• “innovatsiya”
  • “Adabiy turlar va janrlar” modulini o‘qitishga doir innovatsiyalar va ilg‘or xorijiy tajribalar




    Download 53,6 Kb.
    bet3/13
    Sana15.05.2024
    Hajmi53,6 Kb.
    #234362
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
    Bog'liq
    Umid Shomurodov kurs ishi 000000

    1.2. “Adabiy turlar va janrlar” modulini o‘qitishga doir innovatsiyalar va ilg‘or xorijiy tajribalar
    Hozirgi vaqtda ta’lim-tarbiya jarayonida pedagogik innovatsiyalarni keng ko‘lamda qo‘llash jahon taraqqiyotining global tendensiyasi hisoblanadi. Pedagogik innovatsiyalar ko‘lamining ortib borishi, mamlakatda modernizatsiya jarayoni tez sur’atlar bilan rivojlanayotgan ayni davrda ta’lim sohasiga yangiliklarni tizimli ravishda kiritishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ammo ko‘plab pedagogik innovatsiyalarning yaratilayotganiga qaramay, ta’lim jarayonlariga o‘qitishning yangi mazmun, shakl, metod va vositalarini tatbiq etish bo‘yicha pedagogik tadqiqotlarni joriy etish darajasini hozircha yetarli deb bo‘lmaydi.
    Darhaqiqat, yangilangan ta’lim tizimini joriy etishda har bir o‘qituvchining o‘z faniga va barkamol avlod ta’lim-tarbiyasiga oid yangiliklarni muntazam o‘rgana borib, ularni o‘z mehnat faoliyatida izchil qo‘llay bilish mahoratiga ega bo‘lishi bugungi kunning muhim talabidir.
    Novatorlikka qiziqish uyg‘otish, yangilik yaratishga intiluvchan shaxsni tarbiyalash uchun ta’limning o‘zi yangiliklarga boy bo‘lishi, unda ijodkorlik ruhi va muhiti hukm surishi lozim. Ana shunday dolzarblikdan kelib chiqqan holda, bugungi kunda pedagogikaning mustaqil sohasi – pedagogik innovatika jadallik bilan rivojlanib bormoqda.
    Lug‘aviy jihatdan “innovatsiya” tushunchasi ingliz tilidan tarjima qilinganda (“innovation”) “yangilik kiritish” degan ma’noni anglatadi. “O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi”da ko‘rsatilishicha, innovatsiya quyidagicha mazmun va tushunchalarga ega: “Innovatsiya (ingl. “innovationas” – kiritilgan yangilik, ixtiro) – 1) texnika va texnologiya avlodlarini almashtirishni ta’minlash uchun iqtisodiyotga sarflangan mablag‘lar; 2) ilmiy- texnika yutuqlari va ilg‘or tajribalarga asoslangaan texnika, texnologiya, boshqarish va mehnatni tashkil etish kabi sohalardagi yangiliklar, shuningdek, ularning turli sohalar va faoliyat doiralarida qo‘llanishi”. Innovatsion ta’lim jarayonida qo‘llaniladigan texnologiyalar innovatsion ta’lim texnologiyalari yoki ta’lim innovatsiyalari deb nomlanadi. Ta’lim innovatsiyalari “innovatsion ta’lim” deb ham nomlanadi. “Innovatsion ta’lim” tushunchasi birinchi bor 1979 yilda “Rim klubi”da qo‘llanilgan.
    Barcha sohalarda bo‘lgani kabi ta’limda ham “novatsiya”, “innovatsiya” hamda ularning mohiyatini ifodalovchi faoliyat to‘g‘risida so‘z yuritiladi. Agar faoliyat qisqa muddatli, yaxlit tizim xususiyatiga ega bo‘lib, faqatgina тизимдаги ayrim elementlarni o‘zgartirishga xizmat qilsa u novatsiya (yangilanish) deb yuritiladi Bordi-yu, faoliyat ma’lum konseptual yondashuv asosida amalga oshirilib, uning natijasi muayyan tizimning rivojlanishiga yoki uni tubdan o‘zgartirishga xizmat qilsa, u innovatsiya (yangilik kiritish) deb ataladi. Ta’lim jarayonini o‘zgartirishga, yangilanishga olib keladigan innovatsiyalar ta’lim innovatsiyalari deb yuritiladi.
    Tadqiqotchilarning fikriga ko‘ra, ta’lim innovatsionlari ta’lim jarayonini quyidagi o‘zgarishlarga olib keladi:
     pedagogik tizimning tamomila o‘zgarishi;
     o‘quv jarayonining o‘zgarishi;
     pedagogik nazariyaning o‘zgarishi;
     o‘qituvchi faoliyatining o‘zgarishi;
     talaba faoliyatining yangilanishi;
     pedagogik texnologiyaning o‘zgarishi;
     ta’lim mazmunining yangilanishi;
     o‘qitish shakl, metod va vositalarining o‘zgarishi;
     ta’lim tizimi boshqaruvining o‘zgarishi;
     ta’lim maqsadi va natijalarining o‘zgarishi.
    Rivojlangan xorijiy mamlakatlarda pedagog faoliyatining innovatsion xarakter kasb etishiga erishish masalasi o‘tgan asrning 60-yillaridan boshlab jiddiy o‘rganila boshlagan. Xususan, X.Barnet, J.Basset, D.Gamilton, N.Gross, R.Karlson, M. Maylz, A.Xeyvlok, D.Chen, R.Edem, F.N. Gonobolin, S.M. Godnin, V.I.Zagvyazinskiy, V.A.Kan-Kalik, N.V.Kuzmina hamda V.A.Slastenin kabi tadqiqotchilar tomonidan olib borilgan ishlarda innovatsion faoliyat, pedagogik faoliyatga innovatsion yondashish, innovatsion g‘oyalarni asoslash va ularni amaliyotga samarali tadbiq etish, xorijiy mamlakatlar hamda respublikada yaratilgan pedagogik innovatsiyalardan xabaror bo‘lish orqali pedagog faoliyatida ulardan faol
    foydalanish borasidagi amaliy harakatlar mazmuni yoritilgan4.

    Download 53,6 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




    Download 53,6 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    “Adabiy turlar va janrlar” modulini o‘qitishga doir innovatsiyalar va ilg‘or xorijiy tajribalar

    Download 53,6 Kb.