• 3.1.2-rasm. 4 ta kommutator (switch) vositasida birlashtirilgan kommutatsiyalanadigan lokal tarmoq.
  • Tarmoq texnologiyalari




    Download 7,35 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet67/225
    Sana12.12.2023
    Hajmi7,35 Mb.
    #117020
    1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   225
    Bog'liq
    Begbutayev A Yusupov RUquv qollanma tarmoq texnologiyalari Kitob

    Ishchi stansiyalar deb nomlanuvchi bunday kompyuterlarda oddiy 
    foydalanuvchilar ishlaydi. 
    Odatda ishchi stansiyalar nisbatan oddiy qurilmalar sinfiga kiradi.
    Operatsion tizimning boshqa turiga server OT kiradi — u o‘z 
    kompyuteri resurslariga tarmoqdan so‘rovlarni qayta ishlashga 
    yo‘naltirilgan va asosan tarmoq xizmatlarining server qismlarini o‘z 
    ichiga oladi. Boshqa kompyuter so‘rovlariga xizmat qiluvchi server OT 
    o‘rnatilgan kompyuter tarmoqning ajralgan serveri deyiladi. Ajralgan 
    serverda oddiy foydalanuvchilar odatda ishlamaydi.
    Kommutatsiyalanadigan lokal tarmoqlar (Switched LANs) 
    3.1.2-rasmda 3ta bo‘limni, 2 ta serverni marshrutizator va 4 ta 
    kommutator (switch) birlashtiradigan kommutatsiyalanadigan lokal 
    tarmoqqa misol keltirilgan. Bu kommutatorlar kanal sathida ishlagani 
    uchun ular kadrlarni, tarmoq sathi manzillarini tanimagan va tarmoq 
    orqali marshrutni aniqlash uchun 
    RIP yoki OSPF turidagi 
    marshrutlashtirish protokollaridan foydalanmagan holda, kanal sathida 
    kommutatsiyalaydi. (Tarmoq sathidagi deytagrammalarga o‘xshab).
    3.1.2-rasm. 4 ta kommutator (switch) vositasida birlashtirilgan 
    kommutatsiyalanadigan lokal tarmoq. 


    102 
    3.1.4. Lokal tarmoqlarda manzillashtirish va ARP protokoli 
    Lokal tarmoq tugunlari(LAN) bir-biriga kadrlarni keng 
    eshittirishli kanal orqali yuboradi. Bu degani, lokal tarmoqning bir 
    tugunidan uzatilgan kadr lokal tarmoqning barcha boshqa tugunlari 
    tomonidan qabul qilinadi demakdir. Biroq, qoida bo‘yicha, kadrni 
    tarmoqning barcha tugunlariga emas, muayyan bitta tuguniga uzatish 
    zarur.Unga shuday imkoniyatni taqdim etish uchun, lokal tarmoqning 
    tugunlarida manzil bo‘lishi kerak va oluvchining manzili kanal sathidagi 
    kadrning maydonida ko‘rsatilishi kerak. Bu holda kadrni olib, tugun bu 
    kadrgami yoki lokal tarmoqning boshqa bir tuguniga mo‘ljallanganlini 
    aniqlashi mumkin. Agar kadrdagi oluvchining manzili tugundagi bu 
    kadrni olganning manzili bilan mos tushsa, tugun kanal sathidagi 
    kadrdan tarmoq sathi deytagrammasini chiqarib oladi va uni 
    protokollar steki orqali yuqoriga uzatadi. Agar kadrdagi oluvchinining 
    manzili tugundagi bu kadrni olganning manzili bilan mos tushmasa, 
    tugun bu kadrni oddiygina tashlab yuboradi. Amalda lokal tarmoq 
    manzili tugunda emas, tarmoq adapterida mavjud bo‘ladi. 
    3.1.2-rasm shuni aks ettiradi. Lokal tarmoqdagi manzilni, yoki LAN-
    manzilni, shuningdek fizik manzil, Ethernet-manzilyoki MAS-manzil 
    (Media Access Control — eltuvchiga kirishni boshqarish) deb ham 
    atashadi Lokal tarmoqlarning ko‘pchiligida (Ethernet-tarmoqlar va 
    markerni uzatish tarmoqlari ham) LAN-manzil 6-baytli son 
    bo‘lib,umumkin bo‘lgan 2
    48 
    manzillardan foydalanish imkonini beradi. 
    3.1.3-rasmda ko‘rsatilganidek, bu 6-baytli manzillar, qoidaga ko‘ra,o‘n 
    oltita raqamdan iborat qator ko‘rinishida tasvirlanadi, bunda manzilning 
    \har bir baytio‘n oltidan iborat raqamlarning juftligi ko‘rinishida 
    yoziladi. Lokal tarmoqdagi adapterning manzili o‘zgarmas bo‘ladi. Bu 
    manzil adapterni tayyorlash chog‘ida uning xotirasiga joylashtiriladi. 

    Download 7,35 Mb.
    1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   225




    Download 7,35 Mb.
    Pdf ko'rish