1. Kompyuter nima hardware, software Kompyuter nima




Download 91,02 Kb.
bet1/18
Sana14.05.2024
Hajmi91,02 Kb.
#231246
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
1. Kompyuter nima hardware, software-fayllar.org


1. Kompyuter nima hardware, software

1.Kompyuter nima (hardware, software)? Protsessor (CPU).


Kompyuter - bu ma’lumotlarni saqlaydigan(sonlar, so’zlar, rasmlar), qurilmalar bilan bog’lanadigan(monitor, ovoz tizimi, printer) va dasturlarni bajaradigan mashina.Software – kompyuerda ishlatiladigan dasturlar.Hardware – kompyuterning qattiq qismi bo’lib, unga kompyuterning o’zi va kompyuterga bog’lanadigan barcha qurilmalar kiradi. Markaziy protsessor kompyuterning “miyasi” hisoblanadi. U ikki qismdan iborat bo’ladi:Nazorat qismi(control unit);
Arifmetik/mantiqiy qismi(arifmethic/logic).
Nazorat qismi kompyuter komponentlarining harakatini nazorat qiladi va yo’naltirib turadi.Arifmetik/mantiqiy qismi esa, sonli(qo’shish, ayirish, ko’paytirish va bo’lish) va mantiqiy(taqqoslashlar) amallarni bajaradi. Markaziy protsessorlarning asosiy tashkil etuvchisi tranzistorlar hisoblanadi.Har bir kompyuterda doimiy ravishda chiqarilgan elektron pulslarni o’lchaydigan ichki soatlar mavjud. Ushbu pulslar operatsiyalar tezligini nazorat qilish va sinxronlash uchun ishlatiladi. Yuqori soat tezlikli kompyuter berilgan vaqt ichida ko’p amallarni bajarish imkoniga ega bo’ladi. Soat tezligining o’lchov birligi gerts(Hz) hisoblanadi. 1 gerts bir sekunddagi 1 pulsga teng. 1990 yillarda protsessorning soat tezligi megagertslarda(MHz) o’lchanardi, ammo hozirgi vaqtaga kelib rivojlanish natijasida gigagertslarda(GHz) o’lchanadi.Intel protsessorlarining hozirgi tezligi 3GHz ni tashkil qilmoqda.
2.Bitlar va baytlar. Xotira (RAM).Kompyuter –bu bor-yo’gi almashishlar ketma-ketligi hisoblanadi. Har bir almashishlarda ikki holat mavjud: ha(on) yoki yo’q(off). Kompyuterda axborotni tasvirlash uchun mana shu oddiygina almashishlar ketma-ketligidan foydalaniladi. Agar almashishning holati ha bo’lsa, uning qiymati 1 ga, yo’q bo’lsa 0 ga teng bo’ladi. 0 va 1 lar ikkilik sanoq sistemasining raqamlari hisoblanadi va ular bitlar deb nomlanadi.
Xotiraning eng kichik o’lchov birligi bayt. 1 bayt 8 bitdan iborat. Misol uchun 3 singari kichik raqamlar 1 baytga joylashadi. Agar kattaroq sonlar 1 baytga sig’maydigan bo’lsa, kompyuter boshqa baytlardan foydalanadi.
Sonlar va belgilar ko’rinishidagi ma’lumotlar baytlar ko’rinishiga o’tkaziladi(shifrlanadi). Shifrlash jarayonini Siz dasturchi sifatida o’ylamasangiz ham bo’ladi. Uni kompyuterning o’zi shifrlash sxemasiga ko’ra avtomatik ravishda shifrlaydi va deshifrlaydi. Shifrlash sxemasi-bu sonlar, belgilar va simvollarni kompyuter ishlay oladigan ma’lumotlar ko’rinishiga o’tkazish qoidalari to’plamidir. Ko’pgina sxemalar har bir belgini oldindan aniqlangan bitlar ketma-ketligi ko’rinishiga o’tkazadi. Misol uchun, eng mashhur shifrlash sxemasi -ASCII ga ko’ra C belgisi bir baytga joylashadi va u 01000011 ko’rinishida tasvirlanadi.
Kompyuter xotirasi o’lchov birligi – bayt.
Kilobayt ~ 1000 bayt;
Megabayt ~ 1 million bayt;
Gigabayt ~ 1 miliard bayt;
Terabayt ~ 1 trillion bayt.
Odatdagi bir sahifali Word hujjat 20 KB atrofida bo’ladi. Shuning uchun, 1 MB 50 sahifali, 1 GB esa, 50000 sahifali hujjatdan iborat bo’ladi. Ikki soatlik yuqori sifatdagi film 8 Gb joy talab qiladi. Xuddi shunday 20 ta film uchun 160 Gb joy talab etiladi. Kompyuter xotirasi tartiblangan baytlar ketma-ketligidan tashkil topgan. Xotiradagi har bir bayt takrorlanmas adresga ega. Adres ma’lumotni baytga joylashtirish va uni olish uchun ishlatiladi. Xotirdagi baytlarda joylashgan ma’lumotlardan ixtiyoriy tartibda foydalanish mumkin. Xotirani yana boshqacha nom bilan RAM(random-access memory ham deyishadi.
3.Tashqi xotira (storage devices). kompyuter o`chirilgandan so`ng tezkor xotiradagi ma`lumotlar o`chib ketadi va kompyuter qayta yoqilganda bu ma`lumotlarni qayta tiklab bo`lmaydi. sShuning uchun ma`lumotni saqlashda elektr energiyasiga bog`liq bo`lmagan ma`lumotlarni saqlash qurilmalaridan foydalaniladi.Barcha tashqi qurilmalar elektr energiyasiga bog`liq bo`lmagan holda ma`lumotlarni saqlaydi. Xozirgi kunda barcha tasqi xotira qurilmalari quyidagi turlarga bo`linadi: magnitli saqlash qurilmasi, optik saqlash qurilmasi, elektr saqlash qurilmasi. magnitli saqlash qurilmalari kompyuterga o`rnatladigan asosiy saqlash vositasi hisoblanadi. Bu turdagi otira qurilmasining asosi, ya`ni barcha ma`lumotlar magnit asosga ega bo`lgan matriallarda saqlanadi. Optik disklarga ma`lumot lazer nurlari orqali yoziladi va o`qiladi. Elektr saqlash qurilmasida ma`lumotlar mikroshemalar orqali yaratilgan va programmalashtirilgan xotirada saqlanadi.
4.Kiritish va chiqarish qurilmalari (input, output devices). Aloqa qurilmalari (communication devices).
kiritish va chiqarish qurilmalariga manitor, klaviatura, skaner, printerlar kiradi. Sichkocha kurilmasi 1964 yil D.Enjeblat tomonidan kashf etilgan bulib, ilk bor 70-yillar boshlarida Xerox korporatsiyasi tomonidan chikarilgan.Sichkoncha va trekbol kompyuterga axborotni kiritishning koordinatali kurilmalari xisoblanadi. Ular klaviaturaning urnini tuligicha almashtira olmasada, ancha qulayliklarga egadir. Bu kurilmalar asosan ikkita yoki uchta boshkaruv tugmalariga ega. Trekbol – «ag’darilgan» sichkonchani eslatuvchi kurilmadir.Trekbolda uning korpusi emas, balki sharcha xarakatga keltiriladi.Bu esa kursorni boshkarish anikligini ancha oshirishga yordam beradi. Kushimcha kurilmalarga printer, skaner, ovoz kolonkalari, modem, grafokuruvchi, plaNChet, joystik, nurli pero, videokon`ektor va boshkalar kiradi.
Klaviatura foydalanuvchi uchun muhim qurilma bo’lib, uning yordamida SHK ga qiymatlar, buyruqlar va boshqarish tasirlari kiritiladi. Klavishalarga lotin va rus alfavita harflari: o’nli raqamlar; matematik, grafik va maxsus xizmat belgilari; tinish belgilari; ba’zi buyruqlar, jadvallar nomlari va b. belgilangan. Bosuvchi qurilmalar (printerlar) - bu qiymatlarni EHM dan chiqarish qurilmasi bo’lib, u ma’lumotning ASCII kodlarini ularga mos kelgan grafikli belgilarga (harflar, raqamlar, ishoralarga va sh.u.) o’zgartiradi va bu belgilarni qog’ozda qayd etadi.
5.Dasturlash tillari (machine language, assembly language, high-level language).Mashina tili- Har qanday kompyuter to’g’ridan-to’g’ri tushunadi. 0 va 1 lardan iborat raqamlar ketma-ketligi.
Translyatorlar- Assembler tili. Dastur kodini erta bosqichda mashina tiliga o’giradi.
Yuqori bosqichli tillar- Ingliz tilida buyruqlari mavjud. C++, C, Java kabi tillar.
Yuqori darajali tillar 1950 yillarda paydo bo’lgan. Ular platformaga bog’liq bo’lmagan dasturlash tillari hisoblanadi.
Yuqori darajali tillarda yaratiladigan dastur ketma-ketligi operatorlar(statement) da yoziladi.
Yuqori darajali dasturlash tilida yozilgan dastur manba kodi(source code) yoki manba dasturi (source program) deyiladi. Chunki computer manba dasturini bajarmaydi, uni bajarish uchun manba dasturi mashina tiliga o’girlishi kerak. Kompyuter faqat mashina tilidagi kodni bajaradi. O’girish jarayoni interpretator yoki kompilyator deb nomlangan boshqa dasturiy vositalar orqali amalga oshiriladi.
6.Operatsion tizimlar (controlling, monitoring, allocating, assigning, scheduling). C++ tarixi (BCPL, B, C, C++). Operatsion tizim(OT) kompyuterda ishga tushadigan eng muhim dastur hisoblanadi. OT kompyuter tashkil etuvchilarini boshqaradi va nazorat qiladi. OT asosiy vazifalari: Tizim faoliyatini monitoring va nazorat qilish
Tizim resurslarini ajratish va tayinlash Operatsiyalarni rejalashtirish
7.C++ da eng sodda dastur (console, console input, console output, main, comment).
Dastur yozish jarayoni bu – dastlab, muammoni yechish strategiyasini ishlab chiqish, so’ngra bu strategiyani amaliyotga tadbiq qilish uchun dasturlashtilidan foydalanishdir.
Dastur tuzish uchun biror muammo qo’yilgan bo’lishi lozim. Misol uchun muammo sifatida doiraning yuzini hisoblashni qaraymiz. Bu muammoni yechish uchun dastur qanday yoziladi?
Dasturni yozish uchun uning dastlab algoritmi yaratiladi va u dasturlash instruksiyasiga yoki kodga tarjima qilinadi. Algoritm muammo yechimin iamallar ketma-ketligi orqali tavsiflash va bu ketma-ketlikning qat’iy tartib asosida bajarilishini ta’minlash jarayoni. Algoritmlar dasturchiga dasturni dasturlash tilida yozishdan oldin uning rejasini tuzib olishga yordam beradi.
Algoritmlar tabiiy tilda yoki psevdokodda (pseudocode – tabiiy til va biror dasturlash tili aralashmasi) tasvirlanadi.
8.Sintaktik xatoliklar (syntax error, compile error).



Download 91,02 Kb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Download 91,02 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1. Kompyuter nima hardware, software Kompyuter nima

Download 91,02 Kb.