105
3.1.4-rasm. Lokal tarmoqning har bir tugunida IP-manzil, tugunning
har bir adapterida esa LAN-manzil bor.
Shunday qilib, ARP-modul IP-manzilni uzelning LAN-manziliga
o‘zgartiradi. Bu ko‘p jihatdan xost nomlarini IP-manzillariga o‘zgartirib
beruvchi DNS tizimiga o‘xshaydi. Biroq manzillarni o‘zgartiruvchi bu
ikkita tuzilma o‘rtasidagi muhim farq shundaki,
DNS xostlar nomlarini
IP manziliga butun Internetda o‘zgartiradi, ARP protokoli esa faqat bitta
lokal tarmoq doirasidagi IP-manzillar bilan shug‘ullanadi.
Har bir tugunning ARP-modulida ARP-jadval saqlanadigan
operativ xotira qurilmasi bor. Bu jadvalda lokal tarmoq xostlarining IP-
manzillari va ularga tegishli LAN-manzillar yozib qo‘yilgan. Quyida
222.222.222.220 tugun uchun ARP-jadvalning namunasi keltirilgan
(3.1.2-jadval).
Jadvalda, shuningdek, manzillarning har bir jufti uchun
yashash vaqti maydoni ham keltirilgan (Time To Live, TTL), unda bu
yozuv qachon jadvaldan olib tashlanishi ko‘rsatiladi. E’tibor bering,
jadvalda lokal tarmoqning barcha tugunlari uchun yozuv bo‘lishi
shart
emas. Masalan, ba’zi bir tugunlar uchun yozuvlvr olib tashlangan,
chunki ularning yashash vaqti tugagan, boshqa tugunlar uchun yozuvlar
esa umuman hech qachon bu jadvalga tusha olmaydi. Yashash vaqtining
odatiy qiymati - ARP-jadvalga yozuv kiritilgan ondan boshlab 20 minut
bo‘ladi.
Endi faraz qilaylik, 222.222.222.220 tugun o‘sha lokal tarmoqning
boshqa tuguniga deytagramma jo‘natmoqchi bo‘lsin. Buning uchun
uzatuvchi tugun oluvchi tugunning IP-manzili bo‘yicha uning LAN-
manzilini bilishi kerak. Agar uzatuvchi
tugunning ARP-jadvalida
oluvchi tuguni uchun yozuv bo‘lsa, bu qiyin masala emas. Xo‘sh, ARP-
jadvalida bundayyozuv bo‘lmasa nima qilish kerak? Masalan,
106
222.222.222.220 tuguni 222.222.222.222 tuguniga deytagramma
jo‘natishni hohlasin. Bu holda uzatuvchi tugunARP protokoli yordamida
unga kerakli manzilni aniqlaydi.
Avvaliga uzatuvchi tugunmaxsus ARP paketini shakllantiradi. Bu
paketda bir necha maydon mavjud bo‘lib, ular orasida uzatuvchi va
qabul qiluvchi tugunlarning IP-manzillari i LAN-manzillari bor. Ikkala
ARP-paketlar uchun (so‘rov va javoblar uchun)
bitta formatdan
foydalaniladi. So‘rovli ARP-paketning maqsadi lokal tarmoqning barcha
boshqa tugun-larini so‘roqlab chiqish va bizni qiziqtirayotgan IP-
manzilga tegishli LAN-manzilni aniqlashdan iborat.