|
Adabiy turlar va janrlar
|
bet | 1/13 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 53,6 Kb. | | #234362 |
Bog'liq Umid Shomurodov kurs ishi 000000
ADABIY TUR TUSHUNCHASI VA UNING IFODALANISH SHAKLLARI
MUNDAREJA:
KIRISH………………………………………………………………….……..…3
I BOB. “ADABIY TURLAR VA JANRLAR” MODULINI O‘QITISHNING NAZARIY MASALALARI………………………………………………….….5
1.1. “Adabiy turlar va janrlar” moduli taraqqiyotining ustuvor yo‘nalishlari……5
1.2. “Adabiy turlar va janrlar” modulini o‘qitishga doir innovatsiyalar va ilg‘or xorijiy tajribalar………………………………………………………………….11
II BOB. “ADABIY TURLAR VA JANRLAR” MODULINING O‘QUV-USLUBIY TA’MINOTI…………………………………………………………20
2.1. Ma’ruza matni………………………………………………………………20
2.2. Modul yuzasidan keyslar to‘plami, amaliy topshiriqlar, ishlanmalar………30
XULOSA………………………………………………………………..…….….38
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI………………...…….….40
Kirish
Mavzuning dolzarbligi. «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da ta’lim jarayoniga zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo‘llash dolzarb vazifalardan etib belgilangan.
Ta’lim jarayoniga yangi o‘qitish texnologiyalari va faol metodlarini qo‘llash orqali bo‘lajak kadrlarning ijodiy fikrlash, mustaqil qaror qabul qilish, yangi bilimlarni mustaqil egallash qobiliyatini rivojlantirishga erishish mumkin. Chunki, bozor iqtisodiyoti sharoitida faqat mustaqil fikrlash qobiliyatiga ega bo‘lgan shaxsgina o‘z muammolarini o‘zi mustaqil hal qila oladi va jamiyatda o‘z mavqeiga ega bo‘ladi. Bunday qobiliyat esa ta’lim muassasalarida shakllantiriladi. Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganlaridek: «Demokratik jamiyatda bolalar, umuman, har bir inson erkin fikrlaydigan etib tarbiyalanadi. Agar bolalar erkin fikrlashni o‘rganmasa, berilgan ta’lim samarasi past bo‘lishi muqarrar. Albatta, bilim kerak. Ammo bilim o‘z yo‘liga. Mustaqil fikrlash ham katta boylikdir».
Hozirgi paytda respublikamizda yetuk mutaxassislar tayyorlash sifatini yaxshilash bo‘yicha qator pedagogik izlanishlar olib borilmoqda. Bu izlanishlarning aksariyatida pedagog olimlar, amaliëtchi va tadqiqotchilarning diqqat e’tibori o‘qitish maqsadi va uning natijalariga erishishga, ta’limni texnologiyalashtirish orqali sifatli o‘qitishni tashkil etishga, shuningdek, ilmiy asoslangan zamonaviy o‘qitish texnologiyalarini ishlab chiqish va ularni ta’lim-tarbiya jarayoniga joriy etishga yo‘naltirilgan.
«Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ni hayotga tatbiq etish borasida qator ishlar amalga oshirilmoqda. Bu tadbirlar o‘z navbatida pedagogika oliy ta’lim muassasalarida talabalarning kasbiy bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirish uchun zamonaviy o‘qitish texnologiyalaridan foydalanib o‘quv-tarbiya jarayonini samaradorligi va sifatini oshirish talablarini qo‘ymoqda.
«Insonni, uning ma’naviy olamini kashf etadigan yana bir qudratli vosita borki, u ham bo‘lsa so‘z san’ati-badiiy adabiyotdir. Adabiyotning insonshunoslik deb, shoir va yozuvchilarning esa inson ruhining muhandislari deb ta’riflashi bejiz emas, albatta»1. Inson ma’naviyatini shakllantirishda, e’tiqodini qaror toptirishda adabiyotning o‘rni beqiyosdir va bu jarayon, asosan, adabiyot darslarida amalga oshiriladi. Adabiyot san’atning bir turi sifatida o‘zining badiiy jozibasi bilan insonlar qalbiga oson yo‘l topa olish, estetik hissiyotlariga kuchli ta’sir qilish, hayotiy voqea-hodisalar haqida chuqur mulohaza yuritishga da’vat etish kabi xususiyatlarga ega. Biroq buning uchun muallimning o‘zi muayyan adabiy-nazariy ko‘nikmaga ega bo‘lishi lozim. Shundagina u dars davomida o‘quvchilarga asar mohiyatini, badiiyatini va tarbiyaviy jihatlarini singdira olishi mumkin. Mazkur muammoning yechimi esa adabiyot muallimining adabiy nazariy tushunchalar bilan qay darajada tanish ekanligiga bog‘liq.
O‘zbekistonning istiqboli ko‘p jihatdan ta’lim-tarbiya sifatiga va jarayoniga bog‘liq. Maktablardagi ta’lim-tarbiya ishlarining barchasi yoshlarni barkamol insonlar qilib tarbiyalashga yo‘naltirilgan. Bu jihatdan olib qaralganda zamonaviy axborot texnologiyalari va xorijiy tajribalarning ijobiy jihatlarini amalda qo‘llash muhim o‘rin tutadi. Ayni kunda xorijiy tajribaning foydali tomonlaridan biri modulli yondoshuv ta’lim tizimimizda samarali foyda berishi mumkin. Ta’lim muassasalarining asosiy vazifalaridan biri o‘quvchi-talabalarga insoniyat tarixi davomida yaratilgan bilimlarni yetkazish, fanlar bo‘yicha muntazam bilim olishlari uchun tegishli sharoit yaratish, zarur axborotlarni tanlash va mustaqil o‘qishni o‘rgatish orqali bilim olishga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish va qiziqishlarini orttirishdan iborat. Bu vazifalarni an’anaviy ta’lim texnologiyasidan foydalangan holda hal etib bo‘lmaydi, shu sababli ta’lim-tarbiya jarayonida modulli ta’lim texnologiyasini qo‘llash zarurati vujudga keladi. Shuning uchun ham “Adabiy turlar va janrlar” modulini innovatsion texnologiyalardan foydalangan holda o‘qitish samarali natija beradi.
|
| |