko‘rsatishi kerak. Qaysi LAN-manzildan foydalanish lozim ? Kimdir bu
222.222.222.222 xost adapterining lokal manzili, ya’ni 49-BD-D2-C7-
56-2A bo‘lishi kerak deb o‘ylashi mumkin. Biroq bu xato. Agar
uzatuvchiadapter buLAN-manzildan foydalansa, 1 lokal tarmoq
adapterlaridan birortasi o‘z tarmoq sathiga uzatilgan IP-deytagrammani
uzatmay qo‘yadi, chunki oluvchining kadrdagi manzili 1-lokal tarmoq
adapterining birorta LAN-manzili bilan mos tushmaydi. Uzatilgan
deytagramma shunchaki o‘ladi. Agar 5.4-rasmga e’tibor bilan qaralsa, 2
lokal tarmoqqa deytagramma uzatish uchun uni marshrutizator
interfeysiga 111.111.111.110 manzili bo‘yicha jo‘natish kerakligini
ko‘rish mumkin. 111.111.111.111 xosti ma’lumotlar harakatining
jadvalida (marshrutlashtirish jadvalida) 222.222.222.222 xostiga
mo‘ljallangan
deytagrammalarni
marshrutizator
interfeysiga
111.111.111.110 manzili bo‘yicha jo‘natish lozimligi ko‘rsatilishi
kerak..Shunday qilib, kadrni oluvchi lokal manzili maydonida
111.111.111.110,
ya’ni
Ye6-Ye9-00-17-VV-4V
marshrutizatori
interfeysi adapterining manzilini ko‘rsatish lozim.Uzatuvchi xost
111.111.111.110 tugunning lokal manzilini qanday qilib bilishi
mumkin? ARP protokoli yordamida.Uzatuvchi adapter bulokal manzilni
olgani zahoti, u kadr yaratadi va uni 1-lokal tarmoqqa uzatadi.1-lokal
tarmoq marshrutizatori adapteri kanal sathidagi bu kadr unga
manzillashtirilganini ko‘radiva shu sababdan kadrni marshrutizatorning
tarmoq
sathiga
jo‘natadi.
IP-deytagrammasi
jo‘natuvchi
xostdanmarshrutizatorga muvaffaqiyat bilan uzatildi! Biroq biz hali
tugatmadik. Biz endi deytagrammani marshrutizatordan oluvchiga
jo‘natishimiz kerak.
Endi marshrutizatordeytagrammani qaysi interfeys orqali jo‘natish
lozimligini aniqlashi kerak. Tanlov marshrutizatorda saqlanadigan
marshrutlash jadvali yordamida amalga oshiriladi. Bu jadvalda
marshrutizator deytagrammani 222.222.222.220 interfeysi orqali uzatish
lozimligini ko‘rsatuvchi yozuvni topadi. Bu interfeys deytagrammani
o‘z adapteriga uzatadi, adapter deytagrammani yangi kadrga
joylashtiradi va kadrni 2- lokal tarmoqqa jo‘natadi. Endi kadrning LAN-
manzili uni oluvchini ko‘rsatadi. Marshrutizator uning LAN-manzilini
qanday biladi? ARP protokoli yordamida, albatta! Ethernet-tarmog‘i
uchun ARP protokoli RFC826 bilan belgilangan.