|
1. Kompyuter nima hardware, software Kompyuter nima
|
bet | 9/18 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 91,02 Kb. | | #231246 |
Bog'liq 1. Kompyuter nima hardware, software-fayllar.orgbreak va continue – kalit so`zlari siklda qo`shimcha boshqaruv imkoniyatlarini taqdim etadi.
Avvalroq break kalit so`zini switch operatorida qo`llashni ko`rganmiz. Bundan tashqari, break ni sikl tarkibida ham, siklni darhol to`xtatish uchun qo`llashimiz mumkin.
49.Funksiya aniqlanishi(defining a function, value returning function, void function).
Funksiyani aniqlash quyidagilardan tashkil topgan bo’lishi lozim: funksiya nomi, parametrlari, qiymat qaytarish turi va tanasi.
Funksiyani aniqlash sintaksisi quyidagicha:
qiymatQaytarishTuri funksiyaNomi( parametrlar )
{
//Funksiya tanasi
}
Funksiya aniqlanishi – funksiya sarlavhasi va figurali qavsga (‘{‘,’}’) olingan qandaydir amaliy mazmunga ega tanadan iborat bo‘ladi. Agar funksiya qaytaruvchi turi void turidan farqli bo‘lsa, uning tanasida albatta mos turdagi parametrga ega return operatori bo‘lishi shart. Funksiya tanasida bittadan ortiq return operatori bo‘lishi mumkin. Ularning ixtiyoriy birortasini bajarish orqali funksiyadan chiqib ketiladi. Agar funksiyaning qiymati programmada ishlatilmaydigan bo‘lsa, funksiyadan chiqish uchun parametrsiz return operatori ishlatilishi mumkin yoki umuman return ishlatilmaydi. Oxirgi holda funksiyadan chiqish – oxirgi yopiluvchi qavsga yetib kelganda ro‘y beradi.
50.Funksiyani chaqirish(calling a function, stack, activation record).
Funksiyani chaqirish – funksiyadagi kodning bajarilishidir.
Funksiyani yaratayotganda u nima bajarishini aniqlab olish zarur. Funksiya yaratilgandan so’ng ubu chaqirish lozim. Funksiyalarni chiqirshning ikki yo’li mavjud: qiymat qaytarish yoki qaytarmasligiga bog’liq.
Funksiyaning chaqirilishi:
51.Qiymat qaytarmaydigan funksiyalar (void functions, return in void function). Funksiya qiymat qaytarishi mumkin. Qaytariluvchi qiymat turi – bu o`sha qaytariluvchi qiymatning ma’lumot turi. Ba’zi hollarda funksiya tomonidan qiymat qaytarmasligi talab qilinadi. Bundan hollarda qaytariluvchi qiymat turivoid – kalit so`zi orqali ifodalanadi. Misol uchun, qaytariluvchi qiymat turisrand funksiyasida void hisoblanadi. Bajarilishdan so`ng qiymat qaytaruvchi funksiyalar qiymat qaytaruvchi funksiyalar,qiymat qaytarmaydigan funksiyalar esa, void funksiyalar deb ataladi.
Funksiya tarkibida e’lon qilingan o`zgaruvchilarni formal parametrlar yoki oddiy qilib, parametrlar deb atash mumkin. Parametr o`rin egallovchiga o`xshaydi. Funksiya chaqirilganda parametrlarga qiymat kiritamiz. Bu qiymat faol parametr yoki argument sifatida kiritiladi. Funksiyaning parametrlar ro`yxati turni, tartibni va funksiyadagi parametrlar sonini ifodalaydi. Funksiya nomi va parametrlar ro`yxati birgalikda funksiya bosh qismi ni tashkil etadi. Funksiyada parametrlarni ishlatish majburiy emas, funksiya parametrlarga ega bo`lmasligi ham mumkin. Masalan, rand() funksiyasi parametrga ega emas. Funksiya tanasi, funksiya chaqirilganda hisoblanishi lozim bo`lgan ko`rsatmalar jamlanmasidan iborat. max funksiyasininig tanasida ikki sondan kattasini aniqlovchi if operatoridan iborat. Natijani qaytarishga mo`ljallangan qaytarish ko`rsatmasi return– kalit so`zi orqali beriladi. U funksiya tomonidan bajarilgan hisoblashlar natijasi bo`1gan qiymatni qaytarishga mo`ljallangan. return ko`rsatmasi ishlatilgandan so`ng funksiyadan chiqiladi.
54.Funksiyalarni qayta yuklash (overloading funkstions).
Funksiyalarniqayta yuklash funksiyalarni bir xil nom, turlicha bosh qismibilan e’lon qilinishini ta’minlaydi. Avvalroq o`rganganimiz, max funksiyasi faqat int ma’lumot turi bilan ishlaydi. Agar biz ikki haqiqiy sonlardan kattasini topishimiz kerak bo`lib qolsachi? Bu masalani hal etish uchun, quyidagi kodda keltirilgani kabi, bir xil nom bilan, biroq parametrlari turlicha bo`lgan boshqa bir funksiyani hosil qilish lozim:
|
| |