Tarmoq texnologiyalari




Download 7,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/225
Sana12.12.2023
Hajmi7,35 Mb.
#117020
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   225
Bog'liq
Begbutayev A Yusupov RUquv qollanma tarmoq texnologiyalari Kitob

 


109 
3.1.7. IGMP protokoli 
RFC2236 ning 2-versiyasida belgilangan IGMP protokoli (Internet 
Group Management Protocol — guruhlarni boshqarish tarmoqlararo 
protokoli) xost va u bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulangan marshrutizator 
o‘rtasida ishlaydi (bu marshrutizatorni kirishdeytagrammasi yo‘lidagi 
birinchimarshrutizator yoki chiqish deytagrammasi yo‘lidagi oxirgi 
marshrutizator deb qarash mumkin). 3.1.6-rasmda uchta guruhiy 
marshrutizator tasvirlangan, ularning har biri lokal interfeys orqali bir 
juft xostlar bilan ulangan. Ushbu misolda lokal interfeys lokal tarmoq 
bilan bog‘langan va qoida bo‘yicha lokal tarmoqning bir necha xosti u 
yoki bu jo‘natma guruhi a’zosi hisoblanadi.
IGMP protokoli xostga u bilan ulangan marshrutizatorga 
axborotlash-tirish vositasini taqdim etadi, unga ko‘ra xostda ishlayotgan 
ilova jo‘natmaning muayyan guruhga qo‘shilishni hohlaydi. IGMP 
protokolining xost va u bilan ulangan marshrutizator bilan amal qilish 
sohasiningcheklanganligini 
hisobga 
olsak,Internetda 
guruhiy 
marshrutizatorlarni (qo‘shilgan marshrutizatorlarni ham hisobga olgan 
holda) muvofiqlashtirish uchun o‘z-o‘zidan ravshanki, boshqa 
protokollar kerak. Guruhiy marshrutizatorlarni muvofiqlashtirish 
masalasini PIM, DVMRP va MOSPF turidagi tarmoq sathi guruhiy 
marshrutlash protokollari hal etadi. Shunday qilib, Internetda tarmoq 
sathidagi guruhli jo‘natma ikkita bir-birini to‘ldiruvchi tashkil 
etuvchidan – IGMP protokoli va guruhli marshrutlash protokollaridan 
iborat bo‘ladi. 
Garchi IGMP protokolini “guruhlarga a’zolik protokoli” deb atalsa 
ham bu termin kishini chalg‘itishi mumkin, chunki xost va u bilan 
ulangan marshrutizator o‘rtasida amal qiladi. O‘z nomiga qaramasdan 
IGMP protokolijo‘natma guruhiga kiruvchi barcha xostlarda ishlamaydi. 
Amalda jo‘natma guruhlariga a’zolikni boshqaruvchi va guruhning 
barcha Internet – xostlarida ishlovchi tarmoq sathi protokoli mavjud 
emas. Masalan, xostga guruhga qo‘shilgan barcha boshqa xostlar 
identifikatorlarini aniqlash imkonini beradigan tarmoq sathi protokoli 
mavjud emas. 


110 

Download 7,35 Mb.
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   225




Download 7,35 Mb.
Pdf ko'rish