1. Kompyuter nima hardware, software Kompyuter nima




Download 91,02 Kb.
bet3/18
Sana14.05.2024
Hajmi91,02 Kb.
#231246
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
1. Kompyuter nima hardware, software-fayllar.org

O’zgaruvchilar dasturda o’zgarib turadigan qiymatlarni tasvirlashda qo’llaniladi.O’zgaruvchilar aniq turdagi ma’lumotlarni namoyish qilish uchun foydalaniladi. O’zgaruvchidan foydalanish uchun, uni dastlab e’lon qilish lozim. O’zgaruvchini e’lon qilish – o’zgaruvchining turidan kelib chiqqan holda, xotiradan joy ajratishni kompilyatorga tushuntirish hisoblanadi. Quyida o’zgaruvchini e’lon qilish sintaksisi berilgan:
tur uzgaruvchiNomi;
Agarbirnechtao’zgaruvchinibirturdae’lonqilishlozimbo’lsa, uholdaquyidagichae’lonqilinadi:
turuzgaruvchi1, uzgaruvchi2, …, uzgaruvchiN;
O’zgaruvchilarvergulbilanajratiladi. Misol uchun:
int i, j, k;
12.Ta’minlash operatorlari va ta’minlash ifodalari (assignment operator, expression). Nomlangan konstantalar (constant, const keyword, benefits of constants).
Ta’minlash operatori – bu o’zgaruvchi uchun qiymat berishni anglatadi. Ta’minlash operatori C++ da ifoda sifatida qo’llsh mumkin.
O’zgaruvchi e’lon qilingacha unga ta’minlash operatori orqali qiymat beriladi. C++ da tenglik (=) belgisi ta’minlash operatori hisoblanadi. Ta’minlash operatorining sintaksisi quyidagicha:o’zgaruvchi = ifoda;
Ifoda o’zgaruvchilar, qiymatlar va operatorlardan tashkil topgan bo’lib, u ma’lum hisoblashni amalga oshirishni ko’zda tutadi.
O’zgaruvchidan = operatorining ikki tarafida ham foydalana olamiz.
x=x+1;
Bu ta’minlash operatorida x+1 ning natijasi x ga ta’minlanadi. Agar operator bajarilmasdan oldin x 1 ga teng bo’lsa, u holda operator bajarilgandan so’ng u 2 ga teng bo’ladi.O’zgruvchiga qiymat ta’minlashda, o’zgaruvchining nomi har doim = belgisidan chapda joylashish lozim.1=x; //Xatolik Agar qiymat bir necha o’zgaruvchilarga ta’minlanishi kerak bo’lsa u quyidagicha yoziladi:
i=j=k=1;
U quyidagi bilan ekvivalent:
k=1;
j=k;
i=j;
Konstanta –bu o’zgarmas qiymatni o’zida saqlaydi.
O’zgaruvchining qiymati dastur bajarilish jarayonida o’zgarishi mumkin, lekin konstantalarning qiymati hech qachon o’zgarmaydi. Yuqorida ko’rgan misollardagi π soni konstanta hisoblanadi. Konstantani e’lon qilish sintaksisi quyidagicha:
const tur KONSTANTANOMI = qiymat;
Konstantaga e’lon qilingan zahoti qiymat ta’minlanishi lozim. const so’zi C++ ning kalit so’zi bo’lib, u konstantani e’lon qilish uchun ishlatiladi.
Kelishuvga ko’ra konstantalar bosh harflar bilan yoziladi:
PI. pi yoki Pi ko’rinishlarida yozmaslik kerak.
Konstantalardan foydalanishning uchta qulay jihatlari bor:
1. bitta qiymatni qayta-qayta yozmaslik;
2. Agar konstantaning qiymatini o’zgartirish kerak bo’lsa, uni bitta joydan o’zgartirib qo’yiladi.
3. Konstanta nomlari dasturni o’qishni osonlashtiradi.
13.Sonli ma’lumotlar turlari va amallar (numeric types, int, float).
C++ da butun va haqiqiy turdagi 9 ta sonli turlar hamda +, -, *, / va % operatorlari mavjud.
Sonli turlar
Har bir ma’lumot turi o’zining qiymatlar chegarasiga ega. Kompilyator o’zgaruvchiga qaysi ma’lumot turidaligidan kelib chiqib, xotiradan joy ajratadi. C++ sonli qiymatlar, belgilar va mantiqiy qiymatlar uchun boshlang’ich ma’lumotlar turidan foydalanadi.
14.Sonli literallar (literal, octal and hexadecimal literals). Arifmetik amallarni bajaruvchi operatorlar (operator, operands, integer division, modulo).
Literallar dasturda to’g’ridan-to’g’ri qo’llaniladigan constant qiymatlar. 34 va 0.305 qiymatlari literallar hisoblanadi.
int i=34;
double footDanMetrga=0.305;
Odatda butun turli literallar o`nli butun son ko`rinishda ifodalanadi. Sakkizlik butun literaldan foydalanish uchun 0 (nol)dan oldin yoziladi. Oltilik o`lchamdagi butun literalni yozish uchun esa 0x yoki 0X ifodalari qo`llaniladi. Masalan, quyidagi kod FFFF raqamini 65535 o`nli son deb qabul qilsa, o`nlikdagi 8 soni sakkizlikdagi 10 soniga tenglashtiriladi.
cout << 0xFFFF<< " "<< 010;
Raqamli ma’lumot turlari uchun standart operatorlar tayinlangan: qo`shish (+), ayirish (-), ko`paytirish (*), bo`lish (/) va foiz (%)
15.Darajaga ko’tarish amallari (pow(a,b)). Arifmetik ifodalarda amallar bajarilish tartibi (operator precedence rule).C++ da ifodalarni hisoblash ketma-ketligi xuddi arifmetikadagi kabi amalga oshiriladi.Arifmetik ifodalarni hisoblashda dastlab, ko’paytirish, bo’lish va qoldiqni hisoblash kabi amallar bajariladi. Agar ifodada bir nechta ko’paytirish, bo’lish va qoldiqni aniqlash amallari mavjud bo’lsa, u holda chap tarafdan o’ng tarafga qarab hisoblash bajariladi.

Qo’shish va ayirish amallari eng oxirida bajariladi. Agar ular bir nechta bo’lsa, chapdan o’ngga qarab, navbati bilan bajariladi.
Bo’lishni amalga oshirayotganingizda diqqatliroq bo’ling! C++ da ikki butun sonni bo’lsih natijasida yana butun son hosil bo’ladi. 12 qatorda 5/9 o’rniga 5.0/9 deb yozilishi lozim chunki, C++ da 5/9 ning qiymati 0 ga teng bo’ladi.
16.Inkrement va decrement operatorlari (++, --, postincrement, preincrement). Sonli ma’lumot turlarni o’zgartirish (numeric type conversions, casting operator).
Inkrement va decrement operatorlari o’zgaruvchining qiymatini 1 ga o’zgartirishni anglatadi. ++(inkrement) va --(dekrement) amallari inkrement va decrement amallari deyiladi. Quyidagi ifodalarda qiymatlar birga oshirilmoqda va birga kamaytirilmoqda: i=3, j=3; i++, j—. Bu misollardagi amallar postinkrement va postdekrement amallari deyiladi chunki, ++ va -- amallari o’zgaruvchilardan keyin kelmoqda. i=3, j=3; ++i, --j
Suzuvchi nuqtali sonlarni(haqiqiy sonlar) to’g’ridan-to’g’ri butun sonlarga o’tkazish mumkin. C++ da casting casting operatori ham mavjud. Uning yordamida sonli turlarda bir turdan boshqa turga o’tish mumkin. Uning sintaksisi quyidagicha yoziladi: static_cast(value)
Bu yerda value bu o’zgaruvchi, type esa o’tkazishni hohlayotgan tur nomi. Misol. cout<(1.7);
Natijasi 1 bo’ladi. Sababi, kasr qism qashlab yuboriladi, 1.7 haqiqy soni int turiga o’tadi. cout<(1)/2;
Natijasi 0.5 chiqadi. Sababi, 1 1.0 ga o’zgartirilmoqda,1.0/2; int i=(int)5.4;//c-style ko’rinishi int i=static_cast(5.4);
//static cast ko’rinishi ISO standartiga ko’ra static cast ni qo’llash tavsiya etilgan. O’zgaruvchini bir turdan boshqa turga static cast operatori orqali o’tkazishda, o’tkazilayotgan o’zgaruvchi ikkinchi turga o’tkazilmaydi. Misol: double d=4.5;
int i=static_cast(d);
// bu yerda i=4, ammo d o’zgarmaydi
17.Dasturni ishlab chiqishda talablarni aniqlash, tizimli tahlil va loyihalash bosqichlari (requirements specification, system analysis, system design).Dasturiy ta’minotni ishlab chiqishning hayot sikli ko’p bosqichli jarayon bo’lib, u o’z ichiga talablar spetsifikatsiyasi, tahlil, loyiha, tadbiq qilish, testlash, yetkazib berish va qo’llab quvvatlash kabi jarayonlarni oladi.
19.Umumiy xatoliklar (unused variables, integer overflow, round-off errors, unintended integer division, forgetting header files).
Kerakli qavslarni unutib qoldirish, if operatoridan keyin nuqta-vergul(;) qo’yish, == va = operatorlari vazifalarini adashtirib qo’yish kabilar tanlash operatorlarining umumiy xatoliklari deyiladi.

Download 91,02 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Download 91,02 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1. Kompyuter nima hardware, software Kompyuter nima

Download 91,02 Kb.