98
Bunday serverlarga texnik xizmat va xizmat koʻrsatish katta
xarajatlar talab qilinar edi, chunki ishchi stansiyalar boshqarar edi.
Keyinchalik disk-serverlarni faylli serverlar (File-Server) bilan
almashtirishdi. Bunda boshqarish vazifalarini server oʻziga oldi. Ishchi
stansiya resurslariga kirishni qoʻshimcha chegaralash uchun yangi
imkoniyatlar tugʻildi. Yakka ShK afzalligi bu koʻp sonli amaliy dasturlar
bilan avtonomli ishlash. Buning uchun unga markaziy kompyuter
resurslariga kirish kerak emas. Bunday ishlashni kamchiligi esa, qayta
ishlangan maʻlumotlarni saqlash lokal tariqasida boʻladi. Yaʻni, bu
maʻlumotlar bilan boshqa foydalanuvchilar ham ishlamoqchi boʻlsa,
ularni avval saqlash kerak yoki diskga nusxa koʻchirish kerak.