|
22-dars. Ms excelda matematik amallar va funksiyalarni qo‘llash mavzusini takrorlash Darsning maqsadi: Ta’limiy
|
Sana | 27.01.2024 | Hajmi | 22,35 Kb. | | #147069 |
Bog'liq 8-sinf Informatika dars ishlanma. MS Excelda matematik amallar va funksiyalarni qo\'llash takrorlash darsi
22-dars. MS Excelda matematik amallar va funksiyalarni qo‘llash mavzusini
takrorlash
Darsning maqsadi:
Ta’limiy: o‘quvchilarga Excelda matematik amallar va funksiyalarni qo‘llash imkoniyatlari haqida ma’lumot berish, ularda standart funksiyalarni qo‘llay olish ko‘nikmasini hosil qilish.
Tarbiyaviy: o’quvchilarni informatikaga bo`lgan qiziqishini orttirish, estetik ruhda tarbiyalash, vatanga muhabbatli , mehrli , oqibatli insonlar qilib tarbiyalash, , buyuk ajdodlar merosi ma`naviyatimiz asosi ekanligini singdirish.
Rivojlantiruvchi: matematik amallar, matematik funksiyalar, mantiqiy funksiyalar, statistik funksiyalar, matn funksiyalari ushunchalarini mustahkamlash.
F.K2:Ахборотларни электрон воситаларда qayta ishlash ва saqlash kompetensiyasi
F.K3:Axborotlarni elektron vositalar orqali uzatish kompetensiyasi
T.K:Ахборот билан ишлаш
Dars turi: mavzu bo`yicha yangi tushuncha berish, bilimlarni shakllantirish.
Dars metodi: an`anaviy, amaliy, klaster, interfaol usullar.
Dars jihozi: texnik vositalar, plakatlar, tarqatma kartochkalar, darslik, elektron dars ishlanmasi.
Darsning borishi:
Tashkiliy qism. ( 3 daqiqa)
O`tilgan mavzuni takrorlash: (8 daqiqa)
Yangi mavzuni tushuntirish: ( 15 daqiqa)
Yangi mavzuni mustakamlash: (15 daqiqa)
O`quvchilarni baholash: (2 daqiqa)
Uyga vazifa berish: (2 daqiqa)
I.Tashkiliy qism:
salomlashish
davomatni aniqlash
sinf jurnalini tekshirish
II. O’tilgan mavzuni takrorlash: Excelda matematik amallar va funksiyalarni qo‘llash mavzusi bo`yicha savol-javob o`tkaziladi.
Mavzuni boshlashga hozirlik:
O‘qituvchi tomonidan kompyuterlar ishga tayyorlanadi. Informatikadan mavzuga mos elektron qo‘llanmalar kompyuterga yuklanadi. Excel elektron jadvali ishchi holatga keltiriladi.
Mavzuni yoritish:
Dars amaliy shaklda olib boriladi.
Quyidagi mashqlarni Excelda bajarish jarayonini tashkil eting.
1. Tug‘ilgan vaqtingizdan buyon necha yil va oy yashaganingizni joriy yil yozilgan katakchaga murojaat orqali hisoblang.
2. Tomonlari A va B bo’lgan parallelogrammning perimetri va yuzini hisoblang.
3. Quyonning tezligi A m/s, baliqni tezligi B km/soat. Ularni tezliklarini taqqoslab A7 katakchada “Quyonni tezligi katta” yoki “Baliqni tezligi katta” yozuvini aks ettiring (yo’llanma: baliqni tezligini m/s ga o’tkazing, ЕСЛИ funksiyasini qo’llang).
4. A1 va B2 katakchadagi sonlardan kattasini 3-belgisini C3 katakchada aniqlang.
5. A1 katakchadagi butun sonni B1 katakchadagi natural songa bo’lganda butun qismini A2 katakchada, qoldig’ini B2 katakchada aniqlang.
6. A1:A6 va B2:B5 katakchalardagi sonlardan kichigini 3-raqamini D1 katakchada aniqlang.
7. A1 va B2 katakchadagi sonlardan kichigini birinchi raqamini D2 katakchada aniqlang.
8. C1:D6 katakchalarga sonlar kiritib ulardan eng kattasini 1- va 2- raqamlari ko’paytmasini A2 katakchada aniqlang.
Mavzuni mustahkamlash va yakunlash:
O‘quvchilarga interfaol usulda darslikdagi savollar orqali murojaat etiladi.
O`quvchilarni baholash: 5 ballik reyting tizimida.
Uyga vazifa:
Qolgan mashqlar.
O’IBDO’:
|
| |