• Mantiqiy xatoliklar.
  • 1. Kompyuter nima hardware, software Kompyuter nima




    Download 91,02 Kb.
    bet2/18
    Sana14.05.2024
    Hajmi91,02 Kb.
    #231246
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
    Bog'liq
    1. Kompyuter nima hardware, software-fayllar.org

    Sintaksis xatolik. Kompilyator tomonidan aniqlangan xatoliklar sintaksis xatoliklar yoki kompilyatsiya xatoliklari deyiladi. Sintaksis xatolik dastur kodini mashina kodiga kompilyatsiya qilish jarayonida kompilyator tomonidan aniqlanadi. Sintaksis xatolik kod tuzilishi buzilganda, kalit so‘zlardagi xatolik, zaruriy belgilarni tashlab ketish, qo‘llanilishi mumkin bo‘lmagan belgilar yozilganda, faqat dastur kodini terishda ishlatiladigan kalit so‘zlar dastur ichida oddiy so‘z sifatida qo‘llanilganda va boshqa shu kabi hollarda yuz beradi.
    9.Dastur bajarilish vaqtidagi va mantiqiy xatoliklar (runtime error, logic error)
    Mantiqiy xatoliklar. Dasturda mantiqiyxatoliklar kutilgan natija olinmaganda sodir bo‘ladi. Bu holat turli sabablarga ko‘ra yuzaga keladi. Misol tariqasida quyidagi dasturni ko‘ribchiqamiz:
    #include using namespace std int main() {
    cout << "Selsiy 35 darajasining Farangeytdagi ko‘rsatkichi" << endl;
    cout << (9 / 5) * 35 + 32 << endl;
    return 0; 10 }
    Natija: Selsiy 35 darajasining Farangeytdagi ko‘rsatkichi 67
    Dastur Selsiy 35 darajasi Farangeytning 67 darajasiga teng degan noto‘g‘ri natija berdi. Natija 95 bo‘lishi kerak edi. C++da butun qiymatlar o‘rtasida bo‘lish amali bajarilganda natijaning butun qismigina uzatiladi: 9/5=1. To‘g‘ri natijani olish uchun esa 9.0/5 ko‘rinishda kiritilishi lozim.
    Umuman olganda, sintaksis xatolikni aniqlash juda oson, chunki uni kompilyator ko‘rsatib beradi. Runtime xatoligi ham u qadar murakkab emas, unda dastur strukturasi yoki qaysidir operatorning noto‘g‘ri kiritilganlini dastur kodini qaytadan ko‘rib chiqish orqali aniqlash mumkin. Mantiqiy xatolikni aniqlash esa umuman boshqa masala. Bu turli vaziyatlarda sodirbo‘lishi lozim. Mantiqiy xatolikni aniqlash uchun bajarilishi lozim bo‘lgan masalaning nazariyasi va dasturlash tili qonuniyatlarining mutanosibligini ko‘rib chiqish, fikrlash orqali aniqlash mumkin bo‘ladi.
    10.Sodda dastur yozish (problem, algorithm, pseudocode). Klaviaturadan o’qish (input, prompt).
    Dastur yozish – algoritmni dastur ko’rinishiga aylantirish jarayoni. C++ dasturida eng birinchi bajariladigan qismi main funksiyasi.
    Doira yuzi. Radiusni qiymatini dasturda saqlash uchun o’zgaruvchi e’lon qilish kerak. O’zgaruvchi kompyuter xotirasida qiymatni saqlab turadi. Doira radiusi uchun radius, yuzasi uchun area nomli o’zgaruvchilarni e’lon qilamiz. Kompilyator radius va area nomli o’zgaruvchilarning ma’lumot turini bilishi kerak. O’zgaruvchilarning turlari butun(integer), suzuvchi-nuqtali sonlar, ya’ni haqiqiy(floating-point numbres) va boshqalar bo’lishi mumkin. Bu jarayon o’zgaruvchilarni e’lon qilish deyiladi. C++ da butun, haqiqiy, belgili va mantiqiy kabi soda turlar mavjud. Bu turlar sodda ma’lumotlar turlari (primitive data types) yoki fundamental turlar (fundamental types) deyiladi.
    Klaviaturadan kiritilganlarni o’qish deganda, dastur foydalanuvchi tomonidan kiritilganlarni qabul qilishi tushuniladi>> operatorining teskarisi << operatoridir. >> operatori ma’lumot cin dan o’zgaruvchiga o’tishini anglatsa, << operatori esa, ma’lumot o’zgaruvchidan cout ga o’tishini bildiradi. Oqimdan chiqarish operatori >> o’zgaruvchini ko’rsatib turadi, oqimga kiritish operatori << esa cout ni ko’rsatib turadi.Ko’p marta kiritishni bitta buyruq(statement) orqali kiritish mumkin. Misol uchun, x1, x2, va x3 o’zgaruvchilariga kiritilgan qiymatlarni bitta buyruq yordamida o’qib olish quyidagicha amalga oshadi: cin >> x1>>x2>>x3
    11.Identifikatorlar (identifier, identifier naming rules, case-sensitive). O’zgaruvchilar (declare variable, variable naming convention).
    Identifikatorlar bu – dasturda o’zgaruvchi va funksiyalar kabi elementlarni tavsiflay oladigan nomlar.
    O’tgan dasturda ko’rgan main, son1, son2, son3 kabilar dasturlash teminologiyasida identifikatorlar deyiladi. Barcha identifikatorlar quyidagi qoidalarga bo’ysinadi:
    Identifikatorlar harflar, raqamlar va pastki chiziqcha(_)larni o’z ichiga olgan belgilar ketma-ketligi
    Identifikator har doim harfdan yoki pastki chizqdan boshlanishi lozim. U hech qachon raqamdan boshlanmasligi kerak.C++ ning kalit so’zlari identifikator bo’la olmaydi
    Identifikatorning uzunligi ixtiyoriy o’lchamda bo’lishi mumkin. Ammo 31 belgidan oshmasligi tavsiya etiladi.

    Download 91,02 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




    Download 91,02 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1. Kompyuter nima hardware, software Kompyuter nima

    Download 91,02 Kb.